Huquq normalarini sharhlash tushunchasi


autentik sharhlash (aktni chiqargan organ tomonidan amalga oshiriladi)


Download 126 Kb.
bet7/14
Sana07.03.2023
Hajmi126 Kb.
#1248110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Huquq normalarini sharhlash

autentik sharhlash (aktni chiqargan organ tomonidan amalga oshiriladi);

  • legal sharhlash (vakolatli subyekt tomonidan beriladi).

    O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 3-qismiga asosan, O’zbekiston Respublikasining Kon-stitutsiyaviy sudi Konstitutsiya va qonun normalarini yuridik kuchiga qarab sharhdaydigan yagona organdir. Bu sharhlash rasmiy normativ bo’lib, barcha davlat organlari, korxona-lar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.
    Kazual sharhlash ham rasmiy deb hisoblansada, u umummajburiy xarakterga ega bulmaydi va muayyan hodisaga nisbatan huquq normasini qo’llash jarayonida amalga oshiriladi. U aniq bir ishni vakolatli organ tomonidan ko’rib chiqilayotgan paytda beriladi va aynan ushbu ish uchun majburiy xarakterga ega bo’ladi.
    Huquqiy normalarni kazual sharhlashda sud organlari har bir fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va boshqa ishlarni ko’rayotganda tegishli huquqiy normalar bilan bu ishlarni ko’rib, hal qilish chog’ida huquqiy normalarni sharhlaydi. Sudning har bir fuqarolik ishi bo’yicha chiqargan qarori yoki jinoiy ishlar bo’yicha chiqargan hukmi huquqiy normani kazual (kazus) sharhlash asosida amalga oshadi.Bu norasmiy sharhlashdir.
    O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Sudlar to’g’risida»gi qonunining 16-moddasi 4-bandiga asosan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi sud amaliyotini umumlashtirib ko’rib chiqadi va qonun huj-jatlarini qo’llash masalalari bo’yicha ularni sharhlab, das-turiy ko’rsatmalar beradi.
    Norasmiy sharhlashning ilmiy (doktrinal), malakali (professional), va oddiy ko’rinishlari mavjud.
    Ilmiy (doktrinal) sharhlash bu huquq sohasidagi mutaxassislar, olimlar tomonidan amalga oshiriladigan va ilmiy ahamiyatga ega bo’lgan norasmiy sharhlash turi. Nazariy (doktrinal) sharhlash huquq sohasi mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi va ilmiy xususiyatga ega bo’ladi. Bular – huquqshunos olimlarning maqolalari, monografiyalari va aholi oldidagi og’zaki chiqishlaridir. Bunday tushuntirishlarning o’ziga xos xususiyati ularning ishonchliligi, ilmiy yondashuvlarga asoslanganligi va sharh egasi bo’lgan shaxs obro’sidadir. Amaliyotchi-yuristlar uchun majburiy bo’lmaganiga qaramay, bunday tushuntirishlar, baribir, huquqiy normalarni tushunish va qo’llashda bir xillikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Norasmiy ilmiy sharhlash natijalari davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxona, muassasa, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy bo’lmasada, huquqiy normalarning mazmunini sharhlab, tushuntirib beradi. Bu sharhlash huquqiy normalarni amaliyot bilan bog’lab, kishilarning huquqiy ongini va huquqiy madaniyatini rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi. Norasmiy sharhlash qonunlarni takomillashtirishga, huquqni muhofaza etuvchi organlar faoliyatini yaxshilashga, qonunchilikni mustahkamlashga yordam beradi. Masalan, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga sharh, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga, Fuqarolik kodeksiga, Mehnat kodeksiga va boshqa Kodekslariga sharhlar mavjud.

    Download 126 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling