Hujjat matni 537266-(551546)


Biriktirilgan shahar va tumanlar


Download 412.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/92
Sana28.12.2022
Hajmi412.36 Kb.
#1012420
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   92
Bog'liq
funkcional-vazifalar-2022-j

Biriktirilgan shahar va tumanlar:
Bekobod shahar, Nurafshon shahar, Bekobod tumani, Boʻka tumani, Piskent tumani, Oʻrta Chirchiq tumani
Quyidagi viloyat boshqarma va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorlikda ish olib boradi:
Toshkent viloyati arxiv ishlari boshqarmasi, “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi viloyat boʻlimi, Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat Kengashi, Tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi viloyat boshqarmasi,
Sanitariya epidemiologiya, osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi, Sogʻliqni saqlash boshqarmasi
Doimiy komissiya va Kengashlarga aʼzolik:
Bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish yuzasidan tizimli nazorat va monitoringni taʼminlash boʻyicha viloyat muvofiqlashtiruvchi guruhi;
Toshkent viloyati hokimligi Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha kotibiyati yetakchi mutaxassisi
Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari
Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, Kotibiyat mudiri va Kotibiyat bosh mutaxassisining koʻrsatmasi va topshiriqlariga asosan ishni tashkil etadi va quyidagi ishlarni amalga
oshiradi:
takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi hamda topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular boʻyicha tahliliy materiallarni va takliflarini tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
zarur tarzda kelishilishini taʼminlaydi;
materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosariga axborot beradi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;
Sohasiga oid boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan ariza, shikoyat va takliflarni oʻrganib chiqib, ularni oʻz vaqtida, toʻgʻri va qonuniy hal qiladi, bu borada bosh mutaxassis bilan hamkorlik qiladi, natijasi haqida Kotibiyat mudiriga axborot
beradi;
Kotibiyat tomonidan murojaatlar qonuniy hal etilishi ustidan monitoring olib boradi, natijalarini har olti oyda umumlashtiradi;
Kotibiyatning ish rejasida belgilangan tadbirlarni ijrosini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Kotibiyat faoliyatiga aloqador boʻlgan masalalar yuzasidan viloyat boshqarma va idoralari bilan birgalikda ish olib boradi va Kotibiyatning vakolati doirasida ularning faoliyatini muvofiqlashtirishda qatnashadi;
Oʻziga biriktirilgan shahar va tuman hokimliklari hamda viloyat boshqarma va idoralari bilan birgalikda ish olib boradi va Kotibiyatning vakolati doirasida ularning faoliyatini muvofiqlashtirishda qatnashadi.
Kotibiyatga hamda oʻziga biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, tahlil qiladi va ularning muammolarini yechimi yuzasidan Kotibiyat mudiriga axborot beradi;
Kotibiyat faoliyatiga doir tegishli topshiriqlarini ijrochilarga yetkazilishini hamda Kotibiyat faoliyatiga oid masalalar boʻyicha tegishli idoralar bilan aloqani taʼminlaydi;
Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari va Kotibiyat mudirining topshiriqlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Kotibiyat bosh mutaxassisi yoʻqligida Kotibiyat ishini tashkil etadi va vaqtincha bosh mutaxassis vazifasini bajaradi.
Toshkent viloyati hokimining hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Download 412.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling