Hujjat tekshirish natijalari Tekshiruvchi: Haydaraliyeva Gulzoda Baxtiyor qizi (ID: 27893) Tashkilot


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/56
Sana17.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1783085
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   56
Bog'liq
antiplagiyat to\'liq hisobot

Tadqiqot obyekti: sifatida Guliston davlat pedagogika instituti va Navoiy
davlat pedagogika institutlaridan ingliz tili yo’nalishidagi
jami 143 nafar
talabalar.
Tadqiqot predmeti: Talabalarga xorijiy tillarni intensiv o‘qitishning
mazmun-mohiyati va qo‘llaniladigan metodlar.
Tadqiqot maqsadi: ingliz tilini talabalarga intensiv metodlarni qo’llab
o'qitish asosida talabalarning zaxira imkoniyatlaridan foydalanishning ilmiy
asoslangan va eksperimental tasdiqlangan uslubiy tizimini ishlab chiqish.
Tadqiqot vazifalari:
Talabalarga ingliz tilini intensiv o‘qitish metodikasining pedagogik-
psixologik mohiyatini, shakllanishi va rivojlanish jarayonini ilmiy jihatdan
asoslash;
Xorijiy tillarni intensiv asoslarini o‘qitishning nazariy va uslubiy jihatlarini
natijaga erishish istiqbollari bilan tahlil qilish;
Xorijiy tillarni o‘rganish jarayonini faollashtirish sharoitida talabalarning
tizimli faoliyatini amalga oshirish maqsadida didaktik va uslubiy bazani tashkil
etish;
Talabalarga xorijiy tillarni intensiv metodlar yordamida o‘rgatish uchun
o‘quv materialini tanlash va tashkil etishni amalga oshirish;
Talabalarning zaxira imkoniyatlaridan foydalangan holda chet tili og‘zaki
nutqini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha kommunikativ yo‘naltirilgan
interfaol mashqlarni (topshiriqlarni) tayyorlash tizimini ishlab chiqish;
Pedagogik oliy ta’lim muassasalari talabalarida ingliz tilidagi bilim,
ko‘nikma va malakalarini jadal shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan metodik
tizimning samaradorligini eksperimental tarzda sinab ko‘rish.
Belgilangan vazifalarni hal qilishda quyidagi tadqiqot usullari qo'llanildi:
10
2
9


- tadqiqot muammosi bilan bog‘liq o‘quv-uslubiy materiallar, qo‘llanmalar
hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid psixologik, pedagogik,
uslubiy va lingvistik adabiyotlarni tahlil qilish;
- pedagogik oliy ta’lim muassasalarida
ingliz tilini o‘qitish jarayonini
monitoring qilish;
- olingan ta'lim natijalarining ishonchliligini aniqlash, shuningdek,
tinglovchilarning malakasi to'g'risidagi ma'lumotlarni aniqlash uchun anketalar,
suhbatlar va testlar;
-ikki shaklda pedagogik eksperiment va o'tkazilgan nazorat bo'limlari
natijalarini tahlil qilish.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling