Hujjat matni 537266-(551546)
Biriktirilgan shahar va tumanlar
Download 412.36 Kb. Pdf ko'rish
|
funkcional-vazifalar-2022-j
Biriktirilgan shahar va tumanlar:
Quyi Chirchiq, Chinoz, Oqqoʻrgʻon, Yangiyoʻl, Boʻka, Bekobod, Piskent, Oʻrta Chirchiq tumanlari, Yangiyoʻl, Bekobod, Ohangaron shaharlari Toshkent viloyati hokimligi Umumiy boʻlim bosh mutaxassisi 2.1. Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari Vazifalar: tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ish yuritish va tushadigan xat-xabarlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish, hisobga olish, taqsimlash va mansubligiga koʻra yuborishni, chiquvchi xat-xabarlarni qabul qilish va joʻnatishni taʼminlaydi; Toshkent viloyati hokimining hujjatlarini roʻyxatdan oʻtkazish, hisobga olish, rasmiylashtirish, koʻpaytirishni va shu jumladan joʻnatishni taʼminlaydi; Tegishli topshiriqlarni (fishkalarni) tayyorlaydi, tegishli materiallar haqida hokimga axborot beradi va imzolangan topshiriqlarning belgilangan tartibda ijrochilarga yuborilishini taʼminlaydi; “E-qaror” elektron dasturi orqali qabul qilingan Toshkent viloyati hokimining qarorlari va farmoyishlarini ijrochilar va masʼullarga yetkazilishini taʼminlaydi; Umumiy boʻlimga tegishli masalalar boʻyicha hokimning qarorlari va boshqa huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi. Funksiyalar Umumiy boʻlim oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan Umumiy boʻlimga yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati, hokim va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari boʻyicha tegishli tahliliy, maʼlumotnoma, statistik materiallar va takliflarni tayyorlanishida hamkorlikni amalga oshiradi; davlat sirlari boʻlgan maʼlumotlar yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa axborotlarning himoya qilinishini taʼminlaydi; Download 412.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling