Hozirgi paytda telekommunikatsiya texnologiyalarining jadal
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev
Chiquvchi АТS
Kiruvchi АТS (01) Dastlabki holat (11) Band etish (10) (11) Band etishni tasdiqlash (11) Javob oldi holati (10) Impuls (00) Pauza (10) Seriyalararo interval (10) (10) Javob (10) So`zlashuv holati (10) (00) B abonent go`shakni qo`ydi Uzish (11) (01) Dastlabki holatni nazoratlash (01) Dastlabki holat (11) Т1 Т1 Т2 Т3 Т4 Т5 110 “Seriyalararo interval” (10) signallari bilan almashtiriladi. Pauza va seriyalararo interval orasidagi farq, faqat ularning davomiyligidadir. Mahalliy chaqiruvda pauzaning maksimal davomiyligi 150 ms tashkil etadi, agar pauza undan uzunroq bo‘lsa, signal (10) “Seriyalararo interval” kabi indentifikasiyalanadi. Ko‘rilayotgan misolda (B abonent bo‘sh) B abonent chaqiriqqa javob berganda, kiruvchi ATS dan “Javob” (10) signali oladi, so‘ngra tizim “So‘zlashuv” holatiga o‘tadi. A abonent go‘shakni qo‘yganda, chiquvchi ATS “Uzish” signalini uzatadi, unga javob tariqasida “Dastlabki holatni nazoratlash” (01) signali beriladi va tizim dastlabki holatga o‘tadi. Agar birinchi bo‘lib, go‘shakni B abonent qo‘ysa, ki- ruvchi ATS dan “B abonent go‘shakni qo‘ydi” (00) uzatiladi, unga javoban chi- quvchi ATS “Uzish” (11) signalini uzatadi. Kiruvchi ATS “Dastlabki holatni nazoratlash” (01) signali beradi va tizim dastlabki holatga o‘tadi. Agar B abonent liniyasi band bo‘lsa, B abonentning nomerini ishlovdan o‘tkazgandan so‘ng, kiruvchi ATS “Band” (00) signalini uzatadi, so‘ngra unga javoban “Uzish” (11) signalini oladi, “Dastlabki holatni nazoratlash” signalini uzatadi va “Dastlabki holat”ga o‘tadi. Yuqorida ko‘rilgan dekadali terish bilan 2ASK signalizasiyasi stansiya qurilmalarni samarasiz band etishga oid qo‘shimcha bo‘lib, ulash o‘rnatish ja- rayonini sekinlashtiradi. U o‘z ichiga bitta ATS dan ikkinchisiga nomerni translasiya qilish va A abonentni B abonent bilan aloqa olishini kutish vaqtini oladi. Shu vaqt davomida abonentlar o‘rtasida so‘zlashuv boshlangunga qadar aloqa tarmog‘ining xizmatlariga to‘lovlar yozilmaydi, bu esa afsuski abonentlarni qimmat tarmoq resurslaridan foydalanganliklari uchun operatorlar hech qanday daromad olmaydilar. Undan tashqari, signalizasiyaning bunday “sekin ishlashi”ni abonentlar sezadi va ranjiydilar. Ko‘p chastotali signalizasiya bu jarayonni sezilarli darajada tezlashtiradi. Unda ishlatiladigan signalli kodlarni quyidagi ko‘rsatgichlar bo‘yicha baholashadi: mumkin bo‘lgan kodli kombinasiyalar soni; kodli kombinasiyani uzatish vaqti; turli xildagi liniyalar bo‘yicha signallarni uzatish imkoniyati (fizik va zichlashtirilgan analogli yoki raqamli uzatish tizimlari); uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalarning murakkabligi; xalaqit bardoshligi; xatolarni aniqlash, to‘g‘rilashga ishonchlilik va qobiliyatligi. Ko‘p chastotali kodning har bir kombinasiyasi ikki yoki undan ortiq ele- mentar signallardan iborat bo‘lib, turli chastotalarga ega; ko‘proq “n dan m” turidagi ko‘p chastotali kodlar ishlatiladi (KATSda masalan, “5 111 dan 2” va “6 dan 2” kodlar ishlatiladi), bunda elementar signallarni shakllantirish uchun m, har bir kodli kombinasiyani shakllantirish uchun esa n ma’lum chastotalar ishlatiladi. Bunday turdagi ko‘p chastotali kodlarda har bir kodli kombinasiyani shakllantirish birikmalar soni bilan aniqlanadi: )! ( ! n m n Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling