Hujjat matni 537266-(551546)


Biriktirilgan shahar va tumanlar


Download 412.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet65/92
Sana28.12.2022
Hajmi412.36 Kb.
#1012420
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   92
Bog'liq
funkcional-vazifalar-2022-j

2.2. Biriktirilgan shahar va tumanlar
Ohangaron, Parkent, Yuqori Chirchiq, Qibray, Boʻstonliq, Zangiota, Toshkent tumanlari, Angren, Olmaliq, Chirchiq, Nurafshon shaharlari
Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari
Voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va tiklash, voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik, qarovsizlik, huquqbuzarliklar va gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarga imkon tugʻdiruvchi sabablar va sharoitlarni
aniqlash hamda bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
davlat organlari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari va tashkilotlarning voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari boʻyicha
faoliyatini muvofiqlashtirish;
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida koʻrilayotgan choralarni baholash, monitoring qilish va samaradorligini oshirish;
tizimli kamchiliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etish;
oila tarbiyasiga olingan nogironligi boʻlgan bolalarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazib, ular davolanadigan tibbiyot muassasalar roʻyxatini shakllantirish va davolash xarajatlari miqdorini aniqlash, shuningdek, “Mehr daftari” va homiylar hisobidan zarur mablagʻlar
ajratish choralarini koʻrish;
bolalar oʻrtasida nazoratsizlik, qarovsizlik, huquqbuzarliklar va boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarning oldini olish, turarjoyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, ular toifasiga kiradigan 18
yoshdan 23 yoshgacha boʻlgan shaxslarni oʻz vaqtida turarjoylar bilan taʼminlash
bolalar, ayniqsa ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar oʻrtasida vatanparvarlik yoʻnalishidagi maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlarni oʻtkazish, bolalar sport turlarini rivojlantirish, ularni milliy ot sporti va kitobxonlikka qiziqtirish va jalb etish
choralarini koʻrish;
bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ishonchli himoya qilinishini taʼminlash, ularning ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlishining oldini olish, davlat organlari va boshqa tashkilotlar, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari va
tarbiya koloniyalari faoliyatida bola huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish;
bolalar oʻrtasida nazoratsizlik, qarovsizlik, huquqbuzarliklar va boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarning oldini olish, ularga imkon tugʻdiruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish;
spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni muntazam ravishda isteʼmol qilayotgan bolalarni tashxislash, davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ustuvor ravishda bolalarga sifatli
tibbiy yordam koʻrsatish;
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan, shuningdek, taʼlim muassasalaridagi mashgʻulotlarga uzrli sabablarsiz qatnashmayotgan bolalarning hisobini yuritish, bunday holatlarni bartaraf etish, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni inklyuziv taʼlimga jalb
qilish choralarini koʻrish;
maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama kamol topishiga munosib shart-sharoitlar yaratish, ularni maktabgacha taʼlim bilan bosqichma-bosqich toʻliq qamrab olish, oilaga tarbiyaga olingan bolalar va ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar bolalariga
belgilangan imtiyozlar asosida taʼlim olishini hamda yangi imtiyozlar yaratilishini taʼminlash
bolalarning ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va kengaytirish, ularning individual xususiyatlarini rivojlantirish, salohiyatini oshirish va isteʼdodini toʻla namoyon etish choralarini koʻrish;
bolalarni sport bilan muntazam ravishda shugʻullanishga jalb etish, bolalar sport taʼlimi sifatini oshirish, barcha mintaqalarda, ayniqsa, qishloq va chekka hududlarda bolalar sporti obyektlari tarmogʻini yanada kengaytirish orqali bolalar sportini yanada
rivojlantirish;
bolalarni, ayniqsa oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kira olmagan hamda kasb egallash istagini bildirgan umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari bitiruvchilarini mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarga oʻqitishni tashkil etish.

Download 412.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling