I – bob. Texnik termodinamika asoslari 1-§. Fanning maqsadi, vazifalari va asosiy tushunchalar termodinamika


– rasm. Aylanma jarayonni p –v diagrammada tasvirlanishi


Download 1.29 Mb.
bet27/30
Sana07.02.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1173283
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
1-m (копия)

1 – rasm. Aylanma jarayonni p –v diagrammada tasvirlanishi.

Musbat ish olinadigan tsikllar to‘g‘ri tsikl yoki issiqlik dvigatelining tsikli deb ataladi va p – v diagrammada yo‘nalishi soat strelkasining harakat yo‘nalishiga mos keladi.


Ish sarflanadigan, ya’ni siqilish ishi kengayish ishidan katta bo‘lgan tsikl – teskari tsikl yoki sovutish mashinasining tsikli deb yuritiladi. Tsikllar qaytar yoki qaytmas bo‘lishi mumkin. Muvozanatli qaytar jarayonlardan tashkil topgan tsikl qaytar, aks holda qaytmas tsikl deyiladi.
Issiqlikni mexanik ishga aylantiradigan dvigatellarning uzluksiz ishlashi uchun ishchi jismga (gazga) Q1 issiqlikni oladigan sovutgich bo‘lishi kerak. Shunda Q = Q1 – Q2 issiqlikni ishga aylantirishga imkon bo‘ladi.
Bunda issiqlikni iloji boricha ko‘proq qismini ishga aylantirishga harakat qilish lozim. Termodinamikaning birinchi qonuniga ko‘ra:
Q1 – Q2 =  U + L (5)
Aylanma jarayonda U = 0, u holda
Q1 – Q2 = L (6)
Demak, tsiklda olingan foydali ishni shu tsiklda amalga oshirishda ishchi jismga berilgan Q1 issiqlikka nisbatiga tsiklning termik foydali ish koeffisienti (FIK) deb ataladi. Termik FIK t bilan belgilanadi va quyidagicha aniqlanadi:
(7)
yoki
(8)
1 kg ishchi jism uchun:
(9)
(10)
Ma’lumki, doimo t <1. t ning qiymati qanchalik katta bo‘lsa, ishchi jismga berilgan issiqlikning shunchalik ko‘p qismi foydali ishga aylanadi va tsikl shunchalik mukammal bo‘ladi.


16-§. SOVUTISH KOEFFISIENTI. KARNO TSIKLI (DAVRIYLIGI)
VA TERMIK F.I.K.
Barcha ideal tsikllar orasida 1824 yilda fransuz olimi Sadi Karno taklif qilgan va uning nomi bilan ataladigan tsikl – Karno tsikli eng mukammal tsikldir.
Karno tsikli qaytar tsikldir. U to‘rtta jarayon: 2 ta izotermik va 2 ta adiabatik jarayondan tashkil topadi (2 – rasm).


Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling