Huquq normalarini sharhlash tushunchasi
Sistematik (tizimli) usulda
Download 126 Kb.
|
Huquq normalarini sharhlash
Sistematik (tizimli) usulda - tatbiq etiladigan huquqiy normaning mazmunini boshqa huquqiy normalar bilan solishtirib, uning tegishli huquq sohasi normalari tizimidagi o’rnini aniqlash kerak.Tizimli sharhlash huquq normalari o’rtasidagi ziddiyatlarni aniqlashga yordam beradi.Bu usulda tatbiq etilayotgan huquqiy normaning yangisi bilan almashtirilganligi, qo’llashda qoidadan istisno bor-yo’qdigi aniqlanadi.Masalan, O’zR FKning 321-moddasida mulkni ijaraga oluvchi tomonidan yomonlashtirilgan holda etkazilgan zararlarning ijaraga beruvchiga to’lanishi to’g’risida aytiladi.Zararning to’la-nishi to’g’risida O’zR FKning 479-moddasida ham aytiladi. Bu erda zarar etkazilishi, shartnoma bo’yicha olingan majburiyatning buzilishi uchun bu moddalar bir-biri bilan solishtirilib, etkazilgan zararning undirilishi masalasi o’zR FKning 479-moddasi bilan emas, balki 321-moddasi bilan hal etiladi.
Muayyan turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonunchilik hujjatlaridagi bo’shliqlarni aniqlashda ularni tizimli tahlil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, huquq tizimiga birlashgan normativ hujjatlar bir-birini to’ldirib, aniqlashtirib turadi va ijtimoiy munosabatlarni to’liqroq tartibga solinishini ta’minlaydi. Tizimli sharhlashda tegishli qonun normasi boshqa turdosh normalar bilan taqqoslanadi va ular o’rtasidagi ziddiyatlar aniqlanadi. Bu usuldan qonun hujjatlari yangi tahrirda qabul qilinganda yoki boshqasi bilan almashtirilganda, eskisida nazarda tutilgan va yangisida nazarda tutilishi kerak bo’lgan holatlar e’tibordan chetda qolib ketmaganligini aniqlashda foydalanish mumkin. Agar ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi norma boshqa huquqiy hujjatga havola qilsa, u havola qilayotgan normativ hujjatga murojat qilish lozim bo’ladi. Agar havola qilingan normative hujjat bo’lmasa, bu holda o’z o’zidan bo’shliq mavjudligi aniqlanadi. Huquqdagi bo’shliqning vujudga kelishining oldini olish maqsadida qonun normasi bilan bir qatorda u havola qilayotgan normalar ham qabul qilinishi lozim, aks holda qonunning qo’llash jarayonida huquqdagi bo’shliq vujudga kelishi mumkin. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 64-moddasi 4-qismida “Aksiyadorlar jamiyatining huquqiy mavqei hamda aksiyadorlarning huquq va burchlari ushbu Kodeks (bu erda, Fuqarolik kodeksi) va boshqa qonunlar bilan belgilanadi”1, deyilgan.Bu yerda ko’rib turganimizdek boshqa qonunlar deganda qonunshunos qanday qonunlar ekanligini nazarda tutmagan. Albatta, qonunlarda bunday holatlarning kiritib qo’yilishi tartibga solinuvchi obyekt doirasining kengligi va bitta qonun normasi bilan tartibga solib bo’lmasligida ifodalanadi. SHuningdek, qonunda kiritib qo’yilgan “boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi”, degan jumla shunday holat belgilan gan qonundan ham avval, ham keyin qabul qilinadigan qonunlarni nazarda tutadi. Download 126 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling