Hujjat matni 537266-(551546)
Biriktirilgan shahar va tumanlar
Download 412.36 Kb. Pdf ko'rish
|
funkcional-vazifalar-2022-j
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi bosh mutaxassisi Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari
Biriktirilgan shahar va tumanlar:
Umumiy rahbarlik va nazorat. Quyidagi viloyat boshqarma va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorlikda ish olib boradi: Umumiy rahbarlik va nazorat. Doimiy komissiya va Kengashlarga aʼzolik: - Viloyatda ommaviy tadbirlarni nazorat qiluvchi komissiyasi aʼzosi - Viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi aʼzosi - Davlat mukofotiga taqdim etish komissiyasi aʼzosi - Viloyat hokimligi huzuridagi Jamoatchilik Kengashi aʼzosi Toshkent viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi bosh mutaxassisi Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari 2Bosh mutaxassis Toshkent viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarining koʻrsatmasi va topshiriqlariga asosan ishni tashkil etadi va quyidagi ishlarni amalga oshiradi: takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi hamda topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular boʻyicha tahliliy materiallarni va takliflarini tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur tarzda kelishilishini taʼminlaydi; materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Guruh rahbariga belgilangan tartibda axborot beradi; qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, biriktirilgan sohalar boʻyicha tegishli boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishini tahlil qiladi; tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi; Guruhning ish rejasida belgilangan tadbirlarni ijrosi yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshiradi; Guruh faoliyatiga aloqador boʻlgan masalalar yuzasidan viloyat boshqarma va idoralari bilan birgalikda ish olib boradi va guruhning vakolati doirasida ularning faoliyatini muvofiqlashtirishda qatnashadi; jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan ariza, shikoyat va takliflarni oʻrganib chiqib, ularni oʻz vaqtida, toʻgʻri va qonuniy hal qiladi, natijasi haqida Guruh rahbariga axborot beradi; Guruh tomonidan murojaatlar qonuniy xal etilishi ustidan monitoring olib boradi, natijalarini har olti oyda umumlashtiradi; Guruh faoliyatiga doir qaror, farmoyish va boshqa hujjatlarning loyihasini tayyorlaydi; Guruh faoliyatiga doir tegishli topshiriqlarini ijrochilarga yetkazilishini hamda Guruh faoliyatiga oid masalalar boʻyicha tegishli idoralar bilan aloqani taʼminlaydi; Guruh faoliyatiga doir barcha masalalar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi; Toshkent viloyati hokimi va viloyat hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari topshiriqlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Guruh rahbari yoʻqligida Guruh ishini tashkil etadi va vaqtinchalik Guruhga boshchilik qiladi. Toshkent viloyati hokimining hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Download 412.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling