Hozirgi kunda kimyo sanoati misli ko‘rilmagan darajada rivojlanib bormoqda
Dala tadqiqotlari o‘tkazilgan joyning o‘g‘it qo‘llash tizimi va qo‘llanilgan uslublar
Download 0.75 Mb.
|
МБИ лотин Саидова Ж 2023
Dala tadqiqotlari o‘tkazilgan joyning o‘g‘it qo‘llash tizimi va qo‘llanilgan uslublar.
Dala tadqiqotlari 2015-2017 yillar Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi «Oqrabot yulduzi» fermer xo‘jaligining sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlar sharoitida ekilgan kuzgi bug‘doyning «Tanya» navida dimetiletinilkarbinol va metiletiletinilkarbinol stimulyatorlari dala sharoitida sinab ko‘rish maqsadida dala tajribalari o‘tkazildi (7-jadval). 7-jadval Sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarda kuzgi bug‘doyning don hosilini oshirish bo‘yicha stimulyatorlar sxemasi, kg/ga
Tajribada kuzgi bug‘doyning bitta navi bilan 2 ta stimulyatorlar asosida 5 variant 3 qaytariqda olib borildi. Dala tajribada o‘rganiluvchi variantning kengligi 12 metr, uzunligi 25 metr. Bir variantning umumiy maydoni 300,0 m2, 3 qaytariq 900,0 m2. Variantning kengligi 12,6 metr, uzunligi 26 metr. Bir variantning umumiy maydoni 327,6 m2, 3 qaytariq 982,8 m2. 2 ta stimulyatorlar bo‘yicha o‘tkazilgan dala tajribaning umumiy maydon 9874,8 m2 tashkil qiladi. Ekish har yili oktyabr oyining birinchi o‘n kunligida amalga oshirildi. Tuproq va agrotexnika sharoitidan kelib chiqib o‘sish va rivojlanish davrida o‘g‘it me’yorlari va suv berildi. Har bir navning variant va qaytariqlarida kuzgi bug‘doy navlarining o‘sishi, rivojlanish davrlarida fenologik kuzatuvlar olib borildi. Vegetatsiya davrida tuproq va o‘simlik namunalari olindi va kimyoviy tahlil qilindi. Tadqiqot ishlarini amalga oshirishda Tuproqshunoslik va agrokimyo ITI ning fondi materiallari, ilmiy adabiyotlar ma’lumotlaridan foydalanildi va umumlashtirildi. Dala sharoitda amalga oshirilgan ishlar ham mutaxassislarining uslubiy ko‘rsatmalari yordamida bajarildi. Xududning tabiiy-geografik sharoitlarini; dala tadqiqotlari o‘tkaziladigan tuproqlarning fizik-mexanik, meliorativ va agrokimyoviy xossalarini o‘rganish, mineral o‘g‘itlar me’yorlarini kuzgi bug‘doy navining o‘sishi, rivojlanishiga ta’siri, o‘g‘itlar me’yorlarini don hosildorligi va sifatiga ta’siri, mineral o‘g‘itlarni har bir tuproqning va kuzgi bug‘doy navining kimyoviy tarkibiga ta’siri, ularni hosil shakllanishi bilan bog‘liqligi, don hosilini matematik tahlil asosida ma’lumotlarni ishonchliligi, qo‘llanilgan o‘g‘itlarning samaradorligi o‘rganildi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling