Hozirgi paytda telekommunikatsiya texnologiyalarining jadal
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev
m
С n m Shuningdek: “5 dan 2” uchun 10 )! 2 5 ( ! 2 ! 5 2 5 С 6 dan 2” kodi uchun 15 )! 2 6 ( ! 2 ! 6 2 6 С Har bir kombinasiya aynan bir xil sondagi chastotalardan iborat bo‘lgani uchun kodning xalaqitbardoshligi yaxshilanadi. Bu kodlar o‘z o‘zini tekshiruvchi kodlarga kiradi. Chunki ular unga murakkab bo‘lmagan sxemalar yordamida qabul qiluvchi tomonda uzatish davomida vujudga kelgan xatoliklarni aniqlash imkonini beradi (bitta chastotani bo‘lmasligi, ikkitadan ortiq chastotalarni mavjudligi). Zaruriyat tug‘ilsa xatolik bilan qabul qi- lingan kombinasiyani qayta uzatishni so‘rash mumkin. Bu uzatish ishonchlili- gini oshirish imkonini beradi. Ko‘pchastotali kodda so‘zlashuv chastotalar ishlatiladi va shuning uchun bu kod zichlashtirilgan liniyalar bo‘yicha signallarni uzatish uchun Гц f 700 0 , Ãö f 900 1 , Гц f 1100 2 , Гц f 1300 4 , Гц f 1500 7 , Гц f 1700 11 chastotalar ishlatilgan (0, 1, 2, 4, 7 va 11 indekslar shunday tanlanadiki har bir kombinasiyadagi ularning yig‘indisi, shu kombinasiyani bildiradigan raqamni berishi kerak bo‘ladi, 0 raqami bundan mustasno). 4.6- rasmda ko‘rsatilgan kodli kombinasiyalarni uzatish usuli “Impulsli moki” to‘quv mokisining to‘g‘ri va teskari xarakatlarini eslatadi va quyidagi tarzda yuz beradi. Chaqirayotgan qurilmaga (masalan, markerga) ulanadi va axborot uzatishga tayyor ekanligi to‘g‘risida axborot beradi. Marker so‘rov signalini yuboradi va unga javoban registr axborotning ma’lum bir qismini uzatadi. So‘ngra markerdan yana so‘rov signali keladi (yoki qabulni tasdiqlovchi signal), registr axborotning navbatdagi qismini uzatadi va xokazo. Jami axborotni uzatib registr bushaydi. 112 4.6- rasm. " Impulsli moki" usulli registr signalizasiyasi Bunday usulda axborot ishonchliligi oshadi, lekin uni uzatish vaqti ham ortadi. Bu usul murakkab tuzilmali tarmoqda ishlatiladi. U registrda yig‘ilgan axborotni turlicha uzatish imkonini beradi. So‘rovning turiga qarab, registr nomeri- ning birinchi yoki keyingi raqamini yoki takroron raqamni uzatish, hamda signallarni uzatishni bir usulidan ikkinchisiga o‘tishi mumkin. 4.6- rasmdan ko‘rinib turibdiki, signallar bilan almashinuv teskari yo‘nalishdagi signaldan boshlanadi. Teskari yo‘nalishdagi deyarli har bir signalga to‘g‘ri yo‘nalishdagi javob signallari to‘g‘ri keladi. Signal davomiyligi 45±5 ms ni tashkil etadi. Qabul va uzatish orasidagi interval – 60 ms dan kam emas. Navbatdagi signalni kutish kiruvchi ATS uchun 200÷250 ms, chiquvchi esa, 3,5÷4 s. Registr signallarini uzatish uchun “Impulsli moki” usulidan tashqari “Impulsli paket” usullari ishlatiladi. Ular yig‘ilgan axborotni katta tezlikda uzatish zarur bo‘lganda ishlatiladi. Bu odatda, mahalliy ATS va ShATS o‘zaro hamkorlikda talab qilinadi. Signallarni “Impuls paketi” usuli bilan uzatishda, yig‘ilgan kodli kombinasiyalar bitta buyruq bo‘yicha birin ketin, qabul qilish qurilmasi navbatdagi kombinasiyani qabul qilishga to‘g‘rilanishga zarur bo‘lgan interval bilan uzatiladi. Signallar bilan almashinuvda quyidagi vaqt oraliqlari ishlatiladi: T1=50±5 ms – uzatilayotgan paketdagi impuls va pauzalar, ular o‘rtasidagi davomiylik; T2=10s – “Band etishning tasdiqlash” signali olingandan keyin ShATS dan so‘rovni ATS da kutish vaqti; T3=3s – paketni uzatilgandan so‘ng, teskari signalni kutish vaqti. 4.2- jadvalda “Impulsli paket” usuli keltirilgan. Teskari yo`nalish To`g`ri yo`nalish 113 4.2- jadval “Impulsli paket” usuli. ShATS dan uzatilayotgan signallar № Chastotali signal, Gs Mazmuni Izoh 1 700+1100 Axborotni uzatishni so‘rovi Davomiyligi 70- 100 ms. Tanish vaqti 30 ms. 2. 700+1700 Nomer to‘g‘ri qabul qilindi 3. 1100+1300 Nomer noto‘g‘ri qabul qilindi Har xil turdagi chaqiriqlarda paket tarkibi 4.3- jadvalda keltirilgan. 4.3- jadval Chaqiruvlar turi va impuls paketi tarkibi Shaharlararo chaqiruv AVS avs xxxx Ka def xxxx “11” (19 raqam) Ichki mintaqaviy chaqiruv “2” avs xxxx Ka def xxxx “11” (17 raqam) Xalqaro chaqiruv “8” “0” n1…ni Ka def xxxx “11” (19- 26 raqam) Xalqaro kommutator chaqiruv “8”- “9” L Ka def xxxx “11” (12 raqam) Chaqirayotgan abonent nomeri- ni indentifikasiyasi bilan shaharlararo kommutatordan chaqiruv “8” S Ka def xxxx “11” (11 raqam) Chaqirayotgan abonent nomeri- ni indentifikasiyasiz shaharlararo kommutatordan chaqiruv “8” S “11” (9 raqam) “Intervalsiz impuls paketi” usuli mahalliy stansiyadagi abonent liniya avtomatik nomerlarni aniqlaydigan apparatura (ANAA) ish jara- yonida ishlatiladi (4.3- jadval). Bunda ATS va ShATS o‘rtasida chaqirayotgan abonent liniya nomeri va yig‘ilgan signal axboroti ANAA yordamida “Intervalsiz impuls paketi” usulida uzatiladi. Bu esa uzatish vaqtini 114 sezilarli darajada kamaytiradi. Qabul qilish tomonida kod kombinasiyalarini ajratish, tashkil etuvchi chastotalarni o‘zgarishini topishga asoslanadi. Agar uzatilayotgan raqamlar ketma - ketligida ikkita yoki bir necha raqamlar ketma - ket bir hil bo‘lsa, bir hil raqamlarning juftlari “Takroran” signali bilan almashtiriladi. Umumiy foydalanishdagi telefon tarmoqlarining istalgan ATS, birinchidan o‘ziga ulangan chaqirilayotgan abonent liniya nomerini va kategoriyasini aniqlashni bilishi kerak. Bu chaqirayotgan tomon so‘rovi bo‘- yicha bu axborotni uzatish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun qilinadi va ikkin- chidan qarama qarshi stansiyadan ShATS dan yoki maxsus xizmat tugunidan (MXT), yoki chaqiriqni taqsimlash bosqichidan (ChTB) shunga o‘xshash axborotni so‘rash va qabul qilishni “bilish” kerak. MXT va ChTB olgan axboroti asosida xizmat to‘lovlarini yozadi, hamda shu xizmatdan foydalanishga abonentning xuquqini aniqlaydi. ATS ANAA dan pastdan qilingan chaqiruv manbasini aniqlash uchun foydalaniladi. ATS da bog‘lanish o‘rnatishning har xil bosqichlarida ANAA ning so‘rovini qabul qilish va axborotni uzatishi imkoniyati ko‘zda tutilgan. Ularga quyidagi bosqichlar kiradi: ulash liniya band etilgan so‘ng (ShATS ga aloqa o‘rnatilayotganda); javob kutilganda; chaqirilayotgan abonent javobida; so‘zlashuv vaqtida. ANAA axborotni uzatishi 500 Gs chastotali signal bilan uzatilayotgan “Javob” signali so‘rovini qabul qilinganda uzatilishi kerak. So‘rov bog‘lanishning istalgan bosqichida ko‘pkarra tushishi mumkin. Har bir so‘rov ikkinchidan boshlab, “Javobni olib tashlash” signali uzatiladi. Bu bo‘yicha bog‘lanish javob oldi holatiga o‘tkaziladi. 500 Gs signal ATS ga “Javob” signalidan 10÷400 ms dan keyin tushishi mumkin. Ikkita so‘rov orasidagi minimal vaqt 0,3±0,05s tashkil etadi; maksimal vaqt chegaralanmagan, lekin ShATS bilan aloqada u 1,2±0,1s dan oshmaydi. ShATS ni chaqirilganda so‘rovlarning maksimal soni 3 tadan ortmaydi (ShATS nomerni aniqlashni noto‘g‘ri bajarilgandan so‘ng so‘rov takrorlanadi), mahalliy ATS ni chaqirilayotganda 2 tadan ortmaydi, buyurtmali va ekstrenli xizmatlarda esa chegaralanmagan. Uzatiluvchi axborot davri, chaqirilayotgan abonent nomerining yettita raqami va uning kategoriyasini ko‘rsatuvchi bitta raqamni, hamda axborotning boshi (oxirini) belgilovchi bitta belgini o‘z ichiga oladi. Bitta “Intervalsiz paket”da (“ANAA kodogrammasi”) kamida 13 ta belgidan iborat bo‘lishi kerak. 115 Paket ichida raqamlarni kelish ketma - ketligi quyidagicha bo‘lishi kerak: uzatish boshi (13- kombinasiya); abonent kategoriyaning raqami; nomerni birlik raqami; nomerni o‘nlik raqami; nomerni yuzlik raqami; nomerni minglik raqami; o‘n minglik raqami (stansiya indeksini uchinchi raqami); yuz minglik raqami (stansiya indeksini ikkinchi raqami); million raqamlari (stansiya indeksini birinchi raqami); Uzatishning boshi (13 - konbinasiya). Mahalliy telefon tarmog‘ida numerasiya qanday bo‘lishidan qat’iy nazar (5,6 raqamli) ATS har doim ANAA ga axborotni mintaqaviy yetti raqamli ko‘rinishida berishi kerak. Stansiya yetti raqamligacha to‘ldiruvchi raqam sifatida 2 yoki 0, yoki tarmoq tizim indeksi “av” ishlatilishi mumkin. Shunday qilib, “Intervalsiz paket” usulida uzatilayotgan ANAA axboroti “6 dan 2” ikki chastotali kodli kombinasiyalarning orasida pauza mavjud bo‘lmagan ketma - ketligidan iborat. Har bir kombinasiyani uzatish davomiyligi 40±1 ms teng. ANAA dan moslikda uzatilayotgan chastota va axborotlar 4.4- jadvalda keltirilgan. 4.4- jadval “Intervalsiz impuls paketi” signalizasiyasi Signal № Chastotali konbinasiyasi, Gs Axborot 1 700 va 900 “1” raqami 2. 700 va 1100 “2” raqami 3. 900 va 1100 “3” raqami 4. 700 va 1300 “4” raqami 5. 900 va 1300 “5” raqami 6. 1100 va 1300 “6” raqami 7. 700 va 1500 “7” raqami 8. 900 va 1500 “8” raqami 9. 1100 va 1500 “9” raqami 10. 1300 va 1500 “0” raqami 13. 1100 va 1700 Boshi 14. 1300 va 1700 Takrorlash 116 Yuqorida dekadali terish kamchiliklari va ko‘p chastotoli signalizasiyani afzalliklari belgilangan edi, ammo ko‘p chastotali signalizasiya ham bir qancha kamchiliklarga ega: signallar axborot mazmuni chegaralangan, tezkorligi, xalaqitbardoshligi chegaralanganligi, so‘zlashuv spektridagi shunga o‘hshash chastotalarni signal axborotidek qabul qilish imkoniyati borligi kabi ichki yo‘lakli signalizasiyaga mansub bo‘lgan kamchiliklarni ko‘rish mumkin. Bu kamchiliklar esa tarmoq ishini, ANAA ishini buzishga yoki ope- ratorni aldashga olib keladi. Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling