Hozirgi kunda kimyo sanoati misli ko‘rilmagan darajada rivojlanib bormoqda


II-BOB. TADQIQOD OBYEKTI VA USULLARI


Download 0.75 Mb.
bet4/16
Sana22.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1645863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
МБИ лотин Саидова Ж 2023

II-BOB. TADQIQOD OBYEKTI VA USULLARI
Malakaviy bitiruv ishida xomashyolar va sintez qilingan moddalarning fizik-kimyoviy xossalari, bentonit, kaolin, silikagel, seolit, mis, nikel, vismut, kobalt birikmalari va boshqalar asosida geterogen katalizatorlar tayyorlash, reaksiya o‘tkazish usullari, olingan moddalarni ajratish usullari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan


2.1. Tadqiqot materiallari
Atsetilen - rangsiz, hidsiz gaz modda. Mr(C2H2)=26,04g/mol; tuzilish formulasi C2H2; T(suyuq)=-80,80C; T(qayn)=-83,60C; d420 =1,0896 g/l (200C; 101 kPa);
Butanon (metiletilketon). Mr(C4H8O)=72g/mol; tuzilish formulasi CH3-CH2-CO-CH3; T(suyuq)= -86,40C; T(qayn)=79,60C; d420=0,8054g/l (200C; 101 kPa);
Kaolin. Kimyoviy formulasi: Al2O3•2SiO2•2H2O; zichligi d420=2,5-2,8 g/sm3. Minerallarning tarkibi: Kaolinit-97%, SiO2-46%, Al2O3-37%, Fe2O3-0,79%, Ti2O-0,37%;
Bentonit. Kimyoviy formulasi: 2Al2O3•3SiO2•2H2O; tarkibi: SiO2-58,25%, Al2O3-14,27%, Fe2O3-4,37%, FeO-0,5%, Ti2O-0,36%, CaO-2,07%, MgO -3,62%, P2O5-0,18%, S-0,14%, K2O-1,2%, Na2O-2,25%;
Silikagel. Qattiq sorbent. (nSiO2mH2O);
Seolit. Qattiq sorbent (Na2O•(Al2O3•3SiO2)•10H2O);
Vismut nitrat. Mr(Bi(NO3)3)=395g/mol; T(suyuq)=92,40C;
Nikel nitrat. Mr(Ni(NO3)2)=183g/mol; T(suyuq)=56,70C;
Mis(II) nitrat. Mr(Cu(NO3)2)=250g/mol; T(suyuq)=83,30C;
Kobalt nitrat. Mr(Co(NO3)2)=183g/mol; T(suyuq)=60,20C;
Nitrat kislota. Mr(HNO3)=63,01g/mol; T(qayn)=830C; d420=1,513g/sm3
Ammoniy gidroksid. Mr(NH4OH)=35,04g/mol; T(qayn)=24,70C; d420=0,088 g/sm3
Sirka kislota. Mr(C2H4O2)=60g/mol; T(qayn)=118,10C; d420 =1,0492g/sm3

2.2. Katalizatorlar tayyorlash
Malakaviy bitiruv ishida kaolin, bentonit, silikagel va seolit o‘zaklari asosida 4-6mm (d=2mm) o‘lchamdagi katalizatorlar qo‘llanildi. Peptizatorlar sifatida HNO3-NH4OH-metilsellyuloza, HNO3-NH4OH-CH3COOH va HNO3-NH4OH-poliakrilat tuzlaridan foydalanildi. Geterogen katalitik usulda atsetilen spirtlari sintezi jarayonida asosan tarkibida mis, vismut, nikel, kobalt oksidlari saqlagan turli xil katalizatorlardan keng foydalaniladi [31-33]. Atsetilen spirtlari sintezi uchun katalizatorlarni tayyorlash asosan 2 xil: quruq reagentlar (mis, vismut, nikel, kobaltning nitratli, atsetatli tuzlari) va o‘zakni aralashtirib tayyorlash hamda tayyorlangan o‘zakka faol moddalarni shimdirish usulida amalga oshiriladi. O‘zakka faol moddalarni shimdirish asosan ularning nitratli yoki atsetatli tuzlarining nitrat kislotasidagi eritmalari bilan amalga oshiriladi.
Quruq reagentlar va o‘zakni aralashtirib katalizatorlar tayyorlash
Quruq reagentlar va o‘zakni aralashtirib katalizatorlarini tayyorlashda o‘zak sifatida kaolin, bentonit, silikagel va seolitdan foydalanildi. Mahalliy xomashyolar hisoblangan kaolin va bentonit ishlatilganda katalizatorning narxi yuqori bo‘lmasligi ta’minlanadi. Katalizator tayyorlashda kaolinning AKF-78 markasidan va bentonitdan foydalanildi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling