I – bob. Texnik termodinamika asoslari 1-§. Fanning maqsadi, vazifalari va asosiy tushunchalar termodinamika


-rasm. O‘zgarmas hajmda va o‘zgarmas bosimdagi issiqlik sig‘imi


Download 1.29 Mb.
bet11/30
Sana07.02.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1173283
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
Bog'liq
1-m (копия)

7-rasm. O‘zgarmas hajmda va o‘zgarmas bosimdagi issiqlik sig‘imi.
Demak, bir gazning o‘zini bir xil sharoitda bir xil haroratgacha qizdirilganda izobarik jarayonda izoxorik jarayonga nisbatan ko‘p issiqlik sarflash kerak bo‘ladi.
Ikkala tsilindrda ham gaz bir xil haroratga qadar qizigani uchun ikkinchi holda (Р – const) issiqlik bajarilgan ish miqdori qadar ( l ) ko‘p sarflanadi:
qp = qv + l (54)
l = P ( v2 – v1 ) = p v (55)
Gazlarning issiqlik sig‘imi uning fizikaviy tabiatiga, jarayon bajarayotgan sharoitga, shuningdek, haroratga bog‘liq bo‘ladi.


7-§. IDEAL GAZ ARALASHMALARI. DALTON QONUNI.
ARALASHMA TARKIBINING BERILISH USULLARI.

Ishchi jism ko‘pincha bir necha gazlarning aralashmasidan iborat bo‘ladi. Masalan, ichki yonuv dvigatellarida tarkibiga vodorod, kislorod, uglerod II oksid, azot, karbonat angidrid va suv bug‘lari kiradigan yonish maxsulotlari ishchi jismni tashkil qiladi.


Gazlar aralashmasining barcha tarkibiy qismlari bir xil harorat va bir xil to‘la hajmga ega deb faraz qilinsa, xar qaysi komponent, barcha aralashma kabi, ideal gazning holat tenglamasiga bo‘ysunadi. Bu holda aralashmani hosil qiluvchi bir – biri bilan kimyoviy reaksiyaga kirishmaydigan komponentlarining bosimi Dalton qonuniga bo‘ysunadi.
Dalton qonuni
Dalton qonunining ta’rifi: Gazlar aralashmasining bosimi aralashma tarkibiga kiruvchi komponentlarning parsial bosimlarining yig‘indisiga teng:
P = p1 + p2 + …+pn (56)
bunda p1 + p2 + …+pn - aralashma komponentlarining parsial bosimlari.
Gazlar aralashmasidagi biror komponent aralashma haroratida bo‘lib, bir o‘zi shu aralashma egallagan hajmni to‘ldirganda ko‘rsatadigan bosimi, ayni shu komponentning (gazning) parsial bosimi deyiladi.
Dalton qonuni ideal gazlar uchungina o‘rinlidir.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling