Hujjat matni 537266-(551546)
Biriktirilgan shahar va tumanlar
Download 412.36 Kb. Pdf ko'rish
|
funkcional-vazifalar-2022-j
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent viloyati hokimligi Umumiy boʻlim mudiri Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari
Biriktirilgan shahar va tumanlar:
Nurafshon, Bekobod shaharlari va Bekobod. Doimiy komissiya va Kengashlar raisi/ oʻrinbosari/ kotibiligi Yoʻq Biriktirilgan shahar va tumanlar: Quyi Chirchiq, Chinoz, Oqqoʻrgʻon, Yangiyoʻl, Boʻka, Bekobod, Piskent, Oʻrta Chirchiq tumanlari, Yangiyoʻl, Bekobod, Ohangaron shaharlari Toshkent viloyati hokimligi Umumiy boʻlim mudiri Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari e-qaror.gov.uz 11.04.2022 20 Vazifalar: Toshkent viloyati hokimligi umumiy boʻlim faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlashni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yoʻli bilan ishlar sifatini yaxshilashni amalga oshiradi; tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ish yuritish va tushadigan xat-xabarlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish, hisobga olish, taqsimlash va mansubligiga koʻra yuborishni, chiquvchi xat-xabarlarni qabul qilish va joʻnatishni tashkil qiladi; Toshkent viloyati hokimining hujjatlarini roʻyxatdan oʻtkazish, hisobga olish, rasmiylashtirish, koʻpaytirishni va shu jumladan joʻnatishni taʼminlaydi; Toshkent viloyati hokimligi umumiy boʻlimi faoliyatini moliyaviy-xoʻjalik va moddiy-texnik taʼminlash darajasini oʻrganib takliflar kiritadi va xodimlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish tadbirlarini amalga oshiradi; Tegishli topshiriqlarni (fishkalarni) tayyorlaydi, tegishli materiallar haqida hokimga axborot beradi va imzolangan topshiriqlarning belgilangan tartibda ijrochilarga yuborilishini tashkil etadi; “E-qaror” elektron dasturi orqali qabul qilingan Toshkent viloyati hokimining qarorlari va farmoyishlarini ijrochilar va masʼullarga yetkazilishini tashkil etadi; Umumiy boʻlimga tegishli masalalar boʻyicha hokimning qarorlari va boshqa huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi; Tuman va shahar hokimliklari umumiy boʻlimlariga uslubiy rahbarlikni amalga oshirish, ularni axborotlarini eshitish, ish yuritish boʻyicha konsultatsiyalar oʻtkazadi; Umumiy boʻlim toʻgʻrisidagi Nizomga va Toshkent viloyati hokimining qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Funksiyalar Umumiy boʻlim oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan Umumiy boʻlimga yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati, hokim va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari boʻyicha tegishli tahliliy, maʼlumotnoma, statistik materiallar va takliflarni tayyorlanishida hamkorlikni amalga oshiradi; davlat sirlari boʻlgan maʼlumotlar yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa axborotlarning himoya qilinishini taʼminlaydi; Toshkent viloyati hokimligining ish rejasiga Umumiy boʻlimiga oid masalalar boʻyicha takliflarni kiritadi; Umumiy boʻlim qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi. Download 412.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling