Hozirgi paytda telekommunikatsiya texnologiyalarining jadal
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev
5.1. Umumiy tushuncha
Raqamli kommutatsiya tizimidagi raqamli kommutatsiya maydonalari impulsli kodli modulyasiya asosida olingan raqamli traktlardagi vaqt kanallarini vaqt bo‘yicha kommutatsiyalashga asoslangan. Raqamli kanallar vaqt bo‘yicha ajratish bazasida hosil qilinadi. Har bir K i – vaqt kanali raqamli traktga taaluqli fazo koordinatasiga S i va uzatish davridagi vaqt intervalini band qilganiga qarab, vaqt koordinatasiga t j ga qarab aniqlanishi mumkin, ya’ni K i (S i t j ), demak biron bir kirishdagi raqamli trakt vaqt intervalini chiqishidagi biron bir raqamli traktdagi vaqt intervaliga kommutatsiyalashdan iboratdir, ya’ni K i (S i t j ) ni K n (S n t m ) ga. Raqamli kommutatsiya maydonining umumiy ko‘rinishi 5.1- rasmda keltirilgan. 5.1- rasm. Raqamli kommutatsiya maydonining umumiy ko‘rinishi Kommutatsiyalashning bunday jarayoni vaqt pozitsiyasining almashinuvini, hamda zichlashtirilgan raqamli trakt almashinuvini talab qiladi. Shuning uchun raqamli kommutatsiya maydonida ikki turli kommutatsiya bosqichlari mavjud: - raqamli trakt raqamini o‘zgartirmay vaqtli holatlarini almashtirish uchun kommutatsiya bosqichlari (vaqtli bosqich yoki V bosqich); - vaqtli holatlarni o‘zgartirmay raqamli traktlarning almashinuvi uchun kommutatsiya bosqichi (fazoviy bosqich yoki F bosqich). Raqamli kanallarni kommutatsiyalanishi, analog kanallarni fazoda kommutatsiyalashdan farqi shundaki, kanallar orasida to‘g‘ri yo‘nalishda qabul qilish trakti hosil qilinadi, ya’ni raqamli kanallarning to‘liq dupleks bog‘lanishi o‘rnatiladi (5.2- rasm).Fazoviy va vaqtli bosqichlarning raqamli kommutatsiya maydonidagi birikmasi, ya’ni ularning guruh tashkil Raqamli kommutatsiya maydoni RТ 1 RТ Si RТ N RТ 1 RТ Sn RТ M t 0 t 1 t j t 0 t 1 t m 122 etishi, nazariy jihatdan mazkur kommutatsiya tizimining parametrlarini belgilaydi. Raqamli kommutatsiya tizimlarida dupleks bog‘lanish xususiyatiga ega bo‘lganligi tufayli, raqamli traktlar kommutatsiya bloklariga ikki xil: bir tomonlama va ikki tomonlama bog‘lanishi mumkin. 5.2 – rasm. Raqamli kanallarni to‘liq dupleks bog‘lanishi Birinchi usulda kanallarning uzatuvchi va qabul qiluvchi qismi raqamli kommutatsiya maydonning kirishiga ulanadi (5.3a- rasm). Ikkinchi usulda kanallarning uzatuvchi qismi raqamli kommutatsiya may- donning kirishiga, chiqishi esa qabul qilish qismiga ulanadi (5.3b- rasm). 5.3- rasm. Raqamli traktning RKM ga ulanishi usullari Raqamli kommutatsiya tizimning tuzilmasiga batafsil to‘xtalmay, raqamli kommutatsiya maydonining bir necha muhim alomatlarini aniqlash mumkin. Kommutatsiyada uzatishning ikkala yo‘nalishi alohida raqamli traktlarning ishlatilishini hisobga olish kerak. Shu boisdan kommutatsiyani yoki ikkita ikkisimlik, yoki bitta to‘rtsimlik liniyalar bo‘yicha amalga oshirish mumkin. Birinchi holda uzatishning har bir yo‘nalishi alohida kommutatsiyalanadi, ikkinchi holda esa uzatishning ikkala yo‘nalishi umumiy trakt bo‘yicha o‘tadi. Raqamli ATS larning kommutatsiya maydonlarida quyidagi kommutatsiya turlari ishlatilishi mumkin: а). Bir tomonlama б). Ikki tomonlama Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling