Hujjat matni 537266-(551546)
Biriktirilgan shahar va tumanlar
Download 412.36 Kb. Pdf ko'rish
|
funkcional-vazifalar-2022-j
- Bu sahifa navigatsiya:
- Doimiy komissiya va Kengashlarga aʼzolik
Biriktirilgan shahar va tumanlar:
Angren, Ohangaron, Olmaliq va Bekobod shaharlar, Ohangaron, Piskent, Boʻka, Bekobod, Oqqoʻrgʻon, Quyichirchiq va Chinoz tumanlari Quyidagi viloyat boshqarma va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorlikda ish olib boradi: Sport yoʻnalishi, Madaniy meros boshqarmasi, Kinematografiya agentligining viloyat boʻlimi Doimiy komissiya va Kengashlarga aʼzolik: Mavjud emas. Toshkent viloyati hokimligi turizm, sport, madaniyat, madaniy meros, va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha kotibiyati yetakchi mutaxassisi Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari Turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha kotibiyati yetakchi mutaxassisi; Kotibiyat mudiri rahbarligida kotibiyatning umumiy faoliyatida ishtirok etadi, kotibiyat vakolatiga kiradigan vazifalar ijrosi yuzasidan belgilangan tegishli chora-tadbirlar ijrosini taʼminlaydi; kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda kotibiyat mudiri topshiriqlariga muvofiq ishlarni tashkil qiladi, tayyorlangan hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda viza qoʻyish uchun kotibiyat mudiriga kiritadi. Hujjatlar qabul qilinganidan keyin ularni tegishli bandlarining bajarilishini taʼminlaydi; vazifalar taqsimotini, shuningdek kotibiyat ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va kotibiyat mudiriga tasdiqlash uchun kiritadi; viloyat hokimi yoki uning oʻrinbosari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, shu jumladan har haftalik apparat yigʻilishlarida va komissiyalar majlislarida, shuningdek kotibiyatning ish yuritish sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan boshqa yigʻilishlarda kotibiyat mudirining topshirigʻiga muvofiq qatnashadi; tegishli topshiriqlar ijrosi yuzasidan, kiruvchi va chiquvchi xat-hujjatlar yuritilishini taʼminlaydi, chiquvchi xat-xabarlarni imzolash uchun kotibiyat mudiriga kiritadi; funksional vazifalarga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi hamda funksional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishini taʼminlaydi; tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular boʻyicha tahliliy materiallarni va takliflarni tayyorlaydi, shuningdek ularni belgilangan tartibda kelishishini taʼminlash maqsadida kotibiyat mudiriga kiritadi, tegishli yigʻilishlarda bayon yuritadi; materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida belgilangan tartibda kotibiyat mudiriga axborot beradi; qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, tegishli tarmoq va sohalar boʻyicha – Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishi yuzasidan tahliliy materiallarni kotibiyat mudiriga kiritadi; tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini belgilangan tartibda taʼminlaydi; davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining tegishli hududiy boʻlinmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatlarining tarkibiy boʻlinmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi; viloyat hokimligining tegishli boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomga va funksional vazifalarga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi; kotibiyatning bosh mutaxassisi yoʻqligida uning ishini tashkil etadi va vaqtinchalik bosh mutaxassis vazifasini bajaradi. Download 412.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling