Hozirgi paytda telekommunikatsiya texnologiyalarining jadal


- sonli umumkanal signalizasiyasi


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/103
Sana12.07.2023
Hajmi3 Mb.
#1659824
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   103
Bog'liq
Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev

 
4.3. 7- sonli umumkanal signalizasiyasi 
Kommutasiyalanadigan 
aloqa 
tarmoqlarida 
stansiyalararo 
signalizasiyani tashkil etishning ikkita tamoyili quyidagicha asoslangan: 
ma’lum stansiyalararo kanal ishtirok etgan, shu kanallarga biriktirilgan 
resurs yordamida stansiyalar orasida ulashni yaratish, qo‘llash va uzish 
uchun kerak bo‘lgan signallar almashinuvi amalga oshiriladi. Boshqa 
tamoyil stansiyalar o‘rtasida xizmat signallari bilan almashinuv uchun 
signalli kanal ishlatiladi, u ma’lum bir stansiyalararo kanallar guruhi yoki
ulanishlar uchun umumiydir. Bu tamoyil inglizcha CCS (Common 
Channel Signaling) so‘zidan olingan bo‘lib, umumkanal signalizasiyasi 
(UKS) deb ataladi. 7- sonli UKS eng zamonaviy bo‘lishi bilan birga 
universaldir ham, chunki u telefon telefon tarmoqlarida ma’lumotlarni 
uzatish tarmoqlariga, ham u, ham bu tarmoqlarning ISDN bilan 
tutashuvida va ISDN o‘zida, hamda harakatdagi aloqa tarmoqlarida va 
hokazolarga mo‘ljallangan 7 UKS ning funksional arxitekturasi ko‘p sathli 
bo‘lib, uchta quyi sathlari, birgalikda signal xabarlarini jo‘natuvchining 
stansiyasidan oluvchining stansiyasigacha ko‘chirishni ta’minlaydi, hamda 
tizimni ishlatiladigan hamma variantlarida kerak bo‘lgan MTP Message 
Transter Part – xabarlarni uzatish tizimchasi, platfor- masini tashkil etadi. 
Yuqori sath funksiyalari esa har bir variant spesefik mos ravishda shu 
platformadan foydalanuvchi tizimchasi bajaradi. Xususan PSTN va ISDN 
da MTP platforma ishlatilganida “yuqorida” ISUP foydalanuvchi 
tizimchasi, hamda SCCP signalli ulanishlarni boshqarish tizimchasi bilan 
to‘ldiriladi. SCCP UKS tarmog‘ida virtual ulanishlar yaratishni ko‘zda 
tutadi. Bu tarmoq orqali axborotni (faqat signalli emas) uzatish uchun 
ulanish yaratiladi. 7- sonli UKS tizimiga qo‘shiluvchi har xil amaliy 
tizimchalar (TSAR, OMAR, INAP va boshqalar) UKS tarmog‘ini texnik 
ekspluatasiyasini, xizmatlarini boshqarish tugunlari va intellektual 


117 
tarmoqdagi xizmatni kommutasiya tuguni orasida axborot almashinuvini 
va xokazolarni ta’minlaydi. 7- sonli tizimning muhim xususiyati zarur 
bo‘lganda, unga yangi tizimchalarini kiritishga ruxsat berishi ma’nosida u 
ochiq hisoblanadi. 
7- UKS tizimini ishlatuvchi aloqa tarmog‘i IKM traktlari bilan o‘zaro 
bog‘langan ko‘pgina kommutasiya tugunlaridan iborat bo‘lib, ulanishlarni 
boshqarishda 7- UKS xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Bu tugunlardan har biri, signal xabarini shakllantirish, uzatish, qabul qilish 
va integrallashga qodir bo‘lgan signalizasiya punkti (SP-Signaling Point) 
funksiyasini bajara oladigan vositaga ega bo‘lishi kerak. Signalizasiya 
punktlari SP o‘zaro bir –biri bilan signal axborotini ikki tomonlama 
uzatishni ta’minlovchi signalli zvenolar funksiyasini bajaruvchi raqamli 
kanallar bilan bog‘langan bo‘lishi kerak.
Signalizasiya punktlari va signalli zvenolar to‘plami 7- sonli UKS 
tarmog‘ini tashkil etadi. SP funksiyasini kommutasiya stansiyalari va 
tugunlaridan tashqari quyidagilar bajarishi mumkin:
- aloqa tarmoqlarini ekspuluatasiya boshqarish markazlari (OA&MC-
Opeation Administration and Mainte nance Cyentryes);
- intellektual tarmoq xizmatlarini boshqarish tugunlari; 
- tranzit signalizasiya punktlar (STP- Signaling Transfer Poins). 
Har bir SP ga o‘zining noyob kodi biriktiriladi. Signal axborati alma- 
shinuvi mumkin bo‘lgan ikkita istalgan SP signali bog‘langan bo‘ladi. 
Ikkita SP ning signalli aloqasi, yo signalli zvenolarning to‘g‘ri bog‘lami, 
yo tranzit tashkil etish bilan UKS tarmog‘i vositasi ta’minlashi mumkin. 
Birinchi holda, signalizasiya punkti (UKS tarmog‘i tuzilmasi nuqtai 
nazardan) qo‘shni, ikkinchi holda qo‘shni bo‘lmagan. UKS tarmog‘ida 
ham qo‘shni, ham qo‘shni bo‘lmagan SP ning uchta signalizasiya rejimini 
mavjud bo‘lishi bilan farqlanadi: bog‘langan, bog‘lanmagan va kvazi 
bog‘langan. Bog‘langan rejimda ma’lum SP signalli aloqasiga tegishli 
signal axborot, shu SP bevosita ulaydigan signal zvenosi bo‘yicha 
uzatiladi. Bog‘lanmagan rejimda shunga o‘xshash axborotni uzatish uchun 
ketma - ket bir necha signal zvenolar ishlatiladi, signalli aloqani tashkil 
etishga tranzit signalizasiya punktlarini jalb etiladi. Kvazi bog‘langan 
rejimda bog‘lanmagan rejimning xususiy holati bo‘lib, unda signal axborot 
tarmoq orqali o‘tadigan yo‘li oldindan belgilanadi va shu vaqt davomida 
qayd qilgan bo‘ladi. 7- sonli UKS tizimi signalizasiyani bog‘langan va 
kvazi bog‘langan rejimlarini qo‘llaydi. UKS tarmog‘i tuzilmasining turli 
varantlari mavjud. U yoki bu variantni tanlashga UKS tarmog‘i xizmat 
ko‘rsatayotgan aloqa tarmog‘ining tuzilmasi, hamda boshqa amallar ta’sir 


118 
ko‘rsatishi mumkin. Agar UKS tarmog‘i faqat kommutasiyani boshqarish 
uchun zarur bo‘lgan signalli aloqalarni shakllantirishga mo‘ljallangan 
bo‘lsa, unda ko‘proq eng ma’qul bo‘lgan tuzilma bo‘lib, signalizasiyani 
bog‘langan rejimi qo‘llashga qaratilgan tuzilma hisoblanadi va unga ko‘p 
bo‘lmagan darajada kvazi bog‘langan rejim (kam yuklangan signalli 
aloqalar uchun) hisoblanishi mumkin. Agar UKS tarmog‘i uning 
imkoniyati ichida barcha ehtiyojlarni qondirish uchun umumiy resursdan 
barpo etilsa, unda yuqori ishonchligini taminlash uchun ularni zaxiralash 
bilan birga signalli zvenolarni yuqori mahsuldorligi, asosan kvazi 
bog‘langan rejimga mo‘ljallangan tuzilmaga olib keladi, hamda bunga 
qo‘shimcha tarzda nisbatan katta bo‘lmagan sondagi signalizasiyaning 
bog‘langan rejimida ishlatuvchi signalli zvenolarning to‘g‘ri bog‘lamlari 
(va o‘ta yuklangan) bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. Signalizasiyaning faqat 
bog‘langan rejimidan foydalanilganda UKS tarmog‘i tuzilmasi, u xizmat 
ko‘rsatayotgan tarmoq tuzilmasi bilan mos keladi. Faqat kvazi bog‘langan 
rejim ishlatilganda 4.7- rasmda soddalashtirib ko‘rsatilgan UKS tarmog‘i 
tuzilmasi eng rasional bo‘ladi.
 
4.7- rasm. Bog‘langan rejimga mo‘ljallangan UKS tarmog‘ining tuzilmasi 
Bunday tuzilmada signalli zvenolarning istalgan bog‘lash bir necha 
signalli aloqalarni qo‘llaydi (faqat bog‘langan rejimga mo‘ljallangan 
tuzilmadagiday bitta emas). Demak, bu tuzilmada signalli zvenolarning 
bog‘lamlari ko‘proq ishlatiladi. Undan tashqari SP ning malum bir sonidan 
boshlab, 4.7- rasmda tuzilma UKS tarmog‘idagi signalli zvenolarning 
umumiy sonini bog‘langan rejim uchun aytilgan tuzilmaga nisbatan 
kamaytiriladi, natijada UKS tarmog‘i arzonlashadi. Ya’ni, shuni 
ta’kidlash lozimki, bunday tuzilmada UKS tarmog‘i lokal o‘ta 
yuklanishlarga barqarorroqdir, ishonchlikning juda yaxshi ta’siriga ega va 
har signalli aloqa uchun uni tashkil etish bir necha mumkin bo‘lgan 
yo‘llar, yani bir necha har xil signal marshrutlar mavjud. 
boshqa SP 
boshqa SP 
boshqa SP 
boshqa SP 
STP3 
STP2 
SP 2 
STP1 
SP1 
STP4 
SP 3 
SP 4 


119 
UKS tarmoqlari imkoniyatlari faqat kommutasiyani boshqarish bilan 
bog‘liq bo‘lgan funksiyalar bilan chegaralanmaydi. Bu turdagi 
signalizasiyani qo‘llash uchun, eng tabiiy bo‘lib, bog‘langan rejimi 
hisoblanadi. 
Chunki 

kanallar 
kommutasiya 
tarmog‘ida 
kommutasiyalanadigan aloqalarni tashkil etish xususiyatlariga bog‘liqdir, 
xususan telefon tarmoqlarida ulash har doim “ketma- ket qadamlar” bilan 
o‘rnatiladi. Chiquvchi stansiya belgilangan stansiyaga yo‘nalishni tanlab, 
eng yaqin (ushbu yo‘nalishda) tranzit stansiya, masalan, ChXT bilan 
signalli axborot bilan almashadi, so‘ngra chiqish xabarlar tuguni ChXT
boshqa tranzit stansiya KXT bilan signalli axborot bilan almashadi, u esa 
o‘z navbatida belgilangan stansiya bilan almashadi. Xuddi shu holat 
bog‘lanishini buzishda xam yuz beradi. Agar UKS tarmog‘i orqali qo‘shni 
bo‘lmagan SP lar axborot almashsa, tranzit funksiyasini istalgan SP 
bajarish mumkin.
Yevropa elektr aloqa standartlash instituti ETSI varianti 4.8- rasmda 
ASE servisli amaliy element, OMASE - OMAP ning servisli amaliy 
elemenni 7- sonli UKS ni tutashma bayonnomalari keltirilgan. 
4.8 –rasm. UKS ni tutashma bayonnomalari 
4.8- rasm. ASE servisli amaliy element, OMASE - OMAP ning servisli 
amaliy elemenni 7- sonli UKS ni tutashma bayonnomalari 
UKS tarmog‘i tuzilmasi bog‘langan rejimga mo‘ljallangan bunday 
almashinuvni ham ta’minlaydi. Biroq, UKS tarmog‘i orqali o‘tuvchi 
axborotning umumiy hajmida uning hissasi ortib borgan sari, bu tuzilma 
Mobil aloqani 
tizinchasi
GSM, MAP, 
BSSAP 
standartlari 
Ekspluatatsiya 
boshqarish 
tizimchasi 
OMAP 
Intellektual 
tarmoqni amaliy 
bayonnomasi 
INAP 
AE 
AE 
AE 
Tranzaksiya vositalari tizimchasi TCAP 
Mobil 
aloqaning 
NMT-450 
standarti 
tizimchasi 
MUP 
ISDN
tizimchasi 
ISUP 
NMT-450
Standartli mobil 
aloqa 
tarmog`ining 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling