Hujjat matni 537266-(551546)


Biriktirilgan shahar va tumanlar


Download 412.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/92
Sana28.12.2022
Hajmi412.36 Kb.
#1012420
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   92
Bog'liq
funkcional-vazifalar-2022-j

Biriktirilgan shahar va tumanlar:
Angren shahar, Ohangaron shahar, Olmaliq shahar, Ohangaron tumani
Quyidagi viloyat boshqarma va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorlikda ish olib boradi:
“Dori-darmon” AJ
“Toshkent haqiqati” va “Tashkentskaya pravda” gazetalari bosh muharriri;
Oʻzbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati viloyat filiali;
Viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari
Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari
Toshkent viloyatida jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha faoliyatga rahbarlik qilish;
qonun hujjatlariga muvofiq diniy masalalarni hal etishda davlat siyosatini olib borish;
davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari, shuningdek diniy tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlash choralarini koʻrish;
roʻyxatdan oʻtgan diniy tashkilotlarning manfaatlarini hisobga olish boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasining jamoat va diniy tashkilotlar faoliyatiga aloqador qonun hujjatlarining ijrosini nazorat qilish;
diniy ekstremizm va missionerlik faoliyati gʻoyalarining tarqalishiga qarshi tushuntirish hamda profilaktika ishlarini tashkil etishni muvofiqlashtirish;
“Haj” va “Umra” tadbirlarini oʻtkazishda davlat, jamoat va diniy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
milliy va maʼnaviy qadriyatlarga, diniy eʼtiqod va urf-odatlarga qarshi mafkuraviy tahdidlarga qarshi samarali kurashish, yot gʻoyalarni tarqatishga qarshi kurash olib borish tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlash;
millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlashda davlat organlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorligini muvofiqlashtirish;
millatlararo doʻstlik va madaniyatni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan jamoatchilik tashabbuslarini ragʻbatlantirish, muvofiqlashtirish va taqdirlash chora-tadbirlarini koʻrish;
Toshkent viloyatida din omili bilan bogʻliq ahvol, millatlararo munosabatlar va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni muntazam oʻrganish, ularni yanada sogʻlomlashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Jamoat va diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar, milliy madaniyat markazlarining hududiy boʻlinmalari tomonidan Nizomda belgilangan vazifalarning samarali bajarilishiga koʻmaklashish va ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishda targʻibot ishlarini tashkil etishda hamkorlik qilish;
majmua tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning kadrlarini tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayinlash va vazifasidan ozod etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni bajarishda respublika hamda markaziy tuzilmalar rahbariyati bilan hamkorlik qilish;
majmuaga qarashli rahbar lavozimlarga amaldagi va istiqbolli kadrlar zahirasini shakllantirish yuzasidan takliflar kiritish, ularni bosqichma-bosqich tayyorlab borish ishlarini tashkil etish;
viloyat hokimi qarori va farmoyishlari loyihalarini kelishish uchun imzolash;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq koʻrib chiqish. Tasdiqlangan jadvalga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul
qilish.
oʻz vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hukumat organlarida viloyat hokimligidan vakillik qilish.

Download 412.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling