Hozirgi kunda kimyo sanoati misli ko‘rilmagan darajada rivojlanib bormoqda


Ammiakli muhitda atsetilen spirtlarini sintezi


Download 0.75 Mb.
bet3/16
Sana22.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1645863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
МБИ лотин Саидова Ж 2023

1.2. Ammiakli muhitda atsetilen spirtlarini sintezi
Atsetilen spirtlarini sintez qilishda kondensatsiyani suyuq ammiak metodidan foydalaniladi, bunda jarayon kukunsimon o‘yuvchi kaliy ishtirokida olib boriladi. Dastlabki moddalar sifatida butanal va 2-metilpropanaldan foydalaniladi. Ularni atsetilen bilan ta’sirlashi natijasida mos ravishda geksin-1-ol-3 va 4-metilpentin-1-ol-3 hosil bo‘ladi [12].

Bu erda; R=-C3H7; R/ = -H; R=-izo-C3H7, R/ =-H
Atsetilen spirtlari va hosilalari olishga bag‘ishlangan sintez jarayonida [13] ketonlarga ruxmetil katalizatori ishtirokida monoalmashingan atsetilen uglevodorodlari ta’sir ettirilgan. Reaksiya toluol eritmasida 20oC da olib borilganda 40-89 % gacha atsetilen spirtlari sintez qilingan. Ayrim ishlarda atsetilen spirtlaridan tashqari tarkibida gidroksil guruhi va atsetilen bog‘i tutgan azotli birikmalar ham sintez qilingan [14, 15].
Favorskiy reaksiyasi sharoitida atsetilen va boshqa alkinlar aldegidlar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Bunday muammoni hal qilishda V.Reppe katalizatori (Cu2C2) qo‘l keladi. Mis atsetilenidi ishtirokida suvli eritmada bosim ostida atsetilen va formaldegid reaksiyalaridan foydalanib spirtlar (V.Reppe) olinadi:

Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, aldegid va ketonni atsetilen bilan kondensatsiyasi reaksiyalaridan atsetilen spirtlarini olishni nafaqat mis atsetilenid katalizatorlari bilan balki, boshqa katalizatorlar ishtirokida ham olib borish mumkin.
Atsetilenni aldegid va ketonlar bilan Cu2C2 (mis atsetilenid) ishtirokidagi reaksiyasida, asosan, glikollar olinadi. Masalan, uni formaldegid bilan reaksiyasida (90-950C, 4-6 atm.) propargil spirtini hosil bo‘lishi orqali 90-92% unum bilan juda ahamiyatli bo‘lgan butin-2-diol-1,4 sintez qilinadi [16].
HC≡C-CH2OH + HCHO → HOCH2-C≡C-CH2OH
Propanonni suyuq ammiak muxitida geterogen fazada AV-17 anionit ishtirokida vinillash jarayoni turli faktorlar (temperatura, reaksiya davomiyligi, dastlabki moddalar nisbati) yordamida o‘rganilgan [17, 18]. Natijada shu jarayon uchun quyidagi optimal sharoit aniqlandi; harorat 35-400C, reaksiya davomiyligi 20-25 minut, dastlabki moddalarni mol nisbati NH3:C2H2=5-5,2:1; C2H2: atseton = 1,5-1,8:1. Konversiya jarayonini unumi 85% gacha bo‘ladi. Bu metod yordamida faqat atsetilen spirtlari sintez qilinadi. Tadqiqot ishida erituvchi sifatida aromatik uglevodorodlar va oddiy efirlar ishlatilgan [50; b. 223-226]. Hozirgi paytda atsetilen spirtlari olish va ularning xossalarini o‘rganishga bag‘ishlangan ko‘plab ilmiy manbalar mavjud. Izlanishlardan ma’lumki tuyinmagan atsetilen spirtlari va ularning hosilalarini olish ko‘plab manbaalarda keltirilgan [19-22].
Ilmiy izlanishlar natijalariga ko‘ra gomogen katalitik usulda atsetilen spirtlari sintezi keng o‘rganilgan. Atsetilenning reagentlar bilan reaksiyasida uchlamchi bog‘ saqlanib qolishi bilan boradigan jarayonlarga etinillanish jarayonlari deyiladi. Aldegid va ketonlarning atsetilen bilan etinillanish jarayonlari keng o‘rganilgan. Ishqorlarning ammiakli muxitdagi katalizatorligi asosida boradigan etinillash reaksiyasi o‘rganilgan [23]. Ushbu ishda ishqorlar va karbonil birikmalarning molyar nisbatlari 1:10 dan 1:200 ga teng bo‘lgan xolatlarda o‘rganilgan. Etinillash jarayoni -400C dan +400C haroratlar oralig‘ida tadqiq qilingan. Texnik ko‘rsatkichlarda berilishicha ishqorlarning solishtirma miqdori kamaysa etinillash mahsulotlari unumi ham kamayadi va oraliq mahsulotlar ko‘payib ketishiga olib keladi [24]. Ushbu ishda aldegid va ketonlarning (R/-CO-R//) atsetilen bilan reaksiyalari o‘rganilgan [25]. R/ va R// lar vodorod atomi, alkil, alkenil, sikloalkil va boshqa radikallar bo‘lishi mumkin.
Adabiyotlarning ko‘rsatishicha haroratning oshishi atsetilen diollarining ko‘payishiga olib keladi. Ushbu jarayonlarda ishqorlarning suvli eritmalari va karbonilli birikmalar bilan molyar massalari 1:200 nisbatda olinadi. Kam vaqt davomida yuqori unum bilan to‘yinmagan atsetilen spirtlari olinadi [26].
Patentlarda ko‘rsatilishicha ammiak asosida ishqoriy metallarning ketonlar bilan 1:10 dan 1:200 nisbatlarda -400C dan +400C oralig‘ida atsetilen spirtlari olish jarayonlari o‘rganilgan. Akademik I.N.Nazarov va V.I.Nikitin izlanishlarida Favorskiy usulida atsetilen spirtlari asosida steroidlar (pregnin garmoni, kortikosteroidlar) sintezi o‘rganilgan. I.S.Shukin ishlarida magniybrom etoksiatsetilen olish ishlari o‘rganilgan [27] Atsetilen aldegidlar bilan reaksiyasida ikkilamchi spirtlarni hosil qiladi:

Formaldegid bilan esa birlamchi spirtni (propargil spirt) hosil qiladi:

yoki ketonlar bilan:

Tajribalarning ko‘rsatishicha uzluksiz ravishda keton (R1-CH2COCH2-R2) va atsetilen konversiyasi 20-50oC va 10-30 kg/sm2 bosimda atsetilen spirtlari sintezi o‘rganilgan. Reaksion aralashma 0,1-0,5 s-1 hajmiy tezlikda berib turiladi. Reaksion aralashmada atsetilen: keton: erituvchi 1,0:(0,2-3,0):(1,0-4,0) mol nisbatda bo‘ladi.
Ushbu jarayon asosida 2-metilbutin-3-ol-2, 3,7-dimetil-okt-6-en-1-in-3-ol, 3,7,11-trimetil-dodeka-6,10-dien-1-in-3-ol, 3,7,11,15-tetrametil-6,10,14-geksa-dekatrien-1-in-3-ol va 3,7,11,15-tetrametilgeksadeka-1-in-3-ollar olingan. Jarayonda ion almashinuvchi smola sifatida amberlit-402 yoki amberlit-900, smola AV-17-8 ishlatilgan [28]. Aproton erituvchi sifatida esa dimetilformamid, N-metilpirrolidon va dimetilsulfoksid ishlatilgan. Natijalarning ko‘rsatishicha olingan mahsulot tarkibida zaharli chiqindilar kam bo‘ladi. Atrof muxit uchun suyuq ammiak zararlidir. Etinillash jarayonlari uchun aprotonli erituvchilar dimetilformamid («DMF»), dimetilsulfoksid («DMSO») va N-metilpirrolidon («NMP») ishlatiladi [29]. Tetrametilbutindiol (TMBD) olishda donador KOH ishlatilgan. Erituvchi sifatida benzoldan foydalanilgan.
Tadqiqotda [30] keton va atsetilen ishtirokida uchlamchi alkindiollar olinishi o‘rganilgan. Erituvchi sifatida n-alkil-uchlamchi butil efirlari ishlatilgan. Keton va atsetilen 1:1 dan 1:3 molyar nisbatlarda olingan. KOH va keton esa 1:1 dan 1,6:1 gacha bo‘lgan nisbatlarda o‘rganilgan. Ushbu jarayonda maxsus qimmat erituvchilardan foydalanilgan va iqtisodiy jihatdan samarasizdir. Ammiak muxitidagi Na, Ba, Cs va boshqa metall katalizatorlaridan foydalanib, uchlamchi atsetilen spirtlarni RRC(OH)CCH sintez qilish mumkin (bu erda, R,R=-alkil, -aril, -sikloalkil yoki -geterotsikl), bunda bosim 2-2,1 atm., temperatura esa -40 dan +400C gacha bo‘ladi. Olib borilgan reaksiyalarda ketonni 7 mol miqdori uchun katalizatordan 1 gramm miqdori olindi. SHuni ta’kidlab o‘tish kerakki, bu reaksiyani olib borish uchun alohida sharoit va texnika xavfsizligiga jiddiy e’tibor berish kerak.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling