Hozirgi kunda kimyo sanoati misli ko‘rilmagan darajada rivojlanib bormoqda
Metiletiletinilkarbinol (3-metilpentin-1-ol-3)ning stimulyatorlik xossalari
Download 0.75 Mb.
|
МБИ лотин Саидова Ж 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotlar o‘tkazilgan xududning geografik joylashishi va tuproq xossalari.
3.3. Metiletiletinilkarbinol (3-metilpentin-1-ol-3)ning stimulyatorlik xossalari
Stimulyatorlar o‘simliklarning ildiz tizimini, o‘sishini va rivojlanishini kuchaytiradi, salbiy tashqi muxit sharoitiga yashovchanlik qobiliyatini kuchaytiradi, o‘simliklarning kasalliklarga chidamligini oshiradi, pestitsidlarning salbiy ta’sirini bartaraf etadi, o‘simliklar tomonidan makro va mikroelementlarni mukammal o‘zlashtirishini kuchaytiradi. Atsetilen spirtlar o‘simliklar uchun stimulyatorlik vazifasini ham bajaradi [40, 41]. Sintez qilingan uchlamchi atsetilen spirtlari dukkakli va donli o‘simliklarni hosildorligini va o‘sishini kuchaytiruvchi vositalar sifatida o‘simliklarda suvli eritma xolatida, ularni urug‘larini namlash va suspenziyasini sepish orqali o‘rganildi. Sintez qilingan 2-metilbutin-3-ol-2 (DMEK) va 3-metilpentin-1-ol-3 (MEEK) ning stimulyatorlik xossalari Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti xodimlari bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Tadqiqotlar o‘tkazilgan xududning geografik joylashishi va tuproq xossalari. Zarafshon vodiysining g‘arbiy qismi past tekisliklarini hamda Qizilqum cho‘lining sharqiy qismini Malikcho‘l hududi egallagan. U markaziy tekis - cho‘l mintaqasida joylashgan. Malikcho‘l g‘arbdan sharqqa qarab 65 km. gacha cho‘zilgan bo‘lib, maydoni 58,2 ming ga tashkil etadi. Rel’efi tekis, Zarafshon daryosi tomon qiya, burilgan. Dala tadqiqotlari aynan Malikcho‘l xududiga kiruvchi Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani «Oqrabot yulduzi» fermer xo‘jaligida keng tarqalgan sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarda o‘tqazildi [42, 43]. Dastlab tuproq turi, sho‘rlanish darajasi va unga to‘liq tavsif berish maqsadida 2 ta tuproq kesmasi olinib (25 avgust 2015 y.) er osti suvigacha genetik qatlamlar (0-28, 28-40, 40-72, 72-118, 114-150 sm) belgilandi va har bir kesmadan tuproq namunalari va suv olinib agrokimyoviy tahlil qilindi (6-jadval). Sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlar kuchsiz darajada Cl- va SO4-2 anionlarining tuzlari bilan sho‘rlangan, toshloq tuproqlardir. Er osti suvi chuqurligi 1,5-2,1 m atrofida o‘zgarib turadi. Tuproqlar kuchsiz darajada sho‘rlangan. Hozirgi paytda haydalma va haydalma osti qatlam 0-28 sm, 28-40 sm ni tashkil qiladi. 6-jadval Sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarni agrokimyoviy xossalari (2015 y.)
Kuzgi bug‘doyni asosiy rivojlanish davrida, tuproq namunalari haydalma qatlami (0-40, 40-72 sm) dan olinib, ularda nitratli azot, harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliy miqdorlari aniqlandi. Gumus zahirasi 0,5 metrli qatlamda bir gektar maydonda 46 tga gacha, azot zahirasi 2,8 tga gacha borgan. Haydalma qatlamda (0-28 sm) gumus miqdori 1,05%, haydalma osti qatlamda (28-40 sm) 0,69%, xuddi shu qatlamlarda umumiy azot miqdori 0,092 va 0,060 foizni, umumiy fosfor miqdori (0-28 sm) 0,121 va (28-40sm) 0,159% umumiy kaliy miqdori 1,2 va 1,5 foizni tashkil qiladi. Harakatchan fosfor kaliy bilan tuproqlar past ta’minlangan. Harakatchan fosfor miqdori – 30,8 va 34,0 mgkg va harakatchan kaliy miqdori 115,0 va 109,4 mgkg atrofida bo‘lishi aniqlandi. Tuprog‘i engil qumoqli, mexanik tarkibli, sho‘rlangan haydalma qatlami azot bilan o‘rtacha, fosfor va kaliy bilan o‘rtachadan past, gumus miqdori past ta’minlangan, yuqoridan pastga kamayib borgan [44]. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling