Hujjatlarini bibliografiya tuzish
Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga
Download 382.02 Kb. Pdf ko'rish
|
RASMIY XUJJATLAR VA MAXSUS TURDAGI HUJJATLARINI BIBLIOGRAFIYA TUZISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Rasmiy hujjatlar tayyorlashga buyurtmalarni rasmiylashtirish
Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi to‘g‘risida NIZOM I. Umumiy qoidalar 1. Mazkur Nizom rasmiy davlat hujjatlarini (keyingi o‘rinlarda “rasmiy hujjatlar” deb ataladi)tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, saqlash, hisobga olish va topshirish tartibini belgilaydi. 2. Mazkur Nizomning amal qilishi rasmiy hujjatlar blankalari asl nusxalarini ishlab chiquvchi, ularga buyurtma beruvchi, ularni tayyorlovchi, hisobga oluvchi, saqlovchi, topshiruvchi va hisobdan chiqaruvchi vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarga joriy etiladi. 3. Rasmiy hujjatlar blankalari, shu jumladan bunga Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan matbaa korxonalari (keyingi o‘rinlarda “matbaa korxonalari” deb ataladi) tomonidan “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan ishlab chiqarilgan, qalbakilashtirishdan himoya qiluvchi elementlari bo‘lgan maxsus qog‘ozda tayyorlanadi. 4. 1992-yilning 1-yanvaridan so‘ng berilgan xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarning tan olinganligini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlar shakli Davlat test markazi tomonidan ishlab chiqiladi va uning buyurtmasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” ishlab chiqarish birlashmasida muhofazalangan qog‘ozlarda tayyorlanadi. 5 5. Rasmiy hujjatlar muayyan seriyaga va tartib raqamiga ega bo‘lgan qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi. Rasmiy hujjatlar blankalarini tayyorlashga mo‘ljallangan qog‘oz, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor bosma va quyma ashyolar qat’iy hisobda turadigan ashyolar jumlasiga kiradi. II. Rasmiy hujjatlar tayyorlashga buyurtmalarni rasmiylashtirish 6. Rasmiy hujjatlar blankalarini tayyorlash vakolatli vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning (keyingi o‘rinlarda “buyurtmachilar” deb ataladi) yozma buyurtmanomalari asosida matbaa korxonalari tomonidan amalga oshiriladi. 7. Matbaa korxonalari tomonidan rasmiy hujjatlar blankalari tayyorlashga buyurtmalarni rasmiylashtirish buyurtmachida seriyalari va tartib raqamlari majburiy ravishda ko‘rsatilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan namunalar mavjud bo‘lgan taqdirdagina amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. 8. Rasmiy hujjatlarni tayyorlashga barcha buyurtmalar tartib raqami qo‘yilgan, ip o‘tkazib tikilgan, muhr bilan tasdiqlangan, matbaa korxonasi va O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi rahbarlari tomonidan imzolangan alohida “Buyurtmalar daftari”da ro‘yxatdan o‘tkaziladi. (8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-avgustdagi 305- sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y. 15-16-son, 125-modda) Keyingi tahrirga qarang. Download 382.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling