Hujjatlarini bibliografiya tuzish


Bibliografiya haqida tushuncha


Download 382.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana17.06.2023
Hajmi382.02 Kb.
#1544402
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
RASMIY XUJJATLAR VA MAXSUS TURDAGI HUJJATLARINI BIBLIOGRAFIYA TUZISH

3. Bibliografiya haqida tushuncha 
„Bibliografiya“ so‘zi birinchi marta Qadimgi Gretsiyada qo‘llanilgan. 
So‘zma-so‘z tarjima qilinganda biblion- „kitob“, grapho - „yozaman“ degan 
ma’noni anglatadi. Kitob nashr etish ishi boshlangunga qadar bu tushuncha 
kitobni yozish, ko‘chirib yozish ma’nosida qo‘llanilgan. U vaqtlarda kitobni 
yozish va ko‘chirib yozish qo‘l mehnati bilan amalga oshirilgan. Bu ishni 
bajarganlarni bibliograflar deb atashgan. O‘sha paytda bibliograflardan 
alohida mukammal bilim talab etilmasdan, faqat yozishni va o‘qishni bilish 
talab qilingan bo‘lsa-da, bu ish juda yuqori malakali va istiqbolli ish 
hisoblangan. Qog‘oz kashf bo‘lgunga qadar O‘rtayer dengizi mamlakatlarida 
papirus, Mesopotamiyada loy plastinkalardan, Xitoyda ipakdan, Hindistonda 
palma daraxti barglaridan foydalangan holda axborotning qo‘lyozma 
shakllarini tarqatishgan. Ikkinchi darajali axborotning qadimgi shakllari 
yozma madaniyat tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, Vizantiyaning bibliografik 
yodgorliklari, Shumerning bibliografik matnlari, amerikalik tadqiqotchi S. N. 
Kramerning va boshqa Assuriya madaniyati namoyandalarining asarlarida 
tasdiqlangan. Eramizdan oldingi uchinchi ming yillikda yer yuzidagi birinchi 
kutubxonalar Qadimgi Shumerda paydo bo‘lgan. Shumer xonligidagi 
kutubxona xodimlari loytablichkalardagi klin yozuvlarini katta yopiq 
qutilarda va savatlarda saqlaganlar. Nishopur saroyida Lagash arxeologlari 
tomonidan minglab (20000 dan ko‘p) ana shunday loy-tablichkalar topilgan. 
Ana shunday katta fondga ega bo‘lgan kutubxonalar jamg‘armasidan o‘ziga 
kerakli tablichkani 7 topishning o‘zi bo‘lmagan. Qadimgi Shumer 
kutubxonachilari bunday holatdan chiqa bilganlar. Ular har bir qutini yoki 


18 
savatni alohida o‘ziga xos va undagi materiallar mazmuniga muvofiq nomlar 
bilan ataganlar 
. Shu bilan bog‘liq holda bibliografiyaning ijtimoiy vazifasi haqida turlicha 
fikrlar paydo bo‘ldi. Ancha vaqt amaliy faoliyat sohasi, ilmiy fan, alohida 
bibliografik ko‘rsatkichlar, bibliografik qo‘llanmalarning yig‘indisi sifatida 
qo‘llanib kelindi. Sobiq ittifoq davrida ham bunday yondashish bibliografiya 
fanining rivojlanishiga, bibliografik faoliyatning takomillashuviga salbiy 
ta’sir etdi. 1950 — 1960- yillarda bibliograf olimlar, o‘qituvchilar, 
amaliyotchilar bibliografiya tushunchasi, „bibliografiya — faoliyat“, 
„bibliografiya — bibliografik qo‘llanma yoki ularning yig‘indisi“, 
„bibliografiya — bibliografik fan“ kabi nazariy masalalarni ishlab chiqdilar. 
Natijada birinchi marta „1648-70. Tushuncha va izohlar“ nomli davlat 
standarti qabul qilindi. Keyinchalik 1978- yildan kuchga kirgan „GOST 7.0-
77 Bibliografiya. Tushunchalar va izohlar“ izohli lug‘ati qabul qilindi. Unda 
bibliografiyaning 
ilmiy-amaliy 
faoliyati iste’molchiga bibliografik 
ma’lumotni tayyorlab, yetkazib beruvchi faoliyat ekanligi, bibliografiyaning 
tarixi, metodikasi, tashkil etish nazariyasini o‘rganuvchi ilmiy fan sifatidagi 
xususiyatlari ochib berildi. Bibliografiyaning ijtimoiy vazifalari va ahamiyati 
ham yoritildi, bibliografiyaning maqsadi jamiyatda matbuot asaridan 
foydalanishga ta’sir etish deb tushuntirildi. 1986-yili „Bibliografik faoliyat. 
Asosiy tushuncha va izohlar“ nomi bilan GOST 7.0-84 qabul qilindi. Bunda 
bibliografiya tushunchasi umuman tushib qolgan, bibliografik faoliyat esa 
bibliografik axborotga bo‘lgan talabni bajaruvchi axborot faoliyati sifatida 
keltiriladi. 2000- yil 1- iyuldan Rossiyada „Axborot-kutubxonachilik 
faoliyati, bibliografiya“ nomi bilan GOST 7.0-99 kuchga kirdi. Unda 


19 
bibliografiyaga quyidagicha ta’rif beriladi: Bibliografiya — bibliografik 
axborot tayyorlashni, uni tarqatishni va undan foydalanishni ta’minlovchi 
axborot infratuzilmasidir. Buni anglash uchun boshqa turdagi axborot 
infratuzilmalari va bibliografik axborotni tushunib olish zarur. Davlat 
standartida axborot infratuzilmasi axborot 11 resurslariga iste’molchilarning 
kirib borishini ta’minlovchi axborot markazlari, ma’lumotlar banki va 
bilimlarning, aloqalar tizimining yig‘indisi deb ta’rif beriladi. Axborot 
markazi — axborotni yig‘ish, tahliliy qayta ishlash va tarqatish vazifasini 
bajaruvchi tashkilot. Axborot resurslari umumiy ma’noda ishonchli 
axborotni olish uchun tashkil etilgan ma’lumotlar yig‘indisi bo‘lib, u 
matbuot asari va elektron hujjat ko‘rinishida bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, 
bibliografiya — matbuot asarlari, elektron hujjatlar haqida axborot tayyorlab, 
berish hamda ularni ma’lum ijtimoiy maqsadlarda targ‘ib qilish bilan 
shug‘ullanuvchi ilmiy va amaliy faoliyat. Bibliografiya mahsulotlari, 
nazariyasi, uslubiyati bilan shug‘ullanadigan fan bibliografiya fanidir. 
Bibliografiyashunoslik — bibliografiya nazariyasi, tarixi, metodologiyasi, 
texnologiyasi, metodikasi va tashkil etishni o‘rganuvchi va ishlab 
chiqaruvchi ilmiy fan. Bir vaqtning o‘zida bibliografik faoliyatning 
jarayonlarini, ayrim turlarini va qirralarini nazariy, tarixiy, metodik va 
tashkiliy nuqtayi nazardan u yoki bu bilim sohasining o‘ziga xos 
xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘rganish va tadqiq qilish talab etiladi. 
Bu 
bilan 
xususiy 
bibliografiyashunoslik 
shug‘ullanadi. 
Bibliografiyashunoslik termini XVIII asrda G‘arbiy 11 Yevropada paydo 
bo‘ldi 


20 
Bibliograflar tarkibidagi birinchi yo'nalish bo'yicha to'rtta ilmiy fanlar, 
bibliografiya tarixi, bibliografiya tarixi, bibliografik faoliyatni tashkil etish
bibliografik ishlarning umumiy metodologiyasi va texnologiyasini tashkil 
etish. Ba'zi bir jihatlardagi bibliografiyani hisobga olgan holda, umumiy 
bibliograflarga 
kiritilgan. 
Umumiy 
bibliograflarda 
markaziy 
o'rin 
bibliografiya nazariyasi va tarixining mazmuni va qadriyatlarini egallaydi. 
Ikkita boshqa fanning doirasida, bibliografik tadbirlarga doir amaliy va 
uslubiy muammolar ishlab chiqilgan. Ikkinchi ("mavzusi") bibliograflarni 
farqlash yo'nalishi individuografik fanlar bo'yicha taqqoslash, natijalar 
nazariy, tarixiy va tashkiliy va uslubiy va uslubiy va uslubiy qo'llanmadan 
iborat bo'lgan bibliografik tadbirlar jarayonlari bilan bog'liq Ko'rish 
nuqtalari. Shu asosda xususiy bibliograflarning fanlari va individual 
muammolari shakllanadi (masalan, bibliografik manbalar, bibliografiya yoki 
bibliografik xizmat va boshqalar) shakllantiriladi. Bibliografiyashunoslik — 
bibliografiya nazariyasi, tarixi, metodologiyasi, texnologiyasi, metodikasi va 
tashkil etishni o‘rganuvchi va ishlab chiqaruvchi ilmiy fan. Bir vaqtning 
o‘zida bibliografik faoliyatning jarayonlarini, ayrim turlarini va qirralarini 
nazariy, tarixiy, metodik va tashkiliy nuqtayi nazardan u yoki bu bilim 
sohasining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘rganish va 
tadqiq qilish talab etiladi. Bu bilan xususiy bibliografiyashunoslik 
shug‘ullanadi. Bibliografiyashunoslik termini XVIII asrda G‘arbiy 
Yevropada paydo bo‘ldi. XX asrning 70- yillarida aniq ilmiy izohga ega 
bo‘ldi. Buning 4 ta tarkibiy bo‘limi: nazariyasi, tarixi, metodi, tashkiliy 
bo‘limi mavjud. Bibliografiya nazariyasi — bibliografiyaning mohiyatini va 
ijtimoiy ahamiyatini o‘rganadi, ilmiy konsepsiyasini va tushunchalar tizimini 


21 
ishlab chiqadi, hozirgi zamon bibliografik amaliyotni ilmiy tahlil qilishning 
metodologik negizini ishlab chiqadi, bibliografiyaning va bibliografik 
fanlarning axborot faoliyati va informatika, kutubxonachilik ishi va 
kutubxonashunoslik, kitob ishi va kitobshunoslik bilan o‘zaro aloqasini tahlil 
qiladi. Rus bibliografiyasining, jumladan, hamdo‘stlik mamlakatlari 
bibliografiyasining rivojlanishida munosib hissa qo‘shgan A. I. Barsuk, M. 
G. Voxrisheva, N. E. Dobrinina, Y. S. Zubov, O. P. Korshunov, A. V. 
Mamontov, I. G. Morgenshtern, I. I. Reshetinskiy, N. A. Slyadneva, A. V. 
Sokolov, S. A. Trubnikov, Y. M. Tugov, V. A. Fokeyevlar faoliyatini 
o‘rganadi. Bibliografiya tarixi — uning qonuniyatlari va rivojlanish 
tendensiyalarini o‘rganadi. Bunda bibliografiya tarixi jamiyatlar tarixi, 
siyosat tarixi, jamiyatning iqtisodiy, madaniy- 13 ma’naviy 12 hayoti bilan 
bog‘liq holda o‘rganiladi. Rus bibliografiyasi tarixi masalalarini mashhur 
bibliograflar N. V. Zdobnov, M. V. Mashkova, L. M. Ravich, S. A. Reyser, 
B. A. Semyonovker, K. R. Simonlar o‘rganganlar. O‘zbekiston 
bibliografiyasi, umuman, O‘rta Osiyo bibliografiyasi tarixini o‘zbek 
bibliograf olimlaridan M. M. Turopov, Sh. M. Shamsiyev, E. O. Oxunjonov, 
H. Mamatraimova, turkmanistonlik olim A. Yazberdiyevlar tadqiq qilib 
o‘rganganlar. Bibliografiya texnologiyasi — axborot resurslarini, 
bibliografik mahsulotlarni qayta ishlab chiqish mahorati. U axborotni 
yig‘ish, tashkil etish, saqlash, to‘plash, qayta ishlov berish, qidirish, xulosa 
qilish, nusxa ko‘paytirish, uni uzatish va tarqatishni ta’minlovchi texnologik 
komplekslarni 
takomillashtirishda 
ishtirok 
etadi. 
Bibliografiyaning 
metodikasi — bibliografiyaning nazariyasi, tarixi, texnologiyasi, amaliyoti 
bilan uzviy bog‘liq. U bibliografik axborot tayyorlash va iste’molchilarga 


22 
yetkazishning maqsadga yo‘naltirilgan usullari va uslublari yig‘indisidir. 
Bibliografiyaning metodikasini ishlab chiqishda bibliograflardan M. A. 
Briskman, M. P. Bronshteyn, M. P.Gastfer, M. A. Sakdova, S. P. Bavin, S. 
V. Bushuyev, G. E. Mironov, A. M. Gorbunov, O. A. Gurbolikova, 
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi M. Y. Nosirova, M. 
Turopov, Sh. M. Shamsiyev, H. Mamatraimovalar faoliyat ko‘rsatadilar. 
Bibliografiyani tashkil etish — mamlakatda kutubxonachilik va axborot 
markazlarini tashkil etish, bibliografiya xizmati tizimini yaratish, 
rejalashtirish, muvofiqlashtirish, mehnatni ilmiy asosda tashkil etish, 
jamiyatning axborotga bo‘lgan talabini to‘la qondirish imkonini yaratish 
uchun xizmat qiladi. Bibliografiyaning ahamiyati Har bir davrda jamiyat 
taraqqiyoti madaniyatsiz, ma’naviyatsiz amalga oshmaydi, doimo insoniyat 
ma’naviy bilimga, dunyoni bilishga, ilm olishga, o‘zligini anglash uchun 
hayotni tushunishga ehtiyoj sezadi. Tevarak-atrof, voqea va hodisalar, 
ularning mohiyati, mazmuni, maqsadi, ijtimoiy-siyosiy voqealar, ularning asl 
mazmuni, maqsadi, foyda va zarari haqida bilim beruvchi, kishilarni 
ezgulikka, yaxshilikka chaqiruvchi, ruhiy ozuqa beruvchi adabiyotlar haqida 
tezkorlik bilan, maqsadga mos holda ma’- lumot beruvchi ikkinchi darajali 
hujjatlar — bibliografik mah13 sulotlardir. Turli xil yo‘nalishda tuzilgan 
bibliografiyalarning ahamiyati quyidagilarda ko‘rinadi: 1. Bibliografiya 
undan oldingi davrda yaratilgan madaniy boyliklarimiz, kitobatchilik, 
nashriyotchilik ishi tarixi haqida, rivoji haqida ma’lumot beradi. 2. 
Adabiyotlarning mazmuni, maqsadi, undagi asosiy masalalar, muammolar 
bilan tanishtiradi. 3. Kitobxon uchun yangi ma’lumot beradi. 4. Kitobxonga 
o‘qish uchun eng zarur adabiyotlarni tavsiya qiladi. 5. Kitobxonga adabiyot 


23 
tanlashda yordam beradi. 6. Adabiyot tavsiya etadi. 7. Jamiyat hayotida faol 
ishtirok etishga, biror-bir sohada muvaffaqiyatlarga erishishda turtki bo‘ladi. 
8. Shaxsiy hayotida o‘zgarishlar bo‘lishi uchun zamin yaratadi. 9. 
Kitobxonda o‘qish madaniyatini, axborot bilan ishlash madaniyatini 
tarbiyalaydi. 10. Ilmiy-tadqiqot ishlari, tarixni o‘rganish uchun muhim 
manba bo‘lib qoladi 


24 
Xulosa 
Hujjatlar uzoq vaqtdan beri mavjud. Ular yozuv bilan birga paydo bo'lishdi. 
Hujjatlarning asosiy funktsiyalari - ma'lumotni joylashtirish va keyinchalik uzatish, 
axborotni yozish va ularni saqlash. Ushbu vazifalarni bajarishda turli xil, jumladan, 
rasmiy hujjatlar qo'llaniladi. Ular foydalanadigan ijtimoiy hayot sohalari juda xilma-
xildir. Rasmiy hujjatni tashkil etuvchi ikkita qism mavjud. Bu axborot va huquqiy 
element. 70-yillarning boshlarida. Arxivga yangi kontseptsiya kiritildi. Bu "hujjatli 
axborot" atamasi bo'ldi. Buni ommaviy axborot sifatida tushunish yoki inson fikrlash 
shakllari va turli ma'lumotlarning turlari darajasida qayta ishlash va qayta ishlash va 
saqlash uchun moddiy tashuvchida saqlangan bo'lishi kerak. Hujjatning mavjud 
ta'riflarini tahlil qilib, uning talqiniga bir necha yondashuvlar ajratildi. U: Hujjatlar 
matniga qo‘yiladigan eng muhim talablardan biri xolisliktlir. Hujjatlar rasmiy 
munosabatlarni ifodalovchi va qayd etuvchi rasmiy yozma vositalar sifatida axborotni 
xolis aks ettirmog‘i lozim. Shuning uchun hujjatlar tilida so‘z va so‘z shakllarini 
qo‘llashda muayyan chegaralanishlar mavjud. Xususan, rasmiy ish uslubida 
kichraytirish-erkalash qo‘shimchalarini olgan so‘zlar, ko‘tarinki-tantanavor yoki 
bachkana, dag‘al so‘zlar, shevaga oid so‘zlar, tor doiradagi kishilargina tushunadigan 
so‘zlar, o‘xshatish, jonlantirish, mubolag‘a, istiora, tashxis kabi obrazli tafakkur ifodasi 
uchun xizmat qiluvchi usullar ishlatilmaydi. Ularning ishlatilishi hujjatlar matnidagi 
ifodaning noxolisligiga olib keladi. 
Hujjat matni aniqlik, ixchamlik, lo‘ndalik, mazmuniy to‘liqlik kabi lalablarga 
ham javob berishi kerak. Bu talablarga javob bera olmaydigan hujjat chinakam hujjat 
bo‘la olmaydi, bunday hujjat ish yuritish jarayoniga xalaqit beradi. 
Hujjatlar tilida ot turkumiga oid so‘zlar ko‘p qo‘llanadi. Hatto fe’l bilan ifodalanuvchi 
harakat va holatlar ifodasi uchun ham otga yaqin so‘z shakllari tanlanadi, ya’ni “harakat 
nomi” deb ataluvchi so‘z shakllari faol ishlatiladi. 


25 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
1. A.Nurmonov, A.Sobirov, Sh. Yusupova. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”.T.- 2002. 
2. H.Uzoqov, O‘.Mirzakarimova, R.Saidova.”O‘zbek tili amaliyoti”. T.- 1993. 
3. Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev. “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”.T.-2003. 
4. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi I.M.Mo‘minov nomidagi falsafa va huquq 
instituti. “Mustaqillik izohli ilmiy- ommabop lug‘ati”. T.-1998. 
5. Samadov Q. O‘zbek tili uslubiyati. T., 1992. 
6. https://azkurs.org/. 
7. https://fayllar.org/ 

Download 382.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling