Hujjatlartasnifi Reja


Download 30,84 Kb.
bet5/8
Sana13.02.2023
Hajmi30,84 Kb.
#1193075
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Reja Hujjatlar tasnifi Hujjat turlari va xususiyatlari

MA’LUMOTNOMA


Bo‘lgan voqea yoki mavjud holatlarni bildirish-axborot berish mazmunidaifodalaydiganhujjat.Ma’lumotnomalar,odatda,yuqoriidora, mansabdor shaxs hamda oddiy kishilarning ko‘rsatmasiga, talabiga yoki iltimosigabinoantuziladi;so‘ralayotganyokiiltimosqilinayotganaxborot vama’lumotlarnio‘zidaaksettiradi.
Ma’lumotnoma o‘z xususiyati va mazmuniga ko‘ra ikkiga: xizmat ma’lumotnomasi va shaxsiy ma’lumotnomaga bo‘linadi. Xizmat ma’lumotnomasi — muassasa faoliyatiga doir vo qea-hodisalarni rasmiy aks ettiradi va tasdiqlaydi. Xizmat ma’lumotnomasi axboriy xususiyatga
ega bo‘lgan xilma-xil ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, zarur hollarda esa raqamli jadvallar ko‘rinishida tayyorlanadi. Bunday ma’lumotnomalar muassasa faoliyatiga aloqador voqea-hodisalar haqida yuqori idora yoki mansabdor shaxsni xabardor qiladi. Taqdim etilayotgan ma’lumotlar muassasa,jamoaxo‘jaligiishlabchiqarishfaoliyatiningmuhimmasalalari bo‘yicha,uningmoliyaviyfaoliyati,xodim(shtat)larsoni,rejalashtirilgan topshiriqlarning bajarilishi, moddiy-tovar boyliklarining saqlanish holati; mehnat intizomining ahvoli haqida va boshqa so‘ralayotgan masalalar to‘g‘risida bo‘lishi mumkin. Masalan, «Toshkent qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodida 2011-yildagi mehnat intizomi haqida ma’lumotnoma».
Xizmat ma’lumotnomasi ham o‘z navbatida ikkiga — ichki xizmat va tashqi xizmat ma’lumotnomalariga bo‘linadi. Ichki xizmat ma’lumotnomasi — muassasaning ichki ishlari, xo‘jalik faoliyati, biror tarkibiy bo‘linma yoki ayrim xodim haqida tayyorlanib, shu muassasa rahbariga yo‘llanadi. Bunday ma’lumotnomalar bevosita tuzuvchi (bo‘linmaboshlig‘i,kadrlarbo‘limiboshlig‘i,ishyurituvchi,oddiyxodim va boshqalar) tomonidan imzolanadi va oddiy qog‘oz varag‘iga qo‘lda yozilishi ham mumkin.bunday
ma’lumotnomalar xos ish qog‘oziga yoki maxsus bosma ish qog‘oziga
yoziladi va muas sasa rahbari tomonidan imzolanadi.
Har qanday xizmat ma’lumotnomasi boshqa biron-bir hujjatni guvohlantirish yoki muayyan qaror qabul qilish uchun asos bo‘ladi. Ma’lumotnomalar sanasi u imzolangan va yo‘llangan kuni qo‘yiladi, chunki u jo‘natma hujjatlar daftarida qayd etiladi.
Xizmat ma’lumotnomasiga matn mazmunini ochib beruvchi sarlavha qo‘yiladi. Masalan, «Korxonaning ma’muriy-boshqaruv xodimlari soni haqida». Ma’lumotnomada qayd etilayotgan xabarlar taalluqli sana alohida ajratib,asosiymatnoldidanyoziladi.Masalan:«2012-yil1-maydagi
holatga ko‘ra (muvofiq)» yoki « 2012-yil 1-yanvardan 1-sentabrgacha bo‘lgan davr uchun» kabi. Ushbu ma’lumotlarni matn sarlavhasi tarkibiga kiritib yuborish hammumkin.

Rasmiy xizmat ma’lumotnomasida bosma ish qog‘ozidagi yozuvlardan tashqari, yana quyidagi zaruriy qismlar bo‘ladi:





  1. Hujjat jo‘natiladigan yuqori idora yoki mansabdor shaxsning nomi (bosma ish qog‘ozining yarmidan o‘ng tomongayoziladi).

  2. Hujjat nomi(Ma’lumotnoma).

  3. Ma’lumotnomamatnigasarlavha(xatboshidanyoziladi).

  4. Asosiy matn (ma’lumotnomamazmuni).

  5. Mansabdorshaxs(tuzuvchiyokikorxonarahbari)imzosi.

Moliyaviy masalalarni aks ettiruvchi rasmiy ma’lumotnomalardabosh (katta) hisobchining ham imzosi va muhr bo‘ladi. Ba’zan ma’lumotnomalarda ilovalar hamko‘rsatiladi.


Shaxsiy ma’lumotnoma — muassasalar tomonidan fuqarolarning turmushivaishfaoliyatidagiaksarvoqea-hodisalarvaholatlarnitasdiqlab beradiganhamdatalabqilinganjoylargako‘rsatiladiganrasmiyhujjatdir.
Masalan, muassasa ishchi yoki xodimga uning qayerda, kim bo‘lib va qancha maosh olib ishlashi haqida; o‘quvchi va talabaga esa qayerda o‘qishi haqida; fuqarolik holati hujjatlarini qayd qilish (ZAGS) va notarial idoralari hamda mahalla fuqarolar yig’inidan shaxsning tug‘ilganligi yoki vafot etganligi to‘g‘risida, nikoh bo‘lganligi yoki a jralganlik haqida (hujjatlaryo‘qolganda);tumanvashaharijtimoiyta’minotbo‘limi shaxsning nogironligi, nafaqasining miqdori, avtomobilga ega emasligi haqida; shifoxonalar kishining sog‘lig‘i (kasal emasligi) haqida; mahalla idoralariyokiuy-joyboshqarmalarishaxsningyashashjoyi,egallabturgan uy-joyining maydoni yoki oila a’zolarining soni haqida ma’lumotnomalar beradi. Bulardan tashqari, ichki ishlar va adliya idoralari tomonidan ham fuqarolarga tasdiqlovchi, guvohlantiruvchi ma’lumotnomalarberiladi.
Yuqoridagi ma’lumotnomalar zaruriy hisoblanadi. Biroq idoralarda o‘tirib olgan ayrim rasmiyatchi mansabdorlar xohishi bilan zarur bo‘lmagan kezlarda ham ma’lumotnoma talab qilinadigan hollar bo‘lib turadi.
Shaxsiy ma’lumotnoma o‘zining zaruriy qismlari jihatidan rasmiy
xizmatma’lumotnomasigayaqinturadi,chunkishaxsiyma’lumotnomalar hamaksarhollardaxosishqog‘ozigayokioldindantayyorlanganbosma ishqog‘ozigayoziladi.Ushbuishqog‘ozlaridabirqanchazaruriyqismlar va takrorlanuvchi iboralar o‘z aksini topgan bo‘ladi. Shaxsiy ma’lumotnomalardauyo‘llanganidorayokishaxsnomibo‘lmaydi.Buning o‘rnigama’lumotnomaningasosiymatnidanso‘nguningmaqsadi:«Ish joyiga(yashashjoyiga)ko‘rsatishuchunberildi»,«Qarshidagi24-bolalar bog‘chasigataqdimetishuchunberildi»tarzidako‘rsatiladi.Bosmaish qog‘ozlari bo‘lmagan hollarda ma’lumotnomalar oddiy qog‘ozga qo‘lda yokikompyuterdayoziladivauningchapburchagigakorxonayokijamoat tashkilotining to‘rtburchak muhri qo‘yiladi, uning qarshisiga, o‘ng tomonigaMA’LUMOTNOMAso‘ziyoziladi.

Shaxsiy ma’lumotnomalar quyidagi zaruriy qismlarni o‘z ichiga oladi:





  1. Ma’lumotnoma beruvchi tashkilotningnomi.

  2. Ma’lumotnomaningtartibraqamivaberilgansanasi.

  3. Hujjat turining nomi(Ma’lumotnoma).

  4. Ma’lumotnomaberilayotganshaxsningismi,otaismiva

familiyasi.

  1. Ma’lumotnomamatni(utasdiqlayotganvoqeayokiholatbayoni).

  2. Ma’lumotnomaning maqsadi (ma’lumotnomako‘rsatiladigan,

taqdim. etiladigan joy nomi).

  1. Mansabdorshaxs(lar)ningimzosi(lavozimivafamiliyasi).

  2. Muhr.

Dastlabki uch zaruriy qism bosma ish qog‘ozida (bosma ish qog‘ozi bo‘lmagan hollarda to‘rtburchak muhrda) o‘z aksini topganbo‘ladi.


Ish haqini tasdiqlash haqidagi va pul bilan bog‘liq boshqa shaxsiy ma’lumotnomalarga tegishli muassasaning bosh (katta) hisobchisi ham imzo qo‘yishi kerak.
Ma’lumotnomalarning bu turi ham jo‘natma hujjatlar daftarida qayd
etilib, xodim qo‘liga beriladi.


TILXAT.


Ma’lum bir shaxsdan yoki muassasadan pul, hujjat, qimmatbaho buyumlar yoxud boshqa biror narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat.
Tilxat birgina nusxada tayyorlanadi hamda pulli va qimmatbaho hujjat sifatida saqlanadi.

Tilxatning asosiy zaruriy qismlari:





  1. Hujjatning nomi(Tilxat).

  2. Matn:

  1. tilxatberuvchishaxsninglavozimi,familyasi,ismivaotaismi;

  2. pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsani beruvchi shaxsning lavozimi,familiyasi,ismivaotaismi(zaruriyatbo‘lgandamuassasanomi);

v) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsaning nomi va ularning
miqdori(zaruriyatbo‘lgandabahosi);
g) olinayotgan buyumning texnikaviy holati (agar u mashina, apparatlar
va sh. k. bo‘lsa).

  1. Tilxat berilgansana.

  2. Tilxat muallifiningimzosi.

Olinadigan pul miqdori yoki buyumning bahosi va uning soni tilxatda raqamlar bilan ko‘rsatiladi, qavs ichida esa so‘zlar bilan ham berilishi shart.


Matnvaimzooralig‘idagibo‘shjoylarchiziladi.Tilxatdagiyozuvlarni o‘chirish yoki tuzatish mumkin emas, aks holda bunday hujjatning haqiqiyligishubhaostigaolinishimumkin.
Ba’zan tilxatda guvohlar ham ko‘rsatiladi. Bunday hollarda guvohlar o‘z imzolari bilan hujjatni tasdiqlashlari kerak.



Download 30,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling