Hujjat matni 537266-(551546)
Biriktirilgan shahar va tumanlar
Download 412.36 Kb. Pdf ko'rish
|
funkcional-vazifalar-2022-j
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent viloyat hokimining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari boʻyicha yordamchisi kotibiyati mudiri
Biriktirilgan shahar va tumanlar:
Viloyatdagi barcha shahar va tumanlarlarda mahalliy sanoat tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalarni monitoring qiladi. Majmua tizimiga kiruvchi quyidagi boshqarma, idora va tashkilotlar rahbarlarining faoliyatini qonunchilikda belgilangan tartibda hamkorlikni taʼminlaydi. - Viloyat hokimligi yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha kotibiyati; - soliq boshqarmasi - iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi; - bojxona boshqarmasi - viloyat markaziy banki; - investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi; - viloyat savdo-sanoat palatasi; - viloyat davlat aktivlarini boshqarish boshqarmasi; - statistika boshqarmasi; - monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi; - gʻaznachilik boshqarmasi; - Kotibiyat faoliyatiga aloqadar boʻlgan boshqa hamkor tashkilotlar bilan. Toshkent viloyat hokimining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari boʻyicha yordamchisi kotibiyati mudiri Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan Kotibiyatga yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli hizmatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati, Kotibiyatga oid topshiriqlari boʻyicha tegishli tahliliy, maʼlumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi; mahalliy sanoatning elektrotexnika, kimyo sanoati, qishloq xoʻjaligini qayta ishlash (oziq-ovqat) tarmoqlarini rivojlantirish yuzasidan hududlarning ixtisoslashuvidan kelib chiqib takliflar tayorlash, loyihalarni shakllantirish va dasturni ishlab chiqish va amalga oshirilishida loyiha tashabbuskorlarga koʻmaklashish; ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish jarayonlarini chuqurlashtirish boʻyicha tegishli viloyat boshqarmalari bilan oʻzaro hamkorlikni olib boradi; import hajmi va nomenklaturasini chuqur tahlil qilish asosida hamda hududdagi mavjud resurslarni hisobga olgan holda hududda mahalliylashtiriladigan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va materiallarning aniq roʻyxatini shakllantirish;; hududiy mahalliylashtirish dasturlari loyihalarini shakllantirish, ularning amalga oshirilishini tashkil etishda, shuningdek hamkorlar topish, uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyishda loyiha tashabbuskorlariga doimiy ravishda amaliy yordam koʻrsatish; hududiy mahalliylashtirish dasturidagi loyihalarda belgilangan maqsadli parametrlarga erishishning tizimli monitoringini olib borish; hududdagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga respublikada ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining turlari, texnik tavsiflari va sifat koʻrsatkichlari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berish orqali hududiy sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish va muntazam ravishda hududiy sanoat yarmarkalarini tashkil etadi; Kotibiyatda ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi; Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis Qonunchilik palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi qarorlarining, Toshkent viloyati hokimining Kotibiyatga tegishli qaror, farmoyish va topshiriqlarining ijrosini tashkil etadi va nazorat qiladi; Kotibiyatga yuklangan vazifalarni bajarishda kotibiyat xodimlariga ishlarni taqsimlaydi va bevosita ijrosini nazoratga qiladi; tizimli monitoring tashkil etilishini va tegishli tarmoqlar hamda sohalarda iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini, tarmoqlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini taʼminlaydi; Kotibiyat faoliyatiga doir qaror, farmoyish va boshqa hujjatlarni tayyorlanishini tashkillashtiradi; Kotibiyat faoliyatiga doir masalalar yuzasidan viloyat hokimligining tarkibiy tarmoqlari tomonidan Toshkent viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha yordamchisining topshiriqlarini oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishini taʼminlaydi; oʻz vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hukumat organlarida Toshkent viloyati hokimiyati nomidan vakillik qiladi. Toshkent viloyati hokimi va Toshkent viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha yordamchisining topshiriqlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Download 412.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling