Hujjat matni 537266-(551546)
Biriktirilgan shahar va tumanlar
Download 412.36 Kb. Pdf ko'rish
|
funkcional-vazifalar-2022-j
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent viloyati hokimligi mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha kotibiyati bosh mutaxassisi Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari
Biriktirilgan shahar va tumanlar:
Chirchiq shahar, Boʻstonliq tumani, Qibray tumani, Yuqori Chirchiq tumani, Parkent tumani, Toshkent tumani Quyidagi viloyat boshqarma va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorlikda ish olib boradi: Viloyat markaziy banki, soliq, bojxona, statistika boshqarmalari Toshkent viloyati hokimligi mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha kotibiyati bosh mutaxassisi Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari e-qaror.gov.uz 11.04.2022 17 Toshkent viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha yordamchisi va Kotibiyat mudirining koʻrsatmasi va topshiriqlariga asosan ishni tashkil etadi va quyidagi ishlarni amalga oshiradi: takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi hamda topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; viloyat hokimi va Toshkent viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha yordamchisi tomonidan oʻtkaziladigan majlislarga, shu jumladan har haftalik apparat yigʻilishlariga va oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha majlislariga materiallar tayyoralaydi va belgilangan tartibda ishtirok etadi; tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular boʻyicha tahliliy materiallarni va takliflarini tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur tarzda kelishilishini taʼminlaydi; mahalliy sanoatning toʻkimachilik, qurilish materiallari, charm sanoati, zargarlik va ipakchilik tarmoqlarida oʻsish surʼatlarini taʼminlash va yangi loyiha tashabbuskorlarini aniqlash va ularni dasturga muntazam ravishda kiritib borish, ularni to ishga tushgunna qadar amalaiy yordamlarni berib borish; materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Toshkent viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha yordamchisi axborot beradi; qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, biriktirilgan sohalar boʻyicha tegishli boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishini tahlil qiladi; tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi; mahalliylashtirish loyihalarida belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishishni monitoring qilish natijalariga koʻra aniqlangan tizimli muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tayyorlangan takliflarni doimiy ravishda Toshkent viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha yordamchisi va Kotiyabiyat mudiriga kiritib boradi; erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan loyihalar amalga oshirilishini tizimli ravishda muvofiqlashtirib boradi, ushbu zonalarda yangi mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish tashabbusi bilan chiqadi; viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi bilan hamkorlikda xorijiy kompaniyalar va tashkilotlarning takliflari va salohiyatini oʻrganish asosida import oʻrnini bosuvchi mahsulot turlarini oʻzlashtirish boʻyicha xorijiy sheriklarni sanoat kooperatsiyasiga keng jalb etish choralarini koʻradi; portaldan samarali foydalangan holda, hududdagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlarini amalga oshiradi hamda tuman (shahar) hokimliklari va viloyat Savdo-sanoat palatasining boshqarmasi bilan muntazam ravishda sanoat yarmarkalarini tashkil etib boradi; hududda joylashgan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni portalga joylashtiradi va doimiy ravishda yangilab boradi. Kotibiyatning ish rejasida belgilangan tadbirlarning ijrosi yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshiradi; Toshkent viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha yordamchisi va Kotibiyat mudirining topshiriqlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Kotibiyat faoliyatiga doir qaror, farmoyish va boshqa hujjatlarni tayyorlaydi; Kotibiyat mudiri yoʻqligida Kotibiyat ishini tashkil etadi va vaqtinchalik Kotibiyatga boshchilik qiladi. Toshkent viloyati hokimining hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Download 412.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling