Hozirga adabiy jarayon
Download 104.51 Kb.
|
adabiyot 1
Adabiy maktablar
Adabiy tanqidchilik maktabi asoschisi O‘zbekiston qahramoni, prof. O.Sharafiddinovdir. Adabiy tanqidchilik, adabiyotshunoslik ilmiy ijodning yangi sohasi sifatida XX asrning 60-yillaridan o‘zini to‘la namoyon qildi. G‘oyat qisqa fursatda O‘zbekistonda ham “adabiy tanqidchi” degan kasb paydo bo‘ldi. Adabiy tanqidchilik adabiy jarayonga ta’sir ko‘rsatish barobarida, jamiyatda muayyan ijtimoiy fikr shakllanishiga salmoqli ulush qo‘shdi. U jamiyat hayotida ta’sirchan kuchga aylanib, adabiyotning “ob-havo”sini belgilaydigan qudratga erishdi va o‘z namoyandalarini yaratdi. Ularning adabiy-tanqidiy maqola, taqrizlari, kitoblari xuddi adib, shoir, dramaturglarning asarlari kabi e’tibor qozondi. Bu ishga butun umrini bag‘ishlagan adabiyotshunos, munaqqidlar orasida Ozod Sharafiddinov nomi alohida ajralib turadi. Olim O‘zbekiston Milliy universitetida tahsil oldi, shu tabarruk dargohda salkam yarim asr O‘zbek filologiyasi fakultetida faoliyat olib bordi. Uning fidoyiligi, jonkuyarligi tufayli bu davrda mazkur fakultet mamlakatimizning o‘ziga xos adabiy markazlaridan biri bo‘lib keldi. Uning shogirdlari orasidan davlat va jamoat arboblari, mashhur shoirlar, adiblar, taniqli adabiyotshunos, munaqqidlar, tarjimonlar, jurnalistlar, noshirlar еtishib chiqdi. Ozod Sharafiddinov 2002 yil 23 avgustda Prezident Farmoniga binoan “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan mukofotlandi. Ozod Sharafiddinov 1946–1951 yillarda O‘rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)da tahsil olgan. 1951–1954 yillarda Moskvadagi Jahon adabiyoti institutida aspiranturada o‘qigan, 1955 yilda “Urushdan keyingi davr o‘zbek poemachiligi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi yoqlagan. 1954–1994 yillarda dotsent, professor, 1994–1997 yillarda esa “Tafakkur” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari, 1997 yildan umrining oxirigacha “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri bo‘lib ishlagan. Adabiy tanqidchilik maktabi mamlakatimizdagina emas, xorijda ham e’tibor qozondi. Ozod Sharafiddinovning o‘zi o‘ttizga yaqin kitob nashr ettirdi. Uning besh yuzga yaqin maqola, taqrizi bosilib chiqdi. Bir yuz ellikka yaqin asarni o‘zbek tiliga tarjima qildi. Ularning salkam yarmi rosmana roman hajmidagi asarlar ekanligi e’tibor olinsa, Ozod Sharafiddinov tarjimon sifatida ham naqadar samarali mehnat qilgani yaqqol ayon bo‘ladi. O.Sharafiddinov o‘zining tarjimon, muharrir, noshir sifatidagi faoliyatini V.Belinskiy, N.Dobrolyubov kabi ulug‘ munaqqidlarning asarlarini tarjima qilish, nashr etish bilan boshladi. O‘zbek o‘quvchilari o‘tgan asr 50-yillarida Ozod Sharafiddinovning sa’y-harakatlari, kuyinchakligi tufayli jahon badiiy-estetik tafakkurida chuqur iz qoldirgan bu ulug‘ mutafakkirlarning adabiyot va ijtimoiy hayot to‘g‘risidagi salmoqdor maqolalari bilan tanishdilar. Zamonaviy adabiy tafakkur shakllanishi, kishilarning estetik didi o‘sishiga samarali ta’sir ko‘rsatgan ushbu maqolalar endilikda noyob manba bo‘lib qoldi. Ozod Sharafiddinov va uning shogirdlari nafaqat zamonaviy o‘zbek adabiyoti, balki jadidlarning millatparvar, ma’rifatparvar namoyandalari Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy kabi ijodkorlarning qayta tiklashga, ularning asarlarini topib, nashr etib, jiddiy tadqiq qilishga kirishdilar. XX o‘zbek adiblari Oybek, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Maqsud Shayxzoda, Mirtemir, Asqad Muxtor, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, O‘tkir Hoshimov, Shukur Xolmirzaev kabi ijodkorlarning asarlari millat ma’naviyatini ulg‘aytiradigan bebaho boylik ekani ilmiy tahlil qilib ko‘rsatildi. Uning “Zamon, qalb, poeziya”, “Iste’dod jilolari”, “Birinchi mo‘jiza” singari kitoblariga e’tiborli manba sifatida tayaniladi. “Ijodni anglash baxti” va “Dovondagi o‘ylar” kitobining birinchi darajali Davlat mukofoti bilan taqdirlangani ham Ozod Sharafiddinov so‘zining salmog‘i naqadar yuksak ekanligini bildiradi. Ozod Sharafiddinov “E’tiqodimni nega o‘zgartirdim?” maqolasida hayotiy misollar asosida o‘zi yashagan davrning juda ko‘p murakkab muammolari to‘g‘risida so‘z yuritadi. Bu maktab haqida so‘z ketganda Matyoqub Qo‘shjonov, Umarali Normatov, Norboy Xudoyberganov, Abdug‘afur Rasulov, Ibrohim G‘afurov kabi taniqli munaqqidlar nomi tilga olinadi. Chunki ularning adabiy-tanqidiy maqolalari, kitoblarisiz o‘zbek adabiy tanqidchiligini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ozod Sharafiddinov ana shunday tabarruk maskanda o‘ziga xos ilmiy maktab yaratdi. Bu maktabning faol davomchilaridan biri Umarali Normatovdir. Ozod Sharafiddinov adabiy tanqidchilik maktabi an’analarini izchil davom ettirayotgan bu ulkan olim ustozi bilan yonma-yon ishladi va mudir sifatida yigirma olti yil kafedrani boshqardi. Ellik yildirki, adabiyotshunos, munaqqidlardan hech kim ko‘p maqola chop ettirish bo‘yicha Umarali Normatovdan o‘tolgan emas. Olimning mingdan ortiq maqollari, 30 monografiya va ilmiy to‘plamlari, 15 shogirdga ustozlik qilgani ayni 1991-2011-yillarga to‘g‘ri keldi. U asos solgan XX asr o‘zbek adabiyoti kafedrasi zamonaviy adabiyot sohasida dunyo va mamlakat uchun еtuk kadrlar tayyorlab bergan ilmiy maktabga aylandi. Bu kafedrada Ozod Sharafiddinov adabiy tanqidchilik maktabi samarali davom etdi. Maktabning еtuk olimlaridan biri prof. Abdug‘afur Rasulovdir, u ham Fan arbobi unvoni bilan taqdirlangan. Uning shijoati tufayli Ozod Sharafiddinov adabiy tanqidchilik maktabi an’analari davom etib, bu maktab ayniqsa tanqid tarixi va nazariyasi borasida jiddiy yutuqlarga erishdi. Bu maktabda prof. Norboy Xudoyberganov еtishib chiqdi, jangovor munaqqid sifatida adabiyotdagi har bir hodisaga, har bir yohitlayotgan yangi asarga ushbu munaqqidning munosabati adabiy jarayon “ob-havosi”ni belgilagandek bo‘ldi. Sanjar Sodiqov ham universitetda faoliyat ko‘rsatadi. Uning XX asr o‘zbek adabiyoti, hozirgi adabiy jarayon fanlari bo‘yicha yaratgan darslik, qo‘llanmalari o‘ttiz yildan beri mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida eng e’tiborli manba sifatida o‘qitib kelinadi. Abdulla Qahhor(adabiyotda), Vohid Abdulla (adabiyotshunoslikda) maktablaridan xabardormisiz? Bilmasangiz – o’rganing, asoslang, tahlil qiling. Abdulla Qahhor (1907—1968) — Talantli oʻzbek yozuvchisi. 1907 yil 17 sentyabrda Ashtda tugʻildi. Oldin eski maktabda, «Istiqbol» maktab-internatida, soʻngra Qoʻqon pedtexnikumida oʻqidi. 1925 yilda Toshkentga kelib, turli tahririyatlarda mehnat qildi. 1926—1930 yillarda Oʻrta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakultetida tahsil oldi. Umri mobaynida turli ijodiy muassasalarda ishladi Te-mirchi oilasida tug‘ilgan. Bolaligi Qo‘qon va uning atrofidagi qishloqlarda o‘tdi. Oqqo‘rg‘on qishlog‘idagi Mama-jon qorining usuli savtiya maktabida tahsil ko‘rdi. Oilasi Qo‘qonga ko‘chib kelgach "Istiqlol" nomli sho‘ro makta-biga o‘qishga kiradi, undan internat, "Kommuna", "Namuna" maktablarida, so‘ng bilim yurtida tahsil ko‘radi. Bi-lim yurtining "Adib" qo‘lyozma jur.da dastlabki mashqlari bilan qatnashadi. Toshkentdagi "Qizil O‘zbekiston" gaz.si tahririyatining "Ishchi-batrak mak-tublari" varaqasiga muharrirlik qildi (1925). U gaz.da ishlash jarayonida O‘rta Osiyo davlat universitetining ishchilar fakultetini tamomlaydi (1928). A. Q. yana Qo‘qonga borib, dastlab o‘qituvchilarni qayta tay-yorlash kursida muallimlik qiladi; ko‘p o‘tmay "Yangi Farg‘ona" viloyat gaz.siga kotib va "Chig‘iriq" hajviy bo‘limiga mudir etib tayinlanadi (1929). A.Q.ning "Oy kuyganda" ilk hajviy she’ri "Mush-tum" jur.da Norin shilpiq taxallusi ostida bosildi (1924). So‘ng uning bir qancha hajviy she’r va hikoyalari "Mush-tum", "Yangi yo‘l" jur.lari va "Qizil O‘zbekiston" gaz.sida Mavlon kufur, Gulyor, Nish, Erkaboy, E-voy kabi ta-xalluslar ostida e’lon qilindi.. Toshkentdagi Chig‘atoy qabristonida dafn etiladi.A. Q. ijodi she’riyat bilan boshlangan esada, uning adabiy merosi negizini nasriy asarlar tashkil etadi. "Bosh-siz odam" (1929) hikoyasi chop etilgan vaqtdan boshlab umrining oxiriga-cha hikoya, ocherk, publitsistika, qissa va roman janrlarida samarali ijod qildi. A.Q. ning dastlabki ijodidagi "Qishloq hukm ostida" qissasi (1932) sho‘ro mafkurasi asosida yozilgan. Uning "Boshsiz odam" hikoyasi bilan boshlangan hikoyanavislik faoliyatida esa tarixiy o‘tmish aks ettirilgan. "Ko‘shchinor chi-roklari" (1951) romanida (dastlabki varianti "Qo‘shchinor", 1946) jamoalash-tirish davrining voqealari badiiy tas-virlangan.A.Q.ning 30-yillar ijodida uning birinchi romani — "Sarob" muhim o‘rinni egallaydi. Yozuvchining ushbu romani bosh qahramon Saidiyning fa-oliyatini ko‘rsatishga qaratilgan, yana unda 20-yillarning 2-yarmidagi o‘zbek xalqi hayotining maishiy, etnog-rafik, iqtisodiy va ma’naviy manzaralari yaqqol aks etib turadi. "Sarob" keng mavzuli roman bo‘lgani uchun yozuvchi o‘zining badiiy niyatini yalang‘och holda ko‘rsatmay, uni shu davr hayotining boshqa manzaralari ko‘rinishida reallashti-rishga uringan. Voqealar tasvirida yozuvchi hayot haqiqatini saqlab qolgan.A. Q. ijodiy hayoti davomida 40 dan ziyod asar e’lon qilgan. Bu kitoblar orasida 30 ga yaqin hikoyalar ham bo‘lib, ular o‘zbek adabiyotida hikoya janrining badiiy ufqlarini kengaytirgani bilan ahamiyatlidir.A. Q.ning nasriy asarlari orasida "Qo‘shchinor chiroqlari" romani hamda "Sinchalak" (1958), "O‘tmishdan er-taklar" (1965) va "Muhabbat" (1968) qissalari muhim o‘rin tutadi.A. Q.ning iste’dodi uchun komediya janri ham yaqin edi. Buni sezgan yozuvchi 50-yillar arafasida dramaturgiya sohasida ham qalam tebratib, shu davrning muhim mavzularidan biri — qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish mavzuida "Shohi so‘zana" ("Yangi yer", 1949 — 53) komediyasini 7yaratdi. Shuni aytish lozimki, bu kome-diyada qo‘riq yerlarning — Mirzacho‘lning o‘zlashtirilishidan ko‘ra ba’zi kishilar ongidagi sho‘rning bartaraf etilishi mavzui birinchi o‘ringa olib chiqilgan. Urushdan keyingi o‘zbek adabiyotidagi asosiy konflikt — yangilik bilan eskilik o‘rtasidagi ziddiyat bu komediyada o‘zining teran badiiy tasvirini topgan. Bu asar-da A. Q. ustalik bilan kulgili holatlar yaratgan va hajviy bo‘yoqlardan mo-hirona foydalangan holda konfliktni o‘ziga xos ravishda hal qilgan. Ushbu komediya xorijiy mamlakatlar sahnasida ham o‘ynalib, o‘zbek teatr san’atining kamol topib borayotganini namoyish etdi. Bun-dan ilhomlangan yozuvchi "Og‘riq tishlar" (1954), "Tobutdan tovush" (1962) hamda "Ayajonlarim" (1967) komediyalarini yaratdi. Bu asarlarda, xususan "Tobutdan tovush"da o‘sha davr uchun xos bo‘lgan il-latlar hajv o‘ti ostiga olindi. Ayniqsa so‘nggi asarda A. Q. o‘ziga xos noziq tuyg‘u bilan jamiyatdan poraxo‘rlikdek dahshatli illatni tag-tomiri bilan yo‘qotish istagi-da uning ayrim ko‘rinishlarini sahnaga olib chiqdi, u "So‘nggi nusxalar" nomi bilan ham sahna yuzini ko‘rdi.A. Q. yozuvchi sifatida o‘zbek tilini noziq his etuvchi va uning boy imkoni-yatlaridan mahorat bilan foydalanuvchi qalamkash edi. Janrlarning yuzaga kelish sabablarini izohlang. Janr (frans. qenre — jins, tur) — sanʼat turlarida tarixan shakllangan ichki boʻlinish hamda mazkur boʻlinishni ifodalovchi tushuncha; shakl va mazmun birligidagi oʻziga xos xususiyatlariga ega boʻlgan sanʼat asarining alohida turi. Sanʼat asarlarining Janr guruxlariga boʻlinishi turli (tanlangan mavzu, badiiy-gʻoyaviy mazmun, shakl jihatlari va boshqa) mezonlarga tayanib amalga oshiriladi; har bir sanʼat turida Janr tasnifi oʻziga xos tizimni tashkil etadi. Adabiyot (badiiy-adabiy ijod)da Janr asarning qaysi adabiy turga taalluqliligi, hajmi va obrazlarining qurilishi usuli (ramziyligi, majoziyligi, hujjatliligi) bilan belgilanadi. Janrning 3 asosiy turi mavjud: epik Janr (qahramonlik dostonlar, roman va hikoya), lirik Janr (qasida, elegiya, sheʼr, qoʻshik, va boshqa)., dramatik Janr (tragediya, drama, komediya). Mazkur Janrlar asar mavzuiga koʻra yanada maydaroq qismlarga ham boʻlinadi (maye, maishiy, psixologik mavzudagi romanlar; hajviy, lirik komediyalar va vodevil va boshqa). Tasviriy sanʼatda, avvalo, tasvirlanayotgan narsaga, baʼzan tasvir xususiyatiga koʻra asosiy Janrlar belgilanadi (maye. portret, manzara va boshqa). Keyingi (yanada mayda) boʻlinishlar badiiy ijodda bilish, gʻoyaviy baholash, badiiy obraz boʻlaklari aralashuvi bilan aniqlanadi. Shunga koʻra, portretchi rassom nuqtai nazari umumiy (portret)gina boʻlib qolmay, shuningdek, istehzoli (sharj) va qahrli fosh etuvchi (karikatura) shakliga ega boʻlishi mumkin. Asosiy Janrlarning janrchalari tasvir sohasini xususiyni yanada xususiylarga boʻlishlarda hosil boʻladi (maye, dengiz koʻrinishi marina — manzaranmng bir turi va sh. k.). Musiqada asarlarning hayotdagi oʻrni, ijro etilish joyi va sharoitiga koʻra, maishiy, marosim, bazm va bayram, harbiy musiqa, konsert, kamer musiqasi kabi; ijro xususiyatlariga qarab, vokal va cholgʻu musiqasi, shuningdek, yakka, ansambl, xor, orkestr musiqasi va boshqa guruxlar ajratiladi. Mazmun va badiiy mohiyati nuqtai nazaridan musiqada ham epik (maye, kitobxonlik yoʻllari, doston termalarn, ballada va boshqa), lirik (ashula, ariya, madhiya, poema va boshqa) hamda dramatik (musiqiy tomosha, musiqali drama, opera va simfoniya kabi) turlarini belgilash mumkin. Qad., oʻrta asrlar va Uygʻonish davri sanʼatlarida Janrlar orasida aniq, chegara qoʻyilmagan. Klassitsizm davri (Fransiya) dagina qatʼiy Janr tizimi yaratildi. 19-asrda Janrlar orasiga katiy chegara qoʻyilishi bilan ayrim Janrlar oʻz ahamiyati va yetakchiligini yoʻqotdi, ayrimlari (portret, manzara, konsert, simfoniya va boshqa)ning oʻzaro taʼsirda, yangi turlarining paydo boʻlishi kabi murakkab jarayonlar yuzaga keldi. Sanʼatshunoslikda Janr tushunchasi 17-asrda paydo boʻlib, jahon sanʼati tarixining barcha davrlariga nisbatan asarlarning ifodaviy va mazmun xususiyatlarini taxlil qilishda qoʻllaniladi. Epik turning yirik janrlarini bilasizmi? Ularning o’ziga xosliklari-chi? Download 104.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling