Huquq normalarini sharhlash tushunchasi


Huquq normalarini sharhlash tushunchasi


Download 126 Kb.
bet2/14
Sana07.03.2023
Hajmi126 Kb.
#1248110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Huquq normalarini sharhlash

Huquq normalarini sharhlash tushunchasi

Huquqni sharhlash tushunchasi huquqshunoslikda alohida ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, sharhlash faqat yuridik fanlarga tegishli bo’lmay, balki yozma manbalar bilan ishlaydigan barcha ijtimoiy fanlarda ham qo‘llaniladi. Sharhlashning tarix, adabiyotshunoslik va boshqa ijtimoiy fanlarda bilish va talqin qilish jarayoni sifatida tutgan o‘rni beqiyosdir. Sharhlash iborasi lotinchada “interpretatsiya” iborasiga to‘g‘ri keladi. Sharhlovchi subyekt esa interpretator deb ataladi. Ijtimoiy fanlarda “sharhlash” kategoriyasi “talqin qilish”, izohlash”, “tushuntirish” kabi sinonim tushunchalar tarzida qo‘llaniladi.
Huquq normalarini sharhlash jamiyat huquqiy ongi va madaniyatining darajasi bilan bevosita bog‘liq. Huquqiy madaniyatning yuksalib borishi turmushning barcha tomonlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi demokratik huquqiy jamiyatga xos tabiiy qonuniyatdir.2 Jamiyatning huquqiy ongi esa ko’p jihatdan har bir alohida shaxsning va umuman jamiyatning huquqiy normalar, qonun talablarining ma’nosini to‘g‘ri tushunish qobiliyatini, binobarin, qonuniylikka rioya etish darajasini belgilab beradi. Huquq normalarini sharhlash muammosi huquqiy davlat barpo etilayotgan hozirgi sharoitda, ayiqsa, dolzarbdir.
Kundalik hayotimizda doimiy ravishda uchraydigan “sharhlash”, “izohlash” va “talqin qilish” kabi tushunchalar bir xil ma’no kasb etadi va huquq normalarining mazmuni hamda mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi.
Sharhlash aqliy-ijodiy faoliyat bo‘lib, bu jarayonda ilmiy nuqtayi nazardan huquqning chuqur xususiyatlari anglanadi, huquq normalarida ifodalangan ko‘rsatmalarning mohiyati obyektiv va ishonchli tarzda bayon etiladi.
Sharhlash muayyan faoliyat, jarayon (aqliy-irodaviy, tashkiliy) bo’lib, u muayyan muddatda amalga oshadi. U o‘z ichiga ikkita mustaqil jihatni, ya’ni anglab olish (o‘zi uchun) va tushuntirish (boshqalar uchun) ni qamrab oladi.1

Download 126 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling