Hujjat matni 537266-(551546)
Biriktirilgan shahar va tumanlar
Download 412.36 Kb. Pdf ko'rish
|
funkcional-vazifalar-2022-j
- Bu sahifa navigatsiya:
- Doimiy komissiya va Kengashlarga aʼzolik: - Davlat mukofotiga taqdim etish komissiyasi Toshkent viloyati hokimligi Ijro apparati guruhi rahbari
Biriktirilgan shahar va tumanlar:
Oʻrtachirchiq, Chinoz, Boʻka tumanlari, Chirchiq va Angren shaharlari hokimliklari hamda viloyat boshqarma va idoralari bilan birgalikda ish olib boradi va guruhning vakolati doirasida ularning faoliyatini muvofiqlashtirishda qatnashadi. Quyidagi viloyat boshqarma va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorlikda ish olib boradi: Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar hamda jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar kompleksi hamda oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalari boʻyicha kotibiyati majmuasiga kiruvchi tashkilotlarning faoliyatini tahlil qiladi, ularning muammolarini yechimi yuzasidan takliflar tayyorlaydi va Guruh rahbariga axborot beradi; Doimiy komissiya va Kengashlarga aʼzolik: - Davlat mukofotiga taqdim etish komissiyasi Toshkent viloyati hokimligi Ijro apparati guruhi rahbari Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari a) vazifalari: viloyat hokimining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariva farmoyishlarida belgilangan vakolatlari amalga oshirilishini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda taʼminlash choralarini koʻradi; ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, shuningdek Xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimining hujjatlari bajarilishi holatini oʻrganish chora-tadbirlarini amalga oshiradi; “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimiga kiritilgan hujjatlar ijrosining monitoringini yuritadi, har haftaning dushanba kuni viloyat hokimi, juma kuni viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari huzurida muhokama qilish uchun tahliliy hujjatlarni taqdim etadi; viloyat hokimligiga kelib tushgan hamda viloyat hokimi tomonidan "Collective.uz" axborot almashish tizimi orqali ijroga yuborilgan hujjatlar bajarilishini tizim orqali nazoratga oladi, muddati oʻtkazilib bajarilmagan topshiriqlar boʻyicha masʼul ijrochilarga maʼlumotlarni (eslatma) berib boradi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati bilan oʻzaro hamkorlik qiladi. Ijro intizomi nazorati boʻlimi toʻgʻrisidagi Nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Download 412.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling