Hujjat matni 537266-(551546)


Huquqlari va majburiyatlari


Download 412.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet62/92
Sana28.12.2022
Hajmi412.36 Kb.
#1012420
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   92
Bog'liq
funkcional-vazifalar-2022-j

Huquqlari va majburiyatlari
Umumiy boʻlim oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
hokimlikda koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalaridan, tuman va shahar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan 
belgilangan tartibda soʻrash va olish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalaridan, shaharlar va tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlar tomonidan kiritilgan Toshkent viloyati hokimining hujjatlari va qarorlari loyihalarini puxta qayta ishlashni belgilangan tartibda
talab qilish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda boshqaruv apparatiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan
bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
oʻziga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Toshkent viloyati hokimligiga, yaʼni boʻlimga yuklatilgan vazifalar yuzasidan kiritiladigan takliflar va hujjatlar sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishining tashkil etilishi, qonuniyligini koʻrib chiqib, asoslangan
xulosalar tayyorlanishi uchun javob beradi.
Vakolatlari
Boʻlim faoliyatiga rahbarlik qiladi va quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
Boʻlimga yuklangan vazifalarni bajarish boʻyicha Toshkent viloyati hokimligi ishlarini tashkil etadi va ishlarni muvofiqlashtiradi;
Boʻlimga yuklangan vazifalarni bajarishda boʻlim xodimlariga ishlarni taqsimlaydi va bevosita ijrosini nazorat qiladi;
Umumiy boʻlim masalalari boʻyicha hokimning qarorlari va boshqa huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, hokim rahbarligida oʻtkaziladigan yigʻilishlar, majlislar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni tashkil etishda ishtirok etadi;
Toshkent viloyati hokimligi umumiy boʻlimi xodimlarining ishlash sharoitini yaxshilaydi va zarur xoʻjalik mollari boʻyicha bildirgilar kiritadi;
hokim yordamchisi, hokim oʻrinbosarlarining kotibiyatlari hamda tarkibiy boʻlinma bilan birgalikda yuqori turuvchi idoralardan kelgan hujjatlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqishni va masʼullarga yoʻnaltirishni (fishka) tashkil qiladi;
Umumiy boʻlim mudiri uzrli sabablarga koʻra yoʻq paytida vazifalari Toshkent viloyat hokimi koʻrsatmasi asosida masʼul xodimga vaqtincha vazifasini bajarish yuklatiladi;
Viloyat hokimidan va oʻrinbosarlaridan ijro uchun chiqarilgan hujjatlar tegishli hokim oʻrinbosarlari kotibiyatlarga, tarkibiy boʻlinmaga, korxona va tashkilotlarga hamda tuman va shahar hokimliklariga yetkazilishini nazorat qiladi;
Viloyat, shahar va tuman hokimliklari umumiy boʻlimlarida Ish yuritish boʻyicha yoʻriqnoma talablariga rioya etilishini nazorat qiladi;
Ijro nazorati boʻlimi bilan ijro intizomi holatini oʻrganishda hamkorlik qiladi;
viloyat hokimligi tarkibiy boʻlinmalarida hujjatlar yigʻma jild nomenklaturasini aniqlashtiradi. Toshkent viloyati hokimligi boshqaruv apparati uchun hujjatlar yigʻma jild nomenklaturasini tuzadi, unga rioya etilishini nazorat qiladi;
oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.

Download 412.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling