Hujjat matni 537266-(551546)


Biriktirilgan shahar va tumanlar


Download 412.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/92
Sana28.12.2022
Hajmi412.36 Kb.
#1012420
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   92
Bog'liq
funkcional-vazifalar-2022-j

Biriktirilgan shahar va tumanlar:
Yangiyoʻl shahar, Yangiyoʻl tumani, Chinoz tumani, Quyichirchiq tumani, Oqqoʻrgʻon tumani, Boʻka tumani, Bekobod tumani, Bekobod shahar
Quyidagi viloyat boshqarma va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorlikda ish olib boradi:
Viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi (toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish va davlat, hamda hududiy dasturlari ijrosi), Viloyat davlat aktivlarini boshqarish boshqarmasi, “Kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha
Yagona direksiyasi” DM
Doimiy komissiya va Kengashlarga aʼzolik:
yoʻq
Toshkent viloyati hokimligi investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boʻyicha kotibiyati yetakchi mutaxassisi
Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari
Yetakchi mutaxassis Toshkent viloyati hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari va Kotibiyat mudirining koʻrsatmasi va topshiriqlariga asosan ishni tashkil etadi va quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi hamda topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular boʻyicha tahliliy materiallarni va takliflarini tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
zarur tarzda kelishilishini taʼminlaydi;
materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Toshkent viloyati hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosariga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, biriktirilgan sohalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi va viloyat hokimining
hujjatlari bajarilishini tahlil qiladi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;
viloyat hokimi va Toshkent viloyati hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan oʻtkaziladigan majlislarga, shu jumladan har haftalik apparat yigʻilishlariga va oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha hamda har xil
komissiyalar majlislariga materiallar tayyoralaydi va belgilangan tartibda ishtirok etadi;
Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan kotibiyat mudiriga takliflar va axborot beradi, kotibiyatga tegishli boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi va viloyat hokimining qaror farmoyishlarini bajarilishini joylarga chiqib
oʻrganadi.
Faollar yigʻilishiga tegishli taxliliy maʼlumotlar tayyorlaydi.
Viloyatda chop etiladigan roʻznomalardagi materiallar bilan doimiy tanishib boradi va zarur boʻlganda chop etilgan materiallar yuzasidan takliflar kiritadi.
jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan, ariza, shikoyat va takliflarni koʻrib chiqadi, ularni oʻz vaqtida, toʻgʻri va qonuniy hal qiladi, bu borada bosh mutaxassis bilan hamkorlik qiladi, natijasi haqida Kotibiyat mudiriga axborot beradi.
Kotibiyatning ish rejasida belgilangan tadbirlani ijrosini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Kotibiyat faoliyatiga aloqador boʻlgan tashkilotlarni faoliyatini tahlil qiladi, ularning muammolarini yechimi yuzasidan takliflar tayyorlaydi va Kotibiyat mudiriga axborot beradi;
Kotibiyat faoliyatiga doir qaror, farmoyish va boshqa hujjatlarni tayyorlaydi;
Kotibiyat faoliyatiga doir tegishli topshiriqlarini ijrochilarga yetkazilishini hamda Kotibiyat faoliyatiga oid masalalar boʻyicha tegishli idoralar bilan aloqani taʼminlaydi;
Toshkent viloyati hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari va Kotibiyat mudirining topshiriqlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Viloyat hududidagi maxsus sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari, iqtisodiyot sohasidagi tashkilotlar va boshqa oʻziga berkitilgan muassasalar ishlari bilan shugʻullanadi. Mazkur tashkilotlarning ishini chuqur oʻrganib, zaruratga qarab oldiga qoʻyilgan
masalalarning hal qilinishida joylarga borib amaliy yordam koʻrsatadi.
Iqtisodiyotda islohotlarning strategik vazifalariga va ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq ilmiy va texnologik salohiyatni yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarning, amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalarning darajasi,
sifati va samaradorligini oshirish, ularning natijalaridan amalda keng foydalanish ishlari bilan shugʻullanadi.
Sohaga taaluqli maqsadli dasturlarning ijrosini tashkil etadi.
Kotibiyatda yuqori tashkilotlar hamda hokim oʻrinbosari va kotibiyat nazoratidagi xatlarni oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash boʻyicha ish olib boradi va bajarilishi taʼminlanmagan hujjatlar boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritadi.
Tegishli komissiyalar ishini tashkil etadi va qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qiladi.
Oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha materiallarni va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishi, sifatli ishlab chiqilishi hamda topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi.
Tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan materiallarni oʻrganadi, oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi, zarur tahliliy materiallarni tayyorlaydi.
Kotibiyat bosh mutaxassisi yoʻqligida Kotibiyat ishini tashkil etadi va vaqtincha bosh mutaxassis vazifasini bajaradi.
Toshkent viloyati hokimining hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Download 412.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling