Hujjat matni 537266-(551546)


Biriktirilgan shahar va tumanlar


Download 412.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/92
Sana28.12.2022
Hajmi412.36 Kb.
#1012420
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   92
Bog'liq
funkcional-vazifalar-2022-j

Biriktirilgan shahar va tumanlar:
Angren shahar, Bekobod tuman, Bekobod shahar, Boʻka tumani, Boʻstonliq tuman, Zangiota tuman, Qibray tumani, Quyi Chirchiq tuman, Nurafshon shahar, Oqqoʻrgʻon tuman, Olmaliq shahar.
Quyidagi viloyat boshqarma va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorlikda ish olib boradi:
Toshkent viloyati iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi, monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi, gʻaznachilik boshqarmasi
Toshkent viloyati hokimligi mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha kotibiyati yetakchi mutaxassisi
Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari
Toshkent viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha yordamchisi va Kotibiyat mudirining koʻrsatmasi va topshiriqlariga asosan ishni tashkil etadi va quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi hamda topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular boʻyicha tahliliy materiallarni va takliflarini tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
zarur tarzda kelishilishini taʼminlaydi;
materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Toshkent viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha yordamchisiga axborot beradi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;
Sohasiga oid boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan ariza, shikoyat va takliflarni oʻrganib chiqib, ularni oʻz vaqtida, toʻgʻri va qonuniy hal qiladi, bu borada bosh mutaxassis bilan hamkorlik qiladi, natijasi haqida Kotibiyat mudiriga axborot
beradi;
Kotibiyat tomonidan murojaatlar qonuniy hal etilishi ustidan monitoring olib boradi, natijalarini har olti oyda umumlashtiradi;
Sohaga taalluqliligi boʻyicha viloyat hokimi qarori, farmoyishi va bayonnomalarni tayyorlaydi;
Kotibiyatda ijro intizomni mustahkamlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Kotibiyatning ish rejasini ishlab chiqish va belgilangan tadbirlarni ijrosini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Kotibiyat faoliyatiga aloqador boʻlgan masalalar yuzasidan viloyat boshqarma va idoralari bilan birgalikda ish olib boradi va Kotibiyatning vakolati doirasida ularning faoliyatini muvofiqlashtirishda qatnashadi;
Oʻziga biriktirilgan shahar va tuman hokimliklari hamda viloyat boshqarma va idoralari bilan birgalikda ish olib boradi va Kotibiyatning vakolati doirasida ularning faoliyatini muvofiqlashtirishda qatnashadi.
Kotibiyatga hamda oʻziga biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, tahlil qiladi va ularning muammolarini yechimi yuzasidan Kotibiyat mudiriga axborot beradi;
Kotibiyat faoliyatiga doir tegishli topshiriqlarini ijrochilarga yetkazilishini hamda Kotibiyat faoliyatiga oid masalalar boʻyicha tegishli idoralar bilan aloqani taʼminlaydi;
Kotibiyat bosh mutaxassisi yoʻqligida Kotibiyat ishini tashkil etadi va vaqtincha bosh mutaxassis vazifasini bajaradi.
Toshkent viloyati hokimining hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Download 412.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling