Hujjat matni 537266-(551546)


Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar sohasida


Download 412.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/92
Sana28.12.2022
Hajmi412.36 Kb.
#1012420
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   92
Bog'liq
funkcional-vazifalar-2022-j

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar sohasida:
aholi oʻrtasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari, keng koʻlamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlari ahamiyatining targʻibot va tashviqotini tashkil qilish;
aholining maʼnaviy muammo va ehtiyojlarini oʻrganib borish asosida hududda maʼnaviy muhit sogʻlomligini taʼminlash, tashkiliy-huquqiy shaklidan qati nazar barcha tashkilotlarning maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatini muvofiqlashtirish va rahbarlik qilish;
aholining maʼnaviy-ahloqiy, diniy-maʼrifiy, madaniy saviyasini oshirish va uning doimiy ravishda oʻsib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini taʼminlash, maʼnaviy-maʼrifiy merosni, urf-odat va qadriyatlarni saqlash, targʻib qilish ishlariga
rahbarlik qilish;
viloyatda sogʻlom turmush tarzi, millatlararo totuvlik, oʻzaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga qaratilgan ommaviy tadbirlarni tayyorlash va tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirish, tadbirlarning maqsadli, rejali, tartibli tashkil etish va tarbiyaviy
samaradorligini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish;
viloyatda jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, odamlarni hushyorlik va ogohlikka daʼvat etish, yoshlarda yot gʻoyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonunga hurmat,
huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishga qaratilgan samarali targʻibot tizimini yoʻlga qoʻyish;
aholi orasida diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” tahdidlaridan ogoh qilishga qaratilgan profilaktik maʼrifiy, tarbiyaviy chora-tadbirlarga rahbarlik qilish;
aholi orasida mehr-oqibat, mehr-shafqat, muruvvat va himmat, insofu diyonat, vijdoniylik, ahillik va totuvlik, fidoyilik, vatanparvarlik, olijanoblik va boshqa fazilatlarni targʻib qilish hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni rivojlantirishda mahalla institutining oʻrni
va rolini oshirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish;
mamlakatda olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha siyosatning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, hududda tashkil etiladigan chora-tadbirlar mazmuni, samaradorligini tahlil qilish, sohalarning tizimli faoliyatini tashkil qilish.
ommaviy tadbirlarni tayyorlash va tashkil etish masalalarini hamda masʼul idoralar tomonidan ommaviy tadbirlarni oʻtkazishning belgilangan tartibiga rioya etish yuzasidan faoliyatini muvofiqlashtiradi;
uzluksiz taʼlim va kadrlar tayyorlash jarayonini tashkil etish, taʼlim jarayoniga xalqaro normalar va talablarga javob beradigan ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, taʼlim standartlarini joriy etish ishlarini amalga oshirish, taʼlim
muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, ularni zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash hamda shu asosda taʼlim tizimini isloh qilish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, uning faoliyati
samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
majmua tizimiga kiruvchi tashkilotlarning kadrlarini tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayinlash va vazifasidan ozod etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni bajarishda respublika hamda markaziy tuzilmalar rahbariyati bilan hamkorlik qilish;
majmua tizimidagi rahbar lavozimlarga amaldagi va istiqbolli kadrlar zahirasini shakllantirish yuzasidan takliflar kiritadi. Zahiraga kiritilgan nomzodlarni tayyorlab borish ishlarini tashkil etadi.
Toshkent viloyati hokimining majmua faoliyatiga oid qarori va farmoyishlari loyihalarini kelishish uchun imzolaydi.
Hokimning qabul qiladigan qaror, farmoyish va hujjatlarini loyihalarini sifatli tayyorlashda axborot-tahlil guruhi bilan hamkorlik olib boradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq koʻrib chiqadi. Tasdiqlangan jadvalga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul
qiladi.
oʻz vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hukumat organlarida Toshkent viloyat hokimligi nomidan vakillik qiladi.

Download 412.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling