Hujjat matni 537266-(551546)


Doimiy komissiya va Kengashlarga aʼzolik


Download 412.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/92
Sana28.12.2022
Hajmi412.36 Kb.
#1012420
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   92
Bog'liq
funkcional-vazifalar-2022-j

Doimiy komissiya va Kengashlarga aʼzolik:
Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha viloyat mintaqaviy komissiyasi; 
- Bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish yuzasidan tizimli nazorat va monitoringni taʼminlash boʻyicha viloyat muvofiqlashtiruvchi guruhi;
- viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi;
- Yoshlar masalalari boʻyicha viloyat idoralararo Kengashi;
Viloyat hokimligi yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha kotibiyati mudiri
Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari


e-qaror.gov.uz
11.04.2022
14
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan Kotibiyatga yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli hizmatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati,
Kotibiyatga oid topshiriqlari boʻyicha tegishli tahliliy, maʼlumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi;
Toshkent viloyati hokimi va Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarining topshiriqlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi va
viloyat hokimi tomonidan qabul qilinadigan tegishli normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari,
Toshkent viloyati hokimining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etadi, ularning bajarilishini taʼminlash boʻyicha tegishli tashkiliy chora-tadbirlarni va nazorat rejalarini ishlab chiqadi;
Oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish boʻyicha Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari ishlarini tashkil qiladi;
hokimlikka kiritilgan takliflarning hamda kotibiyat yuritishi sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha halq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi va viloyat hokimining hujjatlari loyihalari koʻrib chiqilishini taʼminlaydi, ularni ishlab chiqilishini, qabul qilingan
hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi;
tizimli monitoring tashkil etilishini va tegishli tarmoqlar hamda sohalarda iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab
chiqilishi va amalga oshirilishini, tarmoqlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Toshkent viloyati hokimi va Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari tomonidan oʻtkaziladigan majlislar, shu jumladan har haftalik apparat yigʻilishlari va turli komissiyalar
majlislari materiallari tayyorlanishini va ularda qabul qilingan qarorlar rasmiylashtirilishini taʼminlaydi;
yoshlarning ish bilan bandligi, ularni kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, shuningdek yosh oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalarini tashkillashtiradi;
iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun tegishli idoralar bilan hamkorlikda shart-sharoitlar yaratadi;
uzluksiz taʼlim va kadrlar tayyorlash jarayonini tashkil etish, taʼlim jarayoniga xalqaro normalar va talablarga javob beradigan ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, taʼlim standartlarini joriy etish ishlarini amalga oshirish, taʼlim
muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, ularni zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash hamda shu asosda taʼlim tizimini isloh qilish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, uning faoliyati
samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
muammoli masalalarni hal etish hamda Toshkent viloyatini, shuningdek Kotibiyatga tegishli sohalarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda viloyat hokimiga va bevosita
Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosariga taqdim etadi;
davlat dasturlari amalga oshirilishi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bajarilishi boʻyicha tegishli tizimlangan maʼlumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;
Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari ishtirokida oʻtkaziladigan yigʻilishlar oʻtkazilishini taʼminlaydi va masʼullarni jalb etgan holda ishlarni muvofiqlashtiradi;
Toshkent viloyati hokimligi yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha kotibiyati ish rejasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
davlat sirlari boʻlgan maʼlumotlar yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa axborotlarning himoya qilish ishlarini muvofiqlashtiradi;
hokimlikning tegishli faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikni belgilangan tartibda xabardor qilishni tashkil etadi;
Kotibiyatda ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis Qonunchilik palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi qarorlarining, Toshkent viloyati hokimining Kotibiyatga tegishli
qaror, farmoyish va topshiriqlarining ijrosini tashkil etadi va nazorat qiladi;
Kotibiyatga yuklangan vazifalarni bajarish boʻyicha Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari ishlarini tashkil etadi va ishlarni muvofiqlashtiradi;
belgilangan tartibda hokimlik ish rejasi loyihasini shakllantiradi, uning bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Kotibiyatga yuklangan vazifalarni bajarishda Kotibiyat xodimlariga ishlarni taqsimlaydi va bevosita ijrosini nazoratga qiladi;
hokimlikka kiritilgan takliflarning hamda Kotibiyat yuritishi sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha halq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi va viloyat hokimining hujjatlari loyihalari koʻrib chiqilishini taʼminlaydi, ularni ishlab chiqilishini, qabul qilingan
hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi;
tizimli monitoring tashkil etilishini va tegishli tarmoqlar hamda sohalarda iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab
chiqilishi va amalga oshirilishini, tarmoqlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Toshkent viloyati hokimi va Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari tomonidan oʻtkaziladigan majlislar, shu jumladan har haftalik apparat yigʻilishlari va turli komissiyalar
majlislari materiallari tayyorlanishini va ularda qabul qilingan qarorlar rasmiylashtirilish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Kotibiyat faoliyatiga doir qaror, farmoyish va boshqa hujjatlarni tayyorlanishini tashkillashtiradi;
Kotibiyat faoliyatiga doir masalalar yuzasidan viloyat hokimligining tarkibiy tarmoqlari tomonidan Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarining topshiriqlarini oʻz vaqtida, toʻliq va
sifatli bajarilishini taʼminlaydi;
oʻz vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hukumat organlarida Toshkent viloyati hokimiyati nomidan vakillik qiladi.
Toshkent viloyati hokimi va Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarining topshiriqlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Download 412.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling