Hujjat matni 537266-(551546)


Huquqlari va majburiyatlari


Download 412.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet64/92
Sana28.12.2022
Hajmi412.36 Kb.
#1012420
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   92
Bog'liq
funkcional-vazifalar-2022-j

Huquqlari va majburiyatlari:
hokimlikda koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalaridan, tuman va shahar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan 
belgilangan tartibda soʻrash va olish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalaridan, shaharlar va tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlar tomonidan kiritilgan Toshkent viloyati hokimining hujjatlari va qarorlari loyihalarini puxta qayta ishlashni belgilangan tartibda
talab qilish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda boshqaruv apparatiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan
bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
oʻziga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Toshkent viloyati hokimligiga, yaʼni boʻlimga yuklatilgan vazifalar yuzasidan kiritiladigan takliflar va hujjatlar sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishining tashkil etilishi, qonuniyligini koʻrib chiqib, asoslangan
xulosalar tayyorlanishi uchun javob beradi.
Vakolatlari
Bosh mutaxassis Toshkent viloyati hokimligi Umumiy boʻlim mudirining koʻrsatmasi va topshiriqlariga asosan ishni tashkil etadi va quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”
12-son va 1999-yil 29-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish boʻyicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yoʻriqnoma asosida ish
yuritadi.
Viloyat hokimligiga kelib tushgan hujjatlar boʻyicha yarim yillik va yillik maʼlumot hisobotini tayyorlaydi;
Yuqori va quyi tashkilotlardan kelgan xat, hujjatlarni qabul qiladi, roʻyxatdan oʻtkazadi. Kelgan maʼlumotlarni boʻlinmalar boʻyicha yoʻnaltiradi (fishka). Rasmiylashtirilgan hujjatlarni (korrespondensiya) viloyat hokimi koʻrsatmasiga asosan masʼul
shaxslarga oʻz vaqtida yetkazadi.
Viloyat hokimi qaror, farmoyishlarini koʻpaytirilgan nusxalarini, guruh va kotibiyatlardan tushgan kundalik (korrespondensiya) xatlarni har birini rasmiylashtiradi va ularni manziliga qarab maxsus aloqa boʻlimi orqali joʻnatadi.
Viloyat hokimligiga kelib tushgan xat, bayon hujjatlarni yarim yillik va yillik hisobotini tayyorlaydi. Hukumat idoralaridan kelgan qaror, farmoyishlarni yilligini jildlaydi, jihozlaydi va arxivga topshiradi.
Boʻlim mudiri bilan kelishilgan holda viloyat hokimligining kotibiyat, guruh va boʻlimlari, shahar va tuman hokimliklari hamda boshqarma va tashkilotlarda hujjatlar va topshiriqlarning oʻz vaqtida bajarilishi boʻyicha ijro intizomi nazoratini tashkil etish va
uning ahvoli boʻyicha oʻrganishlarda ishtirok etadi.
Shahar va tuman hokimliklarining umumiy boʻlimi mudirlari ishlariga amaliy yordam beradi va ish faoliyatini nazorat qilib boradi.
Boʻlim faoliyatiga doir barcha masalalar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;
Toshkent viloyati hokimligi Umumiy boʻlim mudirining topshiriqlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Download 412.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling