Hozirgi paytda telekommunikatsiya texnologiyalarining jadal
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev
.
. . . 108 IKM - 30 tizimida (2048 Kbit/s) o‘n oltinchi kanal intervalining 0, 1 bitlari 1÷15 so‘zlashuv kanallari uchun, 4, 5 bitlari esa 17÷31 so‘zlashuv kanallari uchun signal axborotlarini uzatish mumkin. Chastotali ajratilgan kanalli uzatish tizimlarida so‘zlashuv spektridan tashqaridagi chastotada, masalan 3825 Gs yoki 4000 Gs chastotada, bitta ASK tashkil etish imkoni bor. Ikkinchi ASK ni so‘zlashuv spektridagi chastotada, masalan 2000 Gs chastotada tashkil qilish mumkin. ASK bo‘yicha signalizasiya tizimiga quyidagi bayonnomalar tashkil etiladi: - ikki tomonlama ishlatiladigan universal ulash liniyalari (UL) uchun 1ASK signalizasiyali (induktiv kod); - UL va UL shaharlararo bog‘lamlari bilan tashkil etilgan bir tomonlama UL uchun 1ASK signalizasiyasi (“Norka” kodi); - UL va UL shaharlararo aloqali bog‘lamlari bilan bir tomonlama UL uchun 2ASK signalizasiyasi; - ikki tomonlama ishlatiladigan universal UL uchun 2ASK. Induktiv kod qishloq tarmoqlarida ishlatiladi. Bu tarmoqning OS - TS va OS - MS qismlarida liniyaviy qurilmalarning juda qimmat bo‘lganligi tufayli ikki tomonlama rejimda mahalliy va shaharlararo UL larning (universal UL) umumiy bog‘lamlarini ishlatish tavsiya etiladi. 1ASK signalizasiya (“Norka” kodi) shahar telefon tarmog‘i, hamda qishloq telefon tarmoqlarining OS - TS, OS - MS, TS - MS, MSS - ShATS qismlarida ulash o‘rnatishda ishlatiladi. Ikki tomonlama ishlatiladigan universal UL lar uchun 2ASK signalizasiyasi qishloq telefon tarmog‘ining OS - TS, TS - MS qismlarida ishlatiladi. UL larning stansiya komplektlari turiga qarab, bu bayonnoma ikkita usulda amalga oshiriladi: Birinchi usul. 1ASK yo analog uzatish tizimlarida so‘zlashuv spektridan tashqaridagi chastotada yoki raqamli uzatish tizimining no‘linchi yoki birinchi kanal intervalida, 2ASK esa so‘zlashuv kanalining 2600 Gs chastotasida tashkil etiladi; Ikkinchi usul. Ikkala signal kanal raqamli uzatish tizimining no‘linchi yoki o‘n oltinchi kanalli intervalida tashkil etiladi. UL va ShUL bog‘lamlarining bir tomonlama UL uchun 2 ASK signalizasiyasi ShTT larida, DQ ATS va ATS, hamda raqamli ATS va elektromexanik ATS lar orasida aloqa tashkil etishda ishlatiladi. 2ASK signalizasiyaning mantiqi 4.5- rasmda keltirilgan ko‘rinishda batafsil tasvirlangan, qavslarda har bir signal va holat uchun ikkala signalizasiya kanallaridagi bitlar qiymatlari keltirilgan. 109 T1 - band etishning tasdiqlash signalini kuzatish vaqti, 1s; T2 - signal qabul qilingandan keyingi nomerni translasiya boshlanguncha vaqti, 400 ms; T3 - impulsni uzatish vaqti, 50 ms; T4 - pauzani uzatish vaqti, 50 ms; T5 - seriyalar orasidagi intervalni uzatish vaqti, 700 ms. 4.5 – rasm. Signallar bilan almashinuvi 4.5- rasmdagi ko‘rinishda UL ga chiquvchi ATS tomonidan “Dastlabki holat” (11) signali uzatiladi, kiruvchi ATS tomonidan chiquvchi - “Dastlabki holatni nazoratlash” (01) signal uzatiladi. Chiquvchi ATS ulash o‘rnatish boshlaganda “Dastlabki holat” signali “Band etish” signali bilan almashtiriladi, bunga javoban kiruvchi ATS dan “Band etishni tasdiqlash” (11) signali keladi, so‘ngra tizim “Javob oldi holatiga” o‘tadi, bu holatda ikkala signal mavjud bo‘lib turadi. Agar chaqirayotgan abonentning nomeri dekadali usulda uzatilsa, unda “Band etish” (10) signali navbatma - navbat “Impuls” (00) va “Pauza” (10), yoki Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling