Hurmatli uztozlar bu yilgi toifa sinovlarida hammaga omad tilayman!!!


Download 169.36 Kb.
bet26/65
Sana09.01.2022
Hajmi169.36 Kb.
#258472
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   65
Bog'liq
2 5393236557240995252

Jo‘jixon ulusi - Oltin O‘rda



Argentinada XIX asr oxiri XX asr boshlarida sotsialistik partiya nima uchun kurash olib bordi?

1895-yilda Sotsialistik partiya tuzildi. Partiya diniy ta’limni bekor qilish, yagona soliq joriy qilish, kasaba uyushmalarini birlashtirish va namoyishlarga ruxsat uchun kurash olib bordi. 18 yoshga to‘lgan erkak fuqarolarga (ruhoniy va harbiylardan tashqari) umumiy saylov huquqini berish to‘g‘risida qonun chiqarilishiga erishildi.



Oltin O’rdaga qaysi hudud kirmagan? Xorazm, Qrim, Dashti Qipchoq

Xorazm



1446-yil Abulxayrxon bilan bo’gliq voqea...

Abulxayrxon 1446-yilda esa Sirdaryoning o‘rta oqimida joylashgan Sig'noq, Oqqo‘rg‘on, Arquq, O‘zgan va Suzoq shaharlarini bosib oldi. Davlat poytaxtini esa Sig‘noqqa ko‘chirdi.



Solon islohotlari

Solon degan zodagon, xalqqa yon berishning qattiq tarafdori bo'lgan.

Zodagonlar Solonga ishonishdi va uni Afina hukmdori etib saylashdi. Mil. avv. 594-yilda Solon davlatni idora qilishning oldingi tizimini o'zgartirdi. Avvalgi boshqaruv tizimi – aristokratiya (aslzodalar hokimiyati)ni demokratiya (xalq hokimiyati)ga almashtirdi. Davlatni boshqarishda faqat erkak fuqarolar ishtirok eta olardi.

Ayollar va chet elliklar (ularni meteklar deyishgan) qabul qilinayotgan qonunlar muhokamasida va ovoz berishda ishtirok eta olmasdilar.

Solonning taklifi bilan dehqonlarning qarzlari va qarzdorlarni qul qilish bekor qilinadi. Davlat boshqaruvidagi islohotlar Xalq majlisi faoliyati tiklanishi va nasl-nasabidan qat'iy nazar afinaliklar uchun ham davlat mansablarini egallash imkoniyatini ko'zda tutar edi.





Shohmurod tarxon unvonini kimlarga bergan?

Amir Shohmurod mamlakat hayotida savdogar va hunarmand qatlamining qanchalik ahamiyatga egaligini to‘g‘ri baholay oldi. Shuning uchun ham savdo va hunarmandchilikning o‘sishi uchun barcha zarur sharoitlarni ta’minlab berdi. Xususan, Buxoro aholisiga Tarxon yorlig‘i yozib berdi. Unga ko‘ra, aholi savdo daromadidan to'laydigan boj solig‘idan ozod etildi. Hunarmandlardan pul yig‘ish, ularni majburiy mehnatga jalb etish taqiqlandi. Asosiy soliq xiroj miqdori kamaytirildi.


Download 169.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling