Hujjat matni 537266-(551546)


Biriktirilgan shahar va tumanlar


Download 412.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/92
Sana28.12.2022
Hajmi412.36 Kb.
#1012420
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   92
Bog'liq
funkcional-vazifalar-2022-j

Biriktirilgan shahar va tumanlar:
Yuqorichirchiq, Yangiyoʻl, Oqqoʻrgʻon tumanlari va Yangiyoʻl , Olmaliq shahri hokimliklari hamda viloyat boshqarma va idoralari bilan birgalikda ish olib boradi va guruhning vakolati doirasida ularning faoliyatini muvofiqlashtirishda qatnashadi.
Quyidagi viloyat boshqarma va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorlikda ish olib boradi:
Viloyat hokimligi sanoatni rivojlantirish, iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha kotibiyati majmuasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning faoliyatini tahlil qiladi, ularning muammolarini yechimi yuzasidan takliflar tayyorlaydi va Guruh
rahbariga axborot beradi;
Doimiy komissiya va Kengashlarga aʼzolik:
- Viloyat hokimligi huzuridagi Jamoatchilik Kengashi
Toshkent viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi yetakchi mutaxassisi
Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari
Toshkent viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarining koʻrsatmasi va topshiriqlariga asosan ishni tashkil etadi va quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda viloyat hokimligi boshqaruv lavozimlari roʻyxatiga olingan rahbar kadrlarni tanlash, oʻrganish, istiqbolli va amaldagi kadrlar zahirasini shakllantirish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash
masalalari bilan bevosita shugʻullanadi.
takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi hamda topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular boʻyicha tahliliy materiallarni tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur tarzda
kelishilishini taʼminlaydi;
materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida belgilangan tartibda Guruh rahbariga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, biriktirilgan sohalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi va viloyat hokimning hujjatlari bajarilishini tahlil
qiladi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;
viloyat hokimi tomonidan oʻtkaziladigan majlislarga, shu jumladan har haftalik apparat yigʻilishlariga va oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha tegishli komissiyalar majlislariga zarur materiallar tayyorlaydi va belgilangan tartibda ishtirok etadi;
boshqaruv kadrlarini hisobga olish, ularning shaxsiy hujjatlar yigʻma jildlarini shakllantirish va yuritish ishlarini tashkil etadi;
Davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir hujjatlarni rasmiylashtirish ishlarini tashkil etadi.
Viloyat hokimligi apparat xodimlari shahar, tuman hokimliklari xodimlari, boshqarma va tashkilot rahbarlari telefon raqamlari roʻyxatini (ishlar boshqarmasi bilan birgalikda) tashkil etadi.
jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan ariza, shikoyat va takliflarni oʻz vaqtida, toʻgʻri va qonuniy hal qiladi, bu borada bosh mutaxassis bilan hamkorlik qiladi, natijasi haqida Guruh rahbariga axborot beradi;
Guruh faoliyatiga doir tegishli topshiriqlarini ijrochilarga yetkazilishini hamda Guruh faoliyatiga oid masalalar boʻyicha tegishli idora va viloyat hokimligining tarkibiy boʻlinmalari bilan aloqani taʼminlaydi;
Guruh faoliyatiga aloqador boʻlgan masalalar yuzasidan viloyat boshqarma va idoralari bilan birgalikda ish olib boradi va guruhning vakolati doirasida ularning faoliyatini muvofiqlashtirishda qatnashadi;
Guruhga kelayotgan va chiqib ketayotgan hujjatlar hisobotini yuritadi;
Guruhda viloyat hokimligining xatlari, qaror, farmoyish blankalarini yuritilishini taʼminlaydi;
Ish yuritishdan tugallangan hujjatlarni qabul qilish, hisobga olish va saqlashni amalga oshiradi hamda hujjatlarni rasmiy tartibda Toshkent viloyati hokimligi arxiv boʻlimiga topshiradi;
Guruh ish jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini samarali qoʻllanilishida Toshkent viloyati Kompyuterlashtirish markazi bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
Guruh yetakchi mutaxassisi yoʻqligida Guruh ishini tashkil etadi va yetakchi mutaxassisga yuklatilgan vazifalarni vaqtincha bajaradi.
Toshkent viloyati hokimining hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Download 412.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling