Huquq normalarini sharhlash tushunchasi


Huquqning ma’nosini aniqlash va tushunish


Download 126 Kb.
bet4/14
Sana07.03.2023
Hajmi126 Kb.
#1248110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Huquq normalarini sharhlash

Huquqning ma’nosini aniqlash va tushunish, ya’ni shaxsning huquq normasini anglash va o’rganish jarayonidir. Bunda shaxs huquq haqidagi dastlabki tasavvurga ega bo’ladi, u haqidagi mavjud ma’lumotlarni o’zlashtiradi.

  • Huquq normasining mazmunini tushuntirib berish—vakolatli davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning normativ-huquqiy hujjatlarda mujassamlangan davlat irodasini huquqiy munosabatlarning boshqa ishtirokchilariga bayon etish va tushuntirishga qaratilgan maxsus faoliyatidir. Tushuntirishning tashqi ko’rinishidan qat’iy nazar, u huquq normalarini mazmuniga ko’ra muhokama qilish va baholashni o’z ichiga oladi. Bu muhokama va baholashlar sharhlanayotgan normalarning mazmuniga qo’shimcha aniqliklar kiritishning asosiy usulidir. Yurist-amaliyotchilar davlat organlari tomonidan chiqarilgan sharhlash hujjatlaridan tez-tez foydalanadilar. Vakolatli organlar tomonidan chiqariladigan bu turdagi tushuntirishlardan foydalanish huquqiy normalarni to’g’ri qo’llashning sharti hisoblanadi.

    Shunday qilib, huquq normalarini sharhlash deganda, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat tashkilotlari va alohida fuqarolarning huquq normalari mazmunini aniqlashga, ularda ifodalangan davlat hokimiyati irodasi mazmunini tushuntirib berishga qaratilgan maxsus faoliyati tushuniladi.2
    Sharhlash eng umumiy va mavhum tabiatga ega bo’lgan huquq normalarini, jamiyatda vujudga keluvchi alohida munosabatlarga tatbiq etish ehtiyoji tufayli vujudga keladi. Professor S.S.Alekseyevning fikricha, qonun chiqaruvchi idora normative ko’rsatmalarni shakllantirar ekan, kelajakka, ijtimoiy hayotda vujudga kelishi ehtimol tutiladigan o’zgarishlarni nazarda tutadi.Shunday qilib, huquq normalarini, ayniqsa, yuksak normativ umumlashganlik darajasi bilan ajralib turuvchi normalarni amalga oshirishda, ularni ayrim olingan alohida hodisaga nisbatan qo’llashda bu normalarni sharhlash zarurati yuzaga keladi. Huquqni sharhlash natijasida uning mazmuni, ijtimoiy vazifasi, amaliy ahamiyati aniqlanadi, anglab yetiladi va tushuntirib beriladi.
    Sharhlashning maqsadi qonun chiqaruvchi idoraning huquq normasida mujassamlashgan irodasini, ushbu norma bilan bog’liq deb hisoblagan tasavvurlar va tushunchalarni ifodalashdan iborat.
    Sharhlashning asosiy vazifasi qonun chiqaruvchi idora qonunchilik hujjatida bayon etgan qoidaning mazmunini ochib berishdir. Huquqning mazmunini aniqlash sharhlashning maxsus usul va yo’llarini qo’llash orqali amalga oshiriladi. Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar matnidagi so’z va iboralarni grammatik, mantiqiy va yuridik jihatdan talqin etish sharhlovchi subyektdan ijodiy va ilmiy yondashuvni talab qiladi. Huquqni sharhlashning amaliy ahamiyati ko’proq sud, prokuratura, ichki ishlar organlari kabi huquqnni qo’llash faoliyati bilan shug’ullanuvchi davlat idoralari uchun muhimroqdir, zero ular kundalik faoliyatida huquqqa oid masalalar bilan bevosita shug’ullanadi va huquq normalarini to’g’ri tatbiq qilish uchun mas’uldirlar.
    Yaqin o’tmishda faqat mazmuni mavhum bo’lgan qonunlar sharhlanishi kerak, deb hisoblanib, yangi qonunlarni sharhlash taqiqlab qo’yilgan. Akademik V.S.Nersesyansning fikricha, agar sharhlovchi subyekt tomonidan sharhlash yordamida yangi qoida o’rnatilmasa, u o’zgartirilmasa yoki bekor etilmasa, sharhlashni cheklab qo’yish kerak emas. Huquqning mazmuni qonun sifatida rasmiylashtirilishidan oldin tushunib olinishi, xuddi shuningdek, alohida huquq normasining mazmuni, u tatbiq etilishidan oldin aniqlanishi shart.1

    Download 126 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling