Hujjat matni 537266-(551546)
Biriktirilgan shahar va tumanlar
Download 412.36 Kb. Pdf ko'rish
|
funkcional-vazifalar-2022-j
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari
Biriktirilgan shahar va tumanlar:
Oxangaron shahar, Ohangaron tuman, Parkent tuman, Pskent tuman, Toshkent tuman, Oʻrta Chirchiq tuman, Chinoz tuman, Chirchiq shahar, Yuqori Chirchiq tuman, Yangiyoʻl tuman, Yangiyoʻl shahar Quyidagi viloyat boshqarma va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorlikda ish olib boradi: - viloyat savdo-sanoat palatasi; - viloyat davlat aktivlarini boshqarish boshqarmasi Toshkent viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis Qonunchilik palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi qarorlarining, Toshkent viloyati hokimining Kotibiyatga tegishli qaror, farmoyish va topshiriqlarining ijrosini tashkil etadi; Guruhga yuklangan vazifalarni bajarish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda viloyat hokimligi rahbar kadrlar lavozimlari roʻyxatiga olingan rahbarlarni tanlash, tayinlash, joy-joyiga qoʻyish va ularga amaldagi va istiqbolli kadrlar zahirasini shakllantirish boʻyicha guruhning faoliyatidagi ishlarni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi. Shuningdek, guruh vakolatiga kiradigan vazifalarni hal etish chora-tadbirlarini belgilaydi. Kadrlar zahirasining sifati uchun shaxsan javob beradi. Zahiraga olingan kadrlarni bosqichma-bosqich moʻljallangan lavozimga tayyorlab borishni tashkil etadi. Kadrlarning tayyorlab borishning sxemalarini tuzilishini taʼminlaydi va uning ijrosini nazoratga oladi. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan tuman va shahar hokimliklari, mahalliy boshqaruv organlari ishini tashkillashtirish, ularning ish faoliyatini yaxshilash va takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi. Guruhga yuklangan vazifalarni bajarishda Guruh xodimlariga ishlarni taqsimlaydi va bevosita ijrosini nazoratga qiladi; hokimlikka kiritilgan takliflarning hamda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi va viloyat hokimining hujjatlari loyihalari koʻrib chiqilishini taʼminlaydi, ularni ishlab chiqilishini, qabul qilingan hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi; Toshkent viloyati hokimi tomonidan oʻtkaziladigan majlislar, shu jumladan har haftalik apparat yigʻilishlari va turli komissiyalar majlislari materiallari tayyorlanishini va ularda qabul qilingan qarorlar ijrosini muvofiqlashtiradi; boshqaruv apparati rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi takliflarni hokimning koʻrib chiqishi uchun belgilangan tartibda kiritadi; tasdiqlangan namunalar nomenklaturasiga muvofiq kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, mutaxassislarni tayinlash va lavozimdan ozod qilish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshiradi, koʻrib chiqilayotgan nomzodlarni har tomonlama oʻrganishni va ular boʻyicha ishonchli materiallar tayyorlanishini taʼminlaydi; davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruv kadrlari faoliyatining tizimli monitoringini olib boradi; hokimlarning mutasaddilik qiladigan oʻrinbosarlari bilan birgalikda hokimlik apparati kadrlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish boʻyicha takliflar tayyorlaydi; tashkiliy-kadrlar masalalari boʻyicha hokimning qarorlari va boshqa huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, hokim rahbarligida oʻtkaziladigan yigʻilishlar, majlislar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish chora-tadbirlarini koʻradi; Guruhga yuklangan vazifalarni bajarishda Guruh xodimlariga ishlarni taqsimlaydi va bevosita ijrosini nazoratga qiladi; Xalq deputatlari viloyat Kengashining hamda viloyat hokimligining ish rejasi loyihalarini tayyorlashda amaliy yordam koʻrsatadi. Guruh faoliyatiga doir masalalar yuzasidan viloyat hokimining topshiriqlarini oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishini taʼminlaydi; Oʻz vakolati doirasida kadrlarni tanlash, tavsiya etish va almashtirish masalalarini koʻrib chiqadi va viloyat hokimligi rahbariyati bilan kelishilgan holda amalga oshiradi. Viloyat hokimiga guruh xodimlarini, tuman va shahar hokimliklari, mahalliy boshqaruv organlari rahbarlarini ragʻbatlantirish yoki lavozimdan ozod etish toʻgʻrisida takliflar kiritadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tashkiliy–kadrlar masalalari boʻyicha maslahatchisining xizmati va viloyat hokimining rahbarligida ish olib boradi. Davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir hujjatlarni rasmiylashtirish ishlarini tashkil etadi. Ushbu Nizomda koʻrsatilgan vakolatlar doirasida boshqa vazifalarni ham bajaradi. Download 412.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling