Hozirgi kunda kimyo sanoati misli ko‘rilmagan darajada rivojlanib bormoqda
Tadqiqot usullari va sintez qilingan birikmalar tahlili
Download 0.75 Mb.
|
МБИ лотин Саидова Ж 2023
3.2. Tadqiqot usullari va sintez qilingan birikmalar tahlili
Sintez qilingan birikmalarning fizik-kimyoviy konstantalari aniqlandi va u 4-jadvalda keltirilgan. 4-jadval Atsetilen spirtlari va diollarining fizik-kimyoviy xossalari
Moddalarning tozalik darajasi «CHROM-5» va «LXM/8MD» markali xromotograflarda aniqlandi. Detektor DIP, kalonna uzunligi 2 m, ichki diametri 0,25 mm, adsorbent Al2O3 ga shimdirilgan Na2CO3. Kalonna harorati 130-2200S. Tashuvchi gaz sifatida azot (30 ml/min), yonuvchi gaz- vodorod, yondiruvchi gaz- kisloroddan foydalanildi. Sintez qilingan moddalarning IQ-spektrlari «Srecord-75», UR-20 rusumli spektrofotometrda 400-4000 sm-1 sohalarda olindi. Sintez qilingan moddalarning PMR-spektrlari «Varian XL-200» spektrografda dimetilsulfoksid eritmasida TMS ga nisbatan olindi. Moddalarning zichliklari piknometrik usulda, sindirish ko‘rsatkichlari URL asbobida (n, d), qaynash haroratlari, ularni unumini xisoblashlar, spektrlar tahlili ma’lum adabiyotlar va qurilmalar yordamida aniqlandi. Sintez qilingan birikmalarning elektron tuzilishi, kvant-kimyoviy xisoblari Kimyo va kimyoviy texnologiya eksperimental tajribalar va ilm fan yutuqlari bilan rivojlanib boradi [36-39]. Xozirgi kunda zamonaviy kompyuter texnologiyalarida kvant-kimyoviy va molekulyar dinamik xisoblar orqali moddalarning tuzilishi aniqlanmoqda. Kvant-kimyoviy xisoblashlar usuli orqali modda molekulasida atom zaryadlari va elektronlar zichligining taqsimlanishi, reaksion markazlar ko‘rsatib beriladi. Xozirgi kunda kvant-kimyoviy xisoblashlar nisbatan sodda, qo‘llanilish sohasi kengroq va unversal usullardan biri bo‘lib, unda molekulaning elektron tuzilishi keng o‘rganiladi. Moddalarning reaksiyalardagi faolligi molekulalarining tuzilishi va energetik harakteristikalariga bog‘liq. Organik birikmalarning reaksion qobiliyatini aniqlash xozirgi kunning asosiy va dolzarb muammolaridan biridir. Kvant-kimyoviy xisoblashlar orqali ilmiy-tadqiqot ishlarini va tajribalarni rejalashtirish mumkin. Ushbu malakaviy bitiruv ishida atsetilen, sirka aldegidi, propin-2-ol-1, butin-2-diol-1,4, butin-3-ol-2, geksin-3-diol-2,5, 2-metilbutin-3-ol-2, 2,5-dimetilgeksin-3-diol-2,5, 3-metilpentin-1-ol-3, 3,6-dimetloktinninglarning 3D tuzilishi, molekulada atom zaryadlari va elektronlar zichligining taqsimlanishi HyperChem poliemperik kvant-kimyoviy xisoblashlarning RMZ usuli orqali amalga oshirildi. Boshlang‘ich moddalar atsetilen (4-8 rasmlar) va sirka aldegidi molekulalarining 3D tuzilishlari (a), molekulalarida atom zaryadlari taqsimlanishi (b), atom zaryadlari va elektronlar zichligining taqsimlanishi (v) keltirilgan.
4-rasm. Atsetilenning kvant kimyoviy xisoblari
5-rasm. Sirka aldegidning kvant kimyoviy xisoblari Kvant kimyoviy hisoblarning ko‘rsatishicha, atsetilen molekulasidagi vodorodlarning bir xil zaryadga (+0,218) tengligi (20-b rasm) va sirka aldegidi molekulasidagi elektron zichlik ugleroddan kislorod atomi tomonga siljigan (21-v rasm). Sirka aldegid tarkibidagi kislorod atomi bilan bog‘langan qo‘sh bog‘ uzilishga moyil bo‘ladi va atsetilen bilan reaksiyasida ushbu bog‘ reaksiya markazi hisoblanadi va reaksiya natijasida atsetilen spirlari hosil qiladi. Sintez qilingan moddalar butin-3-ol-2 (22,23,24-rasmlar) va butin-2-diol-1,4 ning (25,26,27-rasmlar) kvant kimyoviy hisoblashlari keltirilgan. Ushbu hisoblashlar orqali sintezlangan moddalarning reaksion markazlari, atom zaryadlari va elektronlar zichligining taqsimlanishlari o‘rganilgan. 22-rasmda butin-3-ol-2 ning 3D tuzilishi keltirilgan, ulardan S1 va S2 sp3 gibridlanib tetraedrik tuzilishli, S3 va S4 esa to‘g‘ri tuzilishli sp-gibridlangan xolatda bo‘ladi.
6-rasm. Butin-3-ol-2ning kvant kimyoviy xisoblari Ushbu birikmalardagi atom zaryadlari taqsimlanishining ko‘rsatishicha manfiy zaryadlarning to‘planishi kislorod atomiga to‘g‘ri keladi va u reaksion markaz ekanligini ko‘rsatadi.
7-rasm. Butin-2-diol-1,4ning kvant kimyoviy xisoblari Butin-2-diol-1,4 ning 3D tuzilishi keltirilgan, ulardan S1 va S4 sp3 gibridlanib tetraedrik tuzilishli, S2 va S3 esa to‘g‘ri tuzilishli sp-gibridlangan xolatda bo‘ladi. manfiy zaryadlarning to‘planishi kislorod atomiga to‘g‘ri keladi va u reaksion markaz ekanligini ko‘rsatadi.
8-rasm. Butin-2-diol-1,4ning kvant kimyoviy xisoblari Ma’lumotlar asosida, sintez qilingan butin-2-diol-1,4 keyingi jarayonlarda asosan gidroksil guruhidagi vodorodning xarakatchanligi hisobiga turli reaksiyalarga kirishishi ko‘rsatatildi. Quyidagi 5-jadvalda birikmalarning elektron tuzilishi, kvant-kimyoviy xisoblashlari (umumiy energiyasi, hosil bo‘lish energiyasi, hosil bo‘lish issiqligi, elektron energiyasi, yadro energiyasi, dipol momenti (D)) keltirilgan. Kompyuter texnologiyasi asosida HyperChem poliemperik kvant-kimyoviy xisoblashlarning RMZ usuli orqali boshlang‘ich moddalar va sintez qilingan atsetilen spirtlari hamda diollari o‘rganilishi natijasida molekulalaridagi atomlarning reaksion markazlari aniqlandi hamda hosil bo‘lgan moddalarning faol atomlari to‘g‘risida xulosa qilindi. 5-jadval Boshlang‘ich va sintez qilingan moddalarning elektron tuzilishi, kvant-kimyoviy xisoblashlari
Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling