Hozirgi sharoitda yoqilg‘ini sezilarli darajada tejashning ikki yo‘li mavjud: avtomobilni garajda yoping va piyoda yurish yoki avtomobilga avtogaz uskunalari o‘rnatish
Download 0.74 Mb.
|
Hozirgi sharoitda yoqilg‘ini sezilarli darajada tejashning ikki
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.ASOSIY QISM. “GAZ SARFINI RAQAMLI AKS ETTIRUVChI ELEKTRON QURILMANI LOYIHALASh”
1-BOB BO‘YICHA XULOSALAR
Bitiruv malaka ishining birinchi bobida adabiyotlar taxliliga to‘xtalib, gazlar analizatorlaridan optiko-akustik analizatorlar, issiklik gaz analizatorlari va ionizatsion gaz analizatorlari taxlil qilib chiqilgan. Shuningdek. gazlar sarfini aniqlovchi datchiklar va ularning turlari, optoelektron datchiklar o‘rganib chiqildi. Gazlar analizatorlari asosan gazlarni sifatini va tarkibini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Gazlar sarfini aniqlash jarayoyonlarida ishlatiladigan datchiklar xavfsizlik nuqtai nazardan ma’lum bir talablarni bajarishi kerak bo‘ladi. Mazkur xavfsizlik talablarini bajara oladigan datchiklardan optoelektron datchiklar hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan avtomobillardagi gaz sarflarini aniqlash va raqamli ko‘rsatish qurilmalari bilan oson bog‘lana oladigan eng qulay va arzon va sodda datchiklar sifatida optoelektron datchiklardan foydalanilga ma’qul deb hisoblaymiz. II.ASOSIY QISM. “GAZ SARFINI RAQAMLI AKS ETTIRUVChI ELEKTRON QURILMANI LOYIHALASh” 2.1. Gaz sarfini raqamli aks ettiruvchi optoelektron qurilmalarni blok sxemalarini tadqiq qilish Yuqorida adabiyotlar obzorida ko‘rib chiqqan gaz aniqlagich qurilmalari sanoatda qo‘llanishiga qaramay, ularning beso‘naqay, katta hajmli va ko‘tarib yurishga qulay, ixcham bo‘lmaganligi tufayli ba’zan gaz halokatini ekspress nazarat qilish holatlarida tatbig‘ini topa olmaydi. Bu xususda optoelektron usullarga asoslangan qurilmalar qulay va talabga javob berishi mumkin. Biz bu bobda optik nurning gaz qatlami bilan ta’sirlariga asoslangan optoelektron qurilmalarning qurish prinsiplarini ko‘rib chiqamiz Buning uchun mazkur qurilmalarning blok sxemasini tuzishdan boshlaymiz. Albatta, har qanday o‘lchash asbobining asosiy elementi - datchik(birlamchi o‘zgartirgich) hisoblanadi. Datchiklar o‘lchanayotgan fizik kattalikni elektr signaliga aylantirib berish uchun xizmat qiladi. Demak, gaz o‘zgartirgichning vazifasi havodagi gazlar konsentratsiyasi miqdorini aniqlash va elektr signalga aylantirishdan iboratdir. Gaz o‘zgartirgichining blok sxemasi quyidagi rasm(3.1-rasm)dagi ko‘rsatilgan. gaz 2.1 – rasm. Gaz o‘zgartirgichining blok sxemasi Bu yerda: OE datchik-optoelektron datchik; EK- elektron kuchaytirgich, TQ-taqqoslash qurilmasi. Havoda gaz bor yoki yo‘qligini aniqlovchi optoelektron qurilmaning datchigi ikki xil usulda qurilishi mumkin bo‘ladi? Optik nurning gaz qatlamidan o‘tishiga asoslangan datchik; Optik nurning gaz qatlamidan qaytishiga asoslangan datchik; Havoda gaz bor yoki yo‘qligini aniqlash usuli optik nurning gaz qatlamidan o‘tishiga asoslangan optoelektron qurilmaning qanday qismlardan tashkil topgan bo‘lishini quyidagi blok sxemadan ko‘rish mumkin. Gaz 2.2-rasm. Gazni aniqlovchi optoelektron qurilmasining blok sxemasi. Bu yerda: 1- gazli muxit, YoM-yorug‘lik manbai, FP- fotopriyomnik (nur qabul qilgich), TQ-taqqoslash qurilmasi. Optoelektron qurilma quyidagicha ishlaydi: yorug‘lik manbaidan gumon qilinayotgan muxit(gaz qatlami)ga nur taqatiladi va fotopriyonik orqali muxitdan o‘tgan nur tutib olinib, elektr signaliga aylantiriladi va kuchaytirgichda kuchaytirilib, taqqoslash qurilmasiga beriladi. Taqqoslash qurilmasi dastlab, muhitda gaz yo‘qligida sozlab, indikator “nol” holatiga keltirib olinadi. Agar muhitda ortiqcha gaz to‘plansa indikatorda ko‘rinadi. Agar, havoda gaz bor yoki yo‘qligini aniqlash usuli optik nurning gaz qatlamidan qaytishiga asoslangan bo‘lsa, optoelektron qurilmaning blok sxemasini quyidagicha tasvirlash mumkin. 2.3-rasm. Gazni aniqlovchi optoelektron qurilmasining blok sxemasi. Bu yerda: 1- gazli muhit, YoM-yorug‘lik manbai, IG-impulslar generatori, FP-fotopriyomnik. Mazkur optoelektron qurilma quyidagicha ishlaydi. Impulslar generatori(IG) dan ta’minlanayotgan yorug‘lik manbai gazli muhitni nurlantiradi, nurning bir qismi qaytadi, bir qismi esa gaz muhitida yutiladi va muhitdan qaytgan nur fotopriyomnikda tutiladi. Muhitdan qaytgan nurning intensivligi nur qaytish sathida gazning bor yoki yo‘qligiga qarab kuchli yoki kuchsiz bo‘ladi. Fotopriyomnikda tutilgan nur elektr signaliga aylantirilib, kuchaytirgich orqali taqqoslash qurilmasiga beriladi. Taqqoslash qurilmasi sifatida oddiy tranzistorli kalitdan, komparator yoki mantiqiy elementlardan foydalanish mumkin. Taqqoslash qurilmasidan chiqqan signalga qarab, indikator tekshirilayotgan qatlamda gaz bor yoki yo‘qligi to‘g‘risida axbarot beradi. Yuqori(3.3-rasm)dagi gaz qatlamini aniqlovchi optoelektron qurilmaning kamchiligi, u faqat nazoratdagi qatlamlamlarda sgazning bor yoki yo‘qliini aniqlab beradi, xolos. Quyida taklif qilinayotgan gaz qatlamini aniqlovchi optik tolali optoelektron qurilma butun qatlamlar bo‘yicha nazoratni amalga oshiradi. 2.4-rasm. Gaz qatlamini aniqlovchi optik tolali optoelektron qurilmasining blok sxemas Bu yerda: 1- gazli muhit, 2- optik tola, ND-nur diodi., IG-impulslar generatori, FP-fotopriyomnik, ARO‘-anolog-raqamli o‘zgartirgich, RK-raqamli ko‘rsatgich(ekran). Bu optik tolali optoelektron qurilma quyidagicha ishlaydi:-impulslar generator (IG)idan ta’minlanayotgan nur tarqatuvchi diod o‘z nurini optik tolaga uzatadi, optik tola aslida gazli muhitning sirtiga uzunligi bo‘ylab yondoshgan bo‘lib, undan o‘tayotgan nurning intensivligi muhitning qancha qatlamida gaz borligigga bog‘liq bo‘ladi. Optik toladan o‘tgan nur fotopriyomnikga tushadi. Fotopriyomnikda tutilgan nur elektr signaliga aylantirilib, kuchaytirgich orqali analog-raqam o‘zgartgich-(ARO‘)ga beriladi. ARO‘ -da anolog signallar raqamli signalga aylantirilib, raqamli ko‘rsatgichda gaz qatlamining miqdori to‘g‘risida axbarot olinadi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling