Hujjat matni 537266-(551546)


Biriktirilgan shahar va tumanlar


Download 412.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet57/92
Sana28.12.2022
Hajmi412.36 Kb.
#1012420
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   92
Bog'liq
funkcional-vazifalar-2022-j

Biriktirilgan shahar va tumanlar:
Angren, Bekobod, Olmaliq, Ohangaron, Nurafshon, Chirchiq, Yangiyoʻl shaharlari, Bekobod, Boʻka, Boʻstonliq, Zangiota, Qibray, Quyi Chirchiq, Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Parkent, Piskent, Toshkent, Oʻrta Chirchiq, Chinoz, Yuqori Chirchiq, Yangiyoʻl
tumanlari
Toshkent viloyati hokimligi Murojaatlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi
Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari
Boʻlimga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, mutaxassislar ishini tashkil qiladi hamda Boʻlimga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi va ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
Toshkent viloyati hokimi va uning oʻrinbosarlari tomonidan jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining shaxsiy, sayyor va ommaviy qabullarini tashkil etadi;
Toshkent viloyati, shahar va tuman hokimliklari hamda boshqarma, tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqilishining holati va natijadorligini toʻgʻrisida tizimli monitoringini hamda maʼlumotlar bazasini shakllantirishni
taʼminlaydi;
zarur boʻlgan hollarda, jismoniy va yuridik shaxslarning yozma, ogʻzaki va elektron murojaatlarini koʻrib chiqishda qatnashish uchun shahar va tuman hokimliklari hamda boshqarma, tashkilotlarning mansabdor shaxslarini jalb etadi;
Boʻlim mutaxassislarining kasbiy darajasini oshirish va ijro intizomini mustahkamlash choralarini taʼminlaydi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish natijalarini tushuntirish uchun zarur boʻlgan materiallar va asoslarni soʻrab oladi;
Toshkent viloyati hokimi va uning oʻrinbosarlari tomonidan Boʻlim vakolati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Boʻlimning tasdiqlangan tuzilmasiga va lavozimlar jadvaliga muvofiq lavozimlarga nomzodlar boʻyicha takliflarni jiddiy ishlab chiqish va Ijro nazorati guruhiga va Tashkiliy-kadrlar guruhiga koʻrib chiqish uchun kiritadi, mutaxassislarning kasbiy darajasini
va ish malakasini oshirish boʻyicha choralarni amalga oshiradi, shuningdek, ularni ragʻbatlantirish va ularga tanbeh berish boʻyicha takliflarni kiritadi;
Toshkent viloyati hokimligida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini taʼminlaydi;
Toshkent viloyati hokimligiga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish uchun tegishli shahar va tuman hamda boshqarma, tashkilotlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Boʻlimdan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.

Download 412.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling