Hozirgi kunda kimyo sanoati misli ko‘rilmagan darajada rivojlanib bormoqda


Download 0.75 Mb.
bet6/16
Sana22.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1645863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
МБИ лотин Саидова Ж 2023

2.3. Tadqiqot usullari
Geterogen katalitik usulda atsetilen spirtlari sintezi
Atsetilen spirtlari geterogen katalitik usulda sintezi amalga oshirildi. Ushbu usulda asetilen spirtlari (jumladan, metiletiletinilkarbinol) sintezining tajriba qurilmasi (1-rasm) keltirilgan. Jarayon 0,3MPa bosimida va g‘ovaksimon MVNK-5 katalizatori ishtirokida olib borildi. Sintez qilingan moddalar haydash yo‘li bilan ajratib olinadi [34]. Katalizatorning faolligini oshirish uchun turli xil peptizatorlardan (HNO3, NH4OH, CH3COOH, 30%-metilsellyuloza eritmasi, poliakril kislotasi tuzlari va boshqalardan) foydalanildi.

1-atsetilen kirish shtutseri, 2-atseton kirish shtutseri, 3-reaktor, 4-harorat rostlagich, 5-reaktor, 6-mahsulot yig‘gich
1-rasm. Laboratoriya sharoitida atsetilen spirtlari sintez qilish qurilmasi
Laboratoriya qurilmasining asosiy qismi reaktor hisoblanib, uning pastki qismiga simli to‘r o‘rnatilib, ustiga farfor bo‘lakchalari qo‘yiladi. So‘ngra reaktorga katalizator namunasidan 100 gr joylashtiriladi va katalizatorning ustki qismi ham farfor bo‘lakchalari (inert qavat) bilan to‘ldiriladi. Inert qavat o‘z navbatida boshlang‘ich moddalarning tekis taqsimlanishiga va katalizator sirtidagi moddalarning katalizator harorati bilan bir xil bo‘lishiga yordam beradi.
Atsetilenning atseton bilan reaksiyasi natijasida 2-metilbutin-3-ol-2 va 2,5-dimetilgeksin-3-diol-2,5 lar hosil bo‘lishi quyidagicha boradi:



Hosil bo‘lgan 2-metilbutin-3-ol-2 yana bir molekula atseton bilan birikib 2,5-dimetilgeksin-3-diol-2,5 ni hosil qiladi.


Reaktorga 100gr katalizator joylashtiriladi. Kran (1) dan reaktorga (3) atsetilen gazi beriladi va katalizator g‘ovakliklari to‘yintiriladi. Atsetilen spirtlari sintezi jarayonlarida katalizatorni aktivlashtirish uchun atsetilen 30-350C haroratda 5 soat davomida reaktorga berib turiladi. Katalizator aktivlashtirilgandan keyin 250 ml atsetondan tomchilatib turiladi. Reaksiya 1050C da olib boriladi. Reaktor elektr qizdirgich orqali qizdiriladi va harorat rostlagich (4) yordamida nazorat qilinadi. Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan moddalar va gazlar aralashmasi reaktorning chiqish qismidan sovitgich (5) orqali o‘tkazilib reaksion muxitdan chiqariladi. Sintezlangan modda (dietilefiri) yutuvchida (6) yig‘iladi. Reaksion aralashma CaCl2 yordamida quritiladi va 3-4 marta dietilefirida ekstraksiya qilinadi. Olingan katalizat haydash qurilmasida ajratiladi.
Atsetilen spirtlari sintezi prinsipial texnologik sxemasi 2-rasmda keltirilgan. Reaktorga (5) katalizator namunasidan joylashtiriladi. Kran (1) dan quritgich (2) va reometr (3) orqali reaktorga (5) atsetilen gazi beriladi va katalizator g‘ovakliklari to‘yintiriladi, kerakli miqdorda karbonil birikma voronka (4) orqali tomchilatib turiladi. Reaktor elektr qizdirgich orqali qizdiriladi.

1-kran (atsetilen, xavo, azot beriladi), 2-quritgich, 3- reometr, 4-tomchilat-gich voronka, 5-reaktor, 6-transformator, 7-termopara, 8-potensiometr, 9- elektr qizdirgich; 10-yig‘gich
2-Rasm. Geterogen katalitik usulda atsetilen spirtlari sintezining prinsipial texnologik sxemasi
Jarayon harorati transformator (6) orqali nazorat qilinadi. Harorat termopara orqali o‘lchanadi va potensiometr orqali aniqlab boriladi. Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan moddalar va gazlar sistemadan reaktorning chiqish qismi orqali chiqariladi hamda sovitgichdan o‘tkaziladi va yutuvchida (10) yig‘iladi. Olingan katalizat haydash qurilmasida ajratiladi.
Yuqorida keltirilgan usul asosida formaldegid va atsetilendan propargil spirti va butin-2-diol-1,4; sirka aldegid va atsetilendan butin-3-ol-2 va geksin-3-diol-2,5; metiletilketon va atsetilendan 3-metilpentin-1-ol-3 va 3,6-dimetiloktin-4-diol-3,6 lar sintezi amalga oshiriladi.


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling