Hujjat matni 537266-(551546)


Ijtimoiy rivojlantirish sohasida


Download 412.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/92
Sana28.12.2022
Hajmi412.36 Kb.
#1012420
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   92
Bog'liq
funkcional-vazifalar-2022-j

Ijtimoiy rivojlantirish sohasida:
aholiga ijtimoiy hizmat koʻrsatish darajasi va sifatini oshirish, hayot va mehnat faoliyati, malakali tibbiy yordam olishini tashkil etish uchun qulay tashkiliy-huquqiy va ijtimoiy shart-sharoitlarni yaratish hamda sifat jihatdan yangi darajaga koʻtarish boʻyicha
tizimli ishlarni amalga oshirish;
aholining ijtimoiy ehtiyoj va talablarini oʻrganish asosida hududlarda ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va ijrosini monitoring qilish;
sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish, aholiga yuqori malakali tibbiy yordamni koʻrsatish, sogʻliqni saqlash muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash va kadrlar salohiyatini oshirish
borasida tizimli ishlarni amalga oshirish;
qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarning ish samaradorligini oshirish, har bir inson va butun oila darajasida eng koʻp uchraydigan kasalliklar profilaktikasi va davolash jarayonini tashkil etish, oilalarni patronaj tizimi bilan toʻliq qamrab olish,
aholining tibbiy madaniyatini oshirish, sogʻlom turmush tarzini, shu jumladan sogʻlom ovqatlanishni targʻib qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar sogʻligini muhofaza qilish, tugʻma va irsiy kasalliklarni oldini olish, rivojlanish nuqsoni boʻlgan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish sifatini oshirish, ularning jamiyat
hayotida toʻlaqonli qatnashishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
aholiga tashxis qoʻyishning zamonaviy usullarini joriy etish va yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻlamini yanada kengaytirish, Jaxon standartlari darajasidagi eng samarali, murakkab va yuqori texnologiyali usullarga boʻlgan aholi ehtiyojini
qondirishga yoʻnaltirilgan tadbirlar ijrosini taʼminlash;
aholini dori vositalari bilan taʼminlashni yanada yaxshilash, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan sifatli dori vositalar va tibbiy buyumlar bilan taʼminot darajasini oshirish, mahalliy farmatsevtika sanoatiga investitsiyalar kiritish uchun
chet el yetakchi kompaniyalari va investorlarini jalb qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;
tibbiy xizmat koʻrsatish darajasini oshirish, onalar va bolalar sogʻligʻi muhofazasini taʼminlash, qishloq vrachlik punktlarining, diagnostika, perinatal va skrining-markazlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash choralarini koʻrish;
yoshlar tashkilotlari, ommaviy axborot vositalarining tinch osoyishta hayotimizni asrash va mustahkamlashga qaratilgan vazifalar ijrosini muvofiqlashtirish.

Download 412.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling