Hozirgi paytda telekommunikatsiya texnologiyalarining jadal
b) Kommutatsiya Kommutatsiya Boshqarish Boshqarish So`zlashuv kanali Signalizatsiya v)
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev
b)
Kommutatsiya Kommutatsiya Boshqarish Boshqarish So`zlashuv kanali Signalizatsiya v) Shlyuz B So`zlashuv kanali Signalizatsiya g) 101 Dastur bilan boshqaruvchi raqamli ATSlar paydo bo‘lgunligiga qadar, barcha signallar nutq uzatilgan trakt bo‘yicha uzatilar edi. Bu usul ichki yo‘- lakli signalizasiya deb yuritiladi (in- band). Telefon kanali bo‘yicha o‘zgar- mas tok, tonal chastotalar toki ko‘rinishida signallar uzatilishi mumkin. Stansiyalararo ulash liniyalar rivojlangan sari, ASK bo‘yicha signalizasiya usuli tarqaldi, so‘zlashuv kanali bilan his etish, bu usulning inglizcha Channel associated signaling (CAS) nomi bilan yaxshi aks ettirilgan. Ajratilgan signalli kanallar bo‘lib, IKM traktining 16 vaqt kanalidagi ma’lum bitlar yoki 3825 Gs va boshqa chastotali so‘zlashuv sektoridan tashqaridagi ajratilgan chastota kanali bo‘lishi mumkin. Lekin, istalgan variantda ham signalizasiyaning so‘zlashuv kanali bilan bevosita bog‘liq bunday ishlatishi, stansiyalararo ulash liniyalarni ishlatish samaradorligi yetarlicha bo‘lmaydi. Chaqiriq tushganda kerakli kanallar so‘zlashuv boshlanguncha, oldindan barcha tarmoq bo‘yicha band qilinadi. So‘zlashuvdan oldin bu kanallar orqali nomer raqamlarini uzatish va chaqirilayotgan abonentga chaqiriq signali uzatiladi. Shu bilan birga turli baholarga ko‘ra, chaqiruvlarning 20-35 % abonent bandligi, tarmoqning o‘ta zichlanishi yoki abonent chaqiruvga javob bermasligi tufayli so‘zlashuv bilan tugamaydi. Shunday qilib, foydali axborotni uzatish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan kanallar, shu jumladan, tugallanmagan ulanishlarda ham signalizasiya uchun band etiladi. Umumkanal stansiyalararo signalizasiya (4.2.v- rasm.) telefon tarmog‘iga ustma ust joylashganday, umumiy kanallar signalizasiya tarmog‘i asosida amalga oshiriladi. Telefon kanallari tarmog‘idan alohida UKS tarmog‘ini signalizasiya uchun ishlatilishi, ularni unumsiz band qilinishini bartaraf etadi va abonentlarga yangi, yanada rivojlangan xizmatlar ko‘rsatilishi imkoniyatlarini ochadi. Signalizasiyaning uchta tamoyilini mavjudligiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy faktorlardan biri, ATSlardagi chaqiruvga xizmat ko‘rsatishni boshqarish tamoyili bilan bog‘liq u yoki bu ATS qo‘llaydigan signalizasiya tizimini o‘zaro aloqasi bilan shartlanishi bilan hisoblanadi. Birinchi sinf signalizasiya tizimi DQ - ATS bilan bevosita boshqarish tamoyilini amalga oshiruvchi analogli DQ - ATS bilan assosiasiya qiladi (4.2.a- rasm). O‘zgarmas tok bilan telefon kanalidan signallarni uzatish galvanik, shleyfli yoki batareyali usulda amalga oshirilishi mumkin. Batareyali usulda signallar a, v yoki s simlari bo‘yicha ATS ning stansiya batareyasini va teskari sim sifatida yerni ishlatib uzatiladi. Ikkinchi sinf signalizasiya tizimi vositali boshqarishni amalga oshiruvchi K- ATS (4.2.b- rasm) bilan assosiasiyalanadi. Signal 102 axboroti so‘zlashuv o‘tgan yo‘ldan uzatiladi, lekin stansiya ichida ular ajratiladi. Bu yerda o‘zgaruvchan tokli signalizasiyani har xil usullarini ishlatiladi. Telefoniya va telegrafiya bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasi (SSITT – Commite Consultatif International Telegraphigue of Telephone), hozirgi elektr aloqa xalqaro ittifoqi telekommunikasiyani standartlash sektori (ITU - T – International Telecommunications Union Standardization Sector) turli yillarda bir necha xil stansiyalararo signalizasiya tizimlari uchun standartlar ishlab chiqdi. Ularning har biriga o‘zining tartib raqami berilgan 1 dan 5 gacha nomerli tizimlar SAS tamoyili bo‘yicha, 6 va 7 sonli tizimlar esa CCS tamoyili bo‘yicha tuzilgan. 1÷5 tizimlarda signallarni liniyaviy va registr- liga ajratish mavjud. Ularni uzatish uchun esa, 300÷3400 Gs diapozonidagi chastota yoki diapozondan katta, lekin 4000 Gs kichik chastotalar ishlatiladi.Yuqorida qayd etilgan signalizasiya tizimlarini ko‘rib chiqamiz. 1- sonli signalizasiya. 1934 yil Budapeshtda bo‘lib o‘tgan ITU- T ning X yalpi assembleyasida qabul qilingan 1 sonli signalizasiya usuli bilan o‘rnatish xalqaro kanallari uchun mo‘ljallangan. U 20Gs chastotali impuls ko‘rinishida uzatiladigan 500 Gs liniyaviy signallarni ko‘zda tutadi. 2- sonli signalizasiya yarim avtomatik aloqani ikki simli liniyadan amalga oshirish uchun mo‘ljallangan. Bunda 600 va 750 Gs chastotalar bilan signalizasiya tizimi ishlatilgan (1938 yil). 3- sonli signalizasiya 1954 yil bir chastotali signalizasiyani ITU- T standartlashtirdi. Tizim liniyaviy va registrli signalizasiya uchun 2280±5 Gs bitta chastotani ishlatadi va bir tomonlama aloqa kanallarida ishlash uchun belgilangan. 4- sonli signalizasiya – bu ikki chastotali signalizasiya tizimi. 1954 yilda Yevropada ishlatildi. Liniyaviy va registrli signalizasiya uchun so‘zlashuv standartidagi 2040 Gs va 2400 Gs chastotalari ishlatilgan. 5- sonli signalizasiya 1964 ITU- T qit’alararo aloqa uchun standartlashtirdi. Registrli signallar ko‘pchastotali kod “6 dan 2” asosida uzatiladi. Liniyaviy signallar o‘z o‘zini tekshiruvchi ichki yo‘lakli ikki chastotali 2400 Gs va 2600 Gs signallar asosida uzatiladi. U ikki tomonlama UL ishlatiladi. Boshqarish signallari, ya’ni ko‘p chastotali kod usuli Гц f 700 0 , Гц f 900 1 , Гц f 1100 2 , Гц f 1300 4 , Гц f 1500 7 , Гц f 1700 11 chastotalar ishlatilgan. R1 signalizasiya tizimining bayonnomasi regional standartining birinchisi (Shimoliy Amerikada ishlatiladi) hisoblanadi. Bunda “6 dan 2” kodi registrli ko‘p chastotali signalizasiya va yo‘lakli liniyaviy 103 signalizasiya ishlatilgan. Liniyaviy signalizasiya analog kanallardan ikki yo‘nalishda 2600 Gs chastotali uzluksiz signal ko‘rinishda uzatiladi. Raqamli variantda liniyaviy signal 2600 Gs bilan tarkibiy kanal bo‘yicha ikkita ASK bo‘yicha uzatiladi. R2 signalizasiya tizimi bayonnomasi ITU - T ning ikkinchi regional standarti hisoblanadi. Bu tizim hamma davlatlarning milliy va xalqaro UL uchun ishlatiladi (1968 yilda qabul qilingan). Analog variantda liniyaviy signal so‘zlashuv chastotalari yo‘lagidan tashqaridagi tonal signallarni ishlatish bilan uzatish amalga oshiriladi. ChAK li uzatish tizimlarida 3825 Gs chastota ishlatiladi. Raqamli variantda (R2) bir yo‘nalishli UL ning IKM- 32 raqamli traktining ASK ishlatiladi. Registli signallar “Oxiridan - oxiriga” u yoqdan bu yoqqa o‘tgan, o‘z o‘zini tekshiruvchi “6 dan 2”kodli ikki chastotali signalizasiya yordamida uzatiladi. Bunda 12ta chastota tanlab olingan. Ulardan oltitasi teskari yo‘nalishda: 1140, 1020, 900, 780, 660, 540 Gs va oltitasi to‘g‘ri yo‘nalishda 1380, 1500, 1620, 1740, 1860, 1980 Gs ishlatiladi. 1968 yilda 6- sonli signalizasiya ishlab chiqildi. 6- sonli signalizasiya tizimi signalizasiyani to‘liq so‘zlashuv traktidan chiqarib tashlaydi va alohida umumiy signalizasiya zvenosini ishlatadi. Bu zvenodan bir necha traktlar uchun hamma signallar uzatiladi. Lekin uzatish tezligi 2400÷4200 bit/s, shuning uchun milliy tarmoqda ishlatib bo‘lmaydi, adres qismi chegaralangan, halaqit bardoshligi katta emas. Bu kamchiliklarni hisobga olib, 7- sonli signalizasiya tizimi ishlab chiqildi. 6 va 7 tizimlarda signallarni bunday ajratish mavjud bo‘lsa ham, bu an’ana bo‘yichadir, chunki istisnosiz barcha signallar signal axboroti ko‘rinishida bir xil uzatiladi va bir xil qurilmalar bilan qabul qilinadi. Ikkala bu tizimlar faqat dasturli boshqarish stansiyalarida amalga oshiriladi. 7- sonli signalizasiya tizimi esa amalda faqat raqamli uzatish tizimli tarmoqlarda qo‘llaniladi. Ushbu signalizasiya tizimlarining xalqaro standartlari 4.1- jadvalda keltirilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling