Hujjat matni 537266-(551546)


Biriktirilgan shahar va tumanlar


Download 412.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/92
Sana28.12.2022
Hajmi412.36 Kb.
#1012420
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   92
Bog'liq
funkcional-vazifalar-2022-j

Biriktirilgan shahar va tumanlar:
Yangiyoʻl shahar, Yangiyoʻl tumani, Chinoz tumani, Quyi Chirchiq tumani, Oqqoʻrgʻon tumani, Zangiota tumanlari
Quyidagi viloyat boshqarma va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorlikda ish olib boradi:
Maktabgacha taʼlim boshqarmasi, Xalq taʼlimi boshqarmasi, Kasbiy taʼlimni rviojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi viloyat boʻlimi
Doimiy komissiya va Kengashlarga aʼzolik:
Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha viloyat mintaqaviy komissiyasi
Toshkent viloyati hokimligi Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha kotibiyati bosh mutaxassisi
Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari
Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari va Kotibiyat mudirining koʻrsatmasi va topshiriqlariga asosan ishni tashkil etadi va quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi hamda topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
viloyat hokimi va Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari tomonidan oʻtkaziladigan majlislarga, shu jumladan har haftalik apparat yigʻilishlariga va oʻziga biriktirilgan masalalar
boʻyicha hamda har xil komissiyalar majlislariga materiallar tayyoralaydi va belgilangan tartibda ishtirok etadi;
tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular boʻyicha tahliliy materiallarni va takliflarini tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
zarur tarzda kelishilishini taʼminlaydi;
materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosariga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, biriktirilgan sohalar boʻyicha tegishli boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi va hokimning
hujjatlari bajarilishini tahlil qiladi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;
yoshlarning ish bilan bandligi, ularni kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, shuningdek yosh oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalarini hal qiladi;
uzluksiz taʼlim va kadrlar tayyorlash jarayonini tashkil etish, taʼlim jarayoniga xalqaro normalar va talablarga javob beradigan ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, taʼlim standartlarini joriy etish ishlarini amalga oshirish, taʼlim
muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, ularni zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash hamda shu asosda taʼlim tizimini isloh qilish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, uning faoliyati
samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Kotibiyatning ish rejasida belgilangan tadbirlarning ijrosi yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Kotibiyatga hamda oʻziga biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, tahlil qiladi va ularning muammolarining yechimi yuzasidan Kotibiyat mudiriga axborot beradi;
Kotibiyat faoliyatiga aloqador boʻlgan masalalar yuzasidan viloyat boshqarma va idoralari bilan birgalikda ish olib boradi va Kotibiyatning vakolati doirasida ularning faoliyatini muvofiqlashtirishda qatnashadi;
Oʻziga biriktirilgan shahar va tuman hokimliklari hamda viloyat boshqarma va idoralari bilan birgalikda ish olib boradi va guruhning vakolati doirasida ularning faoliyatini muvofiqlashtirishda qatnashadi.
Toshkent viloyati hokimligi yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha kotibiyati hamda mazkur majmuaga kiruvchi viloyat boshqarma, idora va tashkilotlar bilan hamkorlik qilish ishlarini tashkil qiladi va amalga oshirilgan
ishlar yuzasidan Kotibiyat mudiriga axborot beradi;
Sohasiga oid boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan ariza, shikoyat va takliflarni oʻrganib chiqib, ularni oʻz vaqtida, toʻgʻri va qonuniy hal qiladi, natijasi haqida Kotibiyat mudiriga axborot beradi;
Kotibiyat tomonidan murojaatlar qonuniy xal etilishi ustidan monitoring olib boradi, natijalarini har olti oyda umumlashtiradi;
Kotibiyat faoliyatiga doir qaror, farmoyish va boshqa hujjatlarning loyihasini tayyorlaydi;
Kotibiyat faoliyatiga doir tegishli topshiriqlarni ijrochilarga yetkazilishini hamda Kotibiyat faoliyatiga oid masalalar boʻyicha tegishli idoralar bilan aloqani taʼminlaydi;
Kotibiyat faoliyatiga doir barcha masalalar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;
Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari va Kotibiyat mudirining topshiriqlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Kotibiyat faoliyatiga doir qaror, farmoyish va boshqa hujjatlarni tayyorlaydi;
Kotibiyat mudiri yoʻqligida Kotibiyat ishini tashkil etadi va vaqtinchalik Kotibiyatga boshchilik qiladi.
Toshkent viloyati hokimining hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Download 412.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling