Hozirgi kunda kimyo sanoati misli ko‘rilmagan darajada rivojlanib bormoqda
Metiletiletinilkarbinol (3-metilpentin-1-ol-3) sintezini o`rganish
Download 0.75 Mb.
|
МБИ лотин Саидова Ж 2023
3.1. Metiletiletinilkarbinol (3-metilpentin-1-ol-3) sintezini o`rganish
Aldegid va ketonlarning atsetilen bilan boradigan kondensatsiya reaksiyalari harakatchan vodorod hisobiga boradi. Nisbatan past haroratda atsetilen spirtlari, harorat ortishi bilan esa atsetilen diollari hosil bo‘lish unumi ortib boradi. Haroratning yuqori bo‘lishi va atsetilenning kichik tezlikda berilishida diollar hosil bo‘lish samaradorligi ortadi. Sintez jarayoniga atsetilen 10-60 s-1, formaldegid 0,1-0,5 s-1 xajmiy tezlikda berilganda mahsulot unumdorligi maksimal xolatda ortadi. 3-metilpentin-1-ol-3 va 3,6-dimetiloktin-4-diol-3,6 lar motor yoqilg‘ilari uchun modifikatorlar, emulgatorlar, stimulyatorlar, fotoaktiv moddalar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Atsetilen va metiletilketondan qo‘llanilgan geterogen katalizatorlar ishtirokida 3-metilpentin-1-ol-3 ning hosil bo‘lishi reaksiyasi sxemasi umumiy holda quyidagicha boradi: Atsetilen spirtlarining unumi haroratga, reaksiya muxitiga, katalizator tabiati va miqdoriga, atsetilenning berilish tezligi kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi. Haroratning yuqori bo‘lishi va atsetilenning berilish tezligining kam bo‘lishida diollar hosil bo‘lish samaradorligi ortadi. Atsetilenning metiletilketon bilan reaksiyasi turli haroratlarda o‘rganildi (2-jadval). 2-jadval
Jadvaldan ko‘rinadiki, haroratning ko‘tarilishi 3-metilpentin-1-ol-3 ning hosil bo‘lishi unumini oshiradi. 3-metilpentin-1-ol-3 ning hosil bo‘lishi uchun maqbul harorat 1400C ekanligi aniqlandi. Haroratning yanada ko‘tarilishi mahsulot unumi kamayishiga olib keladi. O‘zaklar tabiatining faolligi o‘rganilganda (2-jadval), kaolin seolitga nisbatan faollikni namoyon qiladi. Bu uning tarkibida Al2O3, Fe2O3 va FeO mavjudligi bilan asoslanadi [35]. Bundan tashqari katalizatorlar faolligiga peptizatorlar tabiatining ta’siri ham o‘rganildi. Olingan natijalar 3-jadvalda keltirilgan. Olingan natijalar (3-jadval) HNO3-NH4OH-metilsellyulozaning peptizatorlik xususiyati HNO3-NH4OH-CH3COOH va HNO3-NH4OH-PAT (poliakrilat tuzi)ga nisbatan yuqori ekanligi ko‘rsatildi. Bu metilsellyuloza ishtirokida ko‘proq g‘ovaklar hosil bo‘lishi va bular o‘z navbatida katalizator faolligini oshirishi bilan asoslanadi. 3-jadval
3-metilpentin-1-ol-3 ni tuzilishini aniqlash maqsadida IQ- spektri ham olindi. U 16-rasmda keltirilgan. 3-rasm. 3-metilpentin-1-ol-3 ning IQ- spektri IQ-spektrida metil va metilen guruhlarning valent tebranishlari 3000-2800 sm-1sohada, C-O guruhning valent tebranishlari 1200-1000 sm-1 sohada; -C≡C-guruhni xarakterlovchi yutilish chiziqlari 2200-2100 sm-1 sohada, ≡CH atsetilen guruhiga mansub valent tebranishlar yutilishi esa 3315 sm-1 sohada kuzatiladi. 3340-3000 sm-1 sohadagi deformatsion tebranishlar –OH guruhga tegishli. Bundan tashqari spektrlarda metil (1400 sm-1) va metilen (1450 sm-1) guruhining deformatsion tebranishlari mavjud. SHuni ta’kidlash lozimki, 3450-3300 sm-1 sohadagi maksimumlar gidroksil guruhi uchun tipik xolatdir, chunki u atsetilen bog‘i bilan ichki molekulyar bog‘ hosil qiladi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling