I. A. Karimov o'zining "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q" nomli
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. Karimov 0 ‘ZBEKIST0N TARIXI PREDMETI, NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI VA UNI 0 ‘RGANISHNING AHAMIYATI
KIRISH XX asr oxiri o'zbek xalqi tarixida olamshumul ahamiyatga molik davr boidi. O'zbekiston mustaqil taraqqiyot yoiiga kirdi, asriy orzusi ushalgan xalq o'z taqdirini o'z qo'li bilan yaratadigan bo'ldi. Kelajagi buyuk davlatni qurish va mustahkamlash uchun jamiyatni harakatga keltiruvchi komil insonlarni yetishtirish talab etiladi. Buning uchun jam iyatning har bir a ’zosi dastaw al, o'zligini anglashi kerak. Prezidentimiz I. A. Karimov 'Tarixiy xotiiasiz kelajak yo‘q" deb atalgan risolasida, — "o'zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi.1 Tarixni yaxshi bilmasdan turib yuksak mavqega erishish mumkinmi? Albatta, mumkin emas. Ma’naviyatini tiklashi, tug'ilib o'sgan yurtida o'zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko'tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak...2 Tarixiy xotirasi bor inson - irodali inson. Takror aytaman, u irodali insondir... Jamiyatning har bir a’zosi o'z o'tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlami yo'ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o'rgatadi. Irodasini mustahkamlaydi" — deb ta’kidlaydilar.3 Respublikamizda diniy ekstremizm va fundamentalizm kabi milliy qadriyatlarimizga yot, zararli oqim qarashlaming paydo boiib qolishi ayrim yoshlarimizning adashib shunday manfur guruhlaming malayiga aylanib qolayotgani Prezidentimiz lslom Karimovning yuqoridagi gaplari naqadar to'g'ri ekanini yana bir bor isbotidir. I.A.Karimov o'zining "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q" nomli risolasida yana shunday deb yozadilar : "Modomiki, o'z tarixini bilgan, undan ruhiy quw at oladigan xalqni yengib bo'lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan quiollantirishimiz zarur4. Prezidentimizning yuqorida eslatib o'tilgan risolasida yurtimizda tarixni o'rganishni davlat siyosati darajasiga ko'tarilganini ko'rishimiz mumkin. Shuning uchun ham O'zbekiston tarixi fani barcha oliy va o'lta maxsus ta’lim o'quv yurtlarida, litseylar va kasb-hunar kollejlari, umumta’lim maktablarida o'qitilmoqda, bitiruvchilar esa yakuniy Davlat attestatsiyalarini topshirmoqdalar. 1 lslo m K arim ov. T arixiy x o tira siz kelajak y o ‘q. - T.: "S h arq ”, 1998 yil, 5-bct. KD^sha m a n b a 8-bet. K )4sh a m a n b a 9-bet. 40 ‘sha m an b a 2 4 -2 5 - betlar.
Prezidentimiz bu ishga shaxsan o'zlari, bosh-qosh bo'lmoqdalar. U kishining tarixchi o lim lar bilan uchrashuvlari, V azirlar Mahkamasining bu masalaga bag'ishlangan bir qator qarorlari va farmoyishlari yuqoridagi fikrimizning isbotidir. 1998—1999 o'quv yilidan boshlab Oliy o ‘quv yurtlarining nomutaxassis yo'nalishlarida O 'zbekiston tarixini m uam m oli ma’ruzalar taizida o'rganish yo'lga qo'yildi. Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanm a Oliy va o ‘rta maxsus ta ’lim vazirligining 2011-yil 17-noyabrdagi namunaviy dasturi asosida tayyorlangan bo‘lib, unda har bir mavzu yangi pedagogik texnologiyalar ko‘magida quyidagi mualliflar jamoasi tomonidan tayyorlandi: I—III mavzular o'qituvchi O. Begmatov, IV—VI mavzular katta o ‘qituvchi T. Madaminov; V ll-IX mavzular katta o'qituvchi H. Eigasheva; D. Miizahamdamova; X—XII mavzular siyosiy fanlar nomzodi RT.Qodirov; XIII—XV mavzular o'qituvchi B. Abdullayev; XVT—XVII mavzular O. Begmatov, R.T. Qodirovlar tomonidan tayyorlandi. Fan yuzasidan amaliy m ashg‘ulotlar ishlanmasi, foydalanilgan va tavsiya etilgan adabiyotlar O. Begmatov va R. T. Qodirovlar ishtirokida, amaliy mashg‘ulotlardagi krossvordlar O. Begmatov, H. Ergashevalar tomonidan tuzildi. 0 ‘quv-uslubiy qo'llanma talabalami Vatanimiz tarixini chuqur o‘rganishga bo‘lgan intilishiga oz bo‘lsa-da yordam berish, Vatan tarixini o'rganishda professor-o‘qituvchilarimiz mehnatini yanada samarali bo'lishini ko'zlab tayyorlandi. QoMingizdagi kitobcha ilmiy tadqiqotlar m ahsuli bo lgan monografiya emas, balki, u mavjud nashr qilingan adabiyotlardan foydalanib tuzilgan ma’ruzalar matni hamda seminar mashg‘ulotlari mavzulari yuzasidan uslubiy tavsiyalar to‘plamidir. Shunday ekan, tabiiyki, kamchiliklardan xoli emas. 0 ‘z fikrini aytib, to‘plam sifatini yaxshilashga yordam bergan o'itoqlaiga, mualliflar oldindan tashakkur bildiradi.
"Tarixiy xotira tuyg'usi to‘laqonli ravishda liklangan, xatq bosib o'tgan yo'l o'zining barcha muvqffaqiyat va zpfarlari, yo'qotish va qurboniari, quvonch va iztimblari bilan xolis va haqqoniy o ‘rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo'ladi"1 I. Karimov 0 ‘ZBEKIST0N TARIXI PREDMETI, NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI VA UNI 0 ‘RGANISHNING AHAMIYATI Reja:
1. O'zbekislon tarixi fani predmeti va manbalari. 2. O'zbekiston tarixini yoritishning nazariy va metodologik asoslari. 3. Yosh avlodni tarbiyalashda O'zbekiston tarixining ahamiyati.
• ialabalami guruhlarga (sharoitga qarab) ajratiladi; • talabalar mashg'ulotni o'tkazishga qoYitgan íalab va qoidalar
• talabalar yakka tartibda o ‘tilgan mavzju yoki yangi mavzM bo *yicha tarqatma materialda berilgan tushunchalar bilan tanishadilar; • talabalar tarqatma materialda mavzu bo yicha berilgan tushunchalar yoniga egallagan (yokio'zJarining) bilimlariasosida (berilgan tushunchalami qanday tushungan bo ‘¡salar shunday) izoh yozpdilar (yakka tartibda); • o ’qituvchi tarqatm a m aterialda mavzu b o ‘yicha berilgan tushunchalami o ‘qiydi va jamoa bilan birgalikda har bir tushunchaga to ‘g ‘ri izohni belgilaydi yoki ekranda har bir tushunchaning izohi berilgan slayd orqali (imkoni bo ‘Isa) tanishtiriladi; • har bir talaba to'g'ri javob bilan belgilangan javoblarhingfarqlami aniqlaydilar, kerakli tushunchaga ega bo ‘ladilar, o "z~o ‘zJarini tekshiradilar, baholaydilar, shuningdek bilimlarini yana bir bor mustahkamlaydilar. boh: "Tushunchalar tahliir uslubini "Chaynvord", "UzJuksiz zpnjir", "Klaster", "Blits-zpnjir" shaklida ham tashkil etish mumkin. ‘Islom Karimov. Yuksak m a’naviyat - yengilm as kuch. - T.: "M a’naviyat", 2008 yil, 97-bet. 5 "Tushunchalar tahlili" uslubidan bir darsning o 'zida dars boshlanishida o'tgan mavzjuni takrorlash, mustahkamlash yoki yangi mavzu bo'yicha talabalaming dastlabki bilimlari, qanday tushunchalami egallaganliklari va shu darsning oxirida bugungi mavzudan nimalami bilib olganliklarini aniqlash uchun ham foydalanish mumkin. Tarix — arabcha so'z bo'lib, "o'tmish", "o'tgan voqealar haqida aniq hikoya qilish" ma’nolarini anglatadi, tarix butun insoniyatning uzoq o'tmishdan to hoziigi kunlargacha bosib o'tgan hayot yo'lini, avloddan avlodga meros qoluvchi, doimo rivojlanib, boyib boruvchi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, davlat qurilishi sohalaridagi tajribalarini, xalqlarni yetaklagan tarixiy shaxslar faoliyatini tartibga solingan holda o'iganuvchi, tasvirlovchi fandir. O zbek xalqining ezgu orzusi ro'yobga chiqib, o'z mustaqiUigini qo'lga kiritdi. Mustaqillik tufayli uning boy madaniy o'tmishidan saboq olish, vatan tarixini chuqurroq va izchil tadqiq etish va qimmatli xulosalar chiqarish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Pnezidentimiz I. A. Karimovning "Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o'z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o'zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bu — tabiiy hoi. Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o'zi tug'ilib voyaga yetgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi"1,— deganlari ayni haqiqatdir. O'zbekiston tarixi fanining predmeti O'zbekistonning uzoq o'tmishdan shu kunlaigacha bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma’naviy taraqqiyoti jarayonidir. O'zbekiston tarixi fani dunyoda eng qadimiy va boy tarixga ega bo'lgan o'zbek xalqining bir necha ming yillik tarixiy iqtisodiy-siyosiy va ma’naviy taraqqiyotini o'rganuvchi va o'rgatuvchi fandir. Markaziy Osiyoda, jumladan, O'zbekistonda yashab kelayotgan xalqlar jahon fani va madaniyati xazinasiga munosib hissa qo'shib kelmoqdalar. O'zbek xalqi Markaziy Osiyodagi barcha xalqlar qatorida doimo erkinlik, huriik, ozodlik va mustaqillik uchun mustamlakachilar va yot kelgindilarga qarshi kurash olib boigan va shu jihatdan u o'zining chuqur ildiz otgan an’analariga egadir. O'zbekiston tarixi fanining o'z o'rganish manbalari bor. Bular: 'I s lo m K arim o v . B iz k c la ja g im iz n i o ‘z qo lim iz b ila n q u ra m iz . A s a rla r. 7 -jild . - T " 0 ‘zb c k isio n ". 1999-yil. 132-bct
1) Arxeologik yodgorliklar; 2) Yozma yodgorliklar, 3) Etnografik materiallar; 4) Xalq og'zaki yodi (folklor); 5) Texnik vositalar mahsulotlaridir. 0 ‘zbekiston tarixini o'rganganda uni ma’lum davrlarga bo‘lib o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Bizning fikrimizcha, Vatanimiz tarixini quyidagi davrlarga b o iib o'iganish maqsadga muvofiq: • Ibtidoiy-jamoa tuzumi. • Qadimgi davr davlatchilikning shakllanishi va rivojlanishi. • O'fta asrlar davri. • Chor-imperiyasi mustamlakachiligi davri. • Mustabid sho'ro hokimiyati hukmronligi davri. • Milliy istiqlol davri. Bitinivchi talaba — bakalavr bilishi kerak bo'lgan umumiy bilim doirasi O'zbekiston tarixi fani oldiga quyidagi vazifalami qo'yadi: Birinchidan, Vatan tarixini o'qish va o'rganish jarayonida yoshlarda tarixiy bilim lar, ilm iy -n azariy tu sh u n c h a la r va tasavvurlar shakllanmog'i lozim. Chunki voqea va hodisalarni bilmasdan, ular haqida tushuncha va tasawurga ega boim asdan turib g'oyaviy-siyosiy dunyoqarash haqida gap yuritish mumkin emas; Ikkinchidan, Vatan tarixini yoritish, o'qitish va o'rganish jarayonida chuqur ilmiylik, xolislik, tarixiy haqiqatning ustivorligi asosiy va bosh yo'nalish bo'lishi lozim; Uchinchidan, Vatan tarixining har bir satri, har bir sahifasi milliy qadriyatlarga hurmat ruhi bilan sug'orilgan bo'lishi va milliy g'oya va milliy mafkuraning kamol topishiga xizmat qilishi darkor; To'rtinchidan, Vatan tarixining boshidan oxiriga qadar singib ketgan asosiy g 'oya — o tash in v atan p arv arlik , b ay n alm in alch ilik , insonparvarlik kabi ulug' fazilatlarga qaratilmog'i kerak; Beshinchidan, Vatan tarixi fani mustaqil respublikamizning siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ijtimoiy qadriyatlarining yanada mustahkamlanishi va ravnaq topishiga xizmat qilishi, davr va zamon bilan hamnafas bo'lmog'i ayni muddaodir. Shuning uchun ham Vatan tarixini o'rganish va o'igatishga davlat siyosati darajasida qarash lozim. Tarixiy voqealami o'rganishda qanday ilmiy-nazariy, metodologik 7 asoslaiga tayanishning ahamiyati juda katta. Sho’rolar davrida uni o'qitish ishlari maricsistik metodologiyaga bo'ysundirildL Har qanday voqeani yoritishga komfirqa mafkuiaviyiigi, paitiyaviylik, anfiyJik nuqtai nazarldan yondoshildi. Mamlakat, butun bir xalq tarin ikkiga — ekspluatatorlar va ekspluatatsiya qilinuvchilar, quldorlar va qullar, feodallar Va qaram dehqonlar, buijuaziya va yollanma ishchilar, boy lar va kambag'allar, mulkdorlar va yo'qsillar taiziga bolindi. Boylar va mulkdorlar, ular orasidan chiqqan beklar, amirlar, xonlar, davlat aiboblari, ruhoniylar qoralandi, nomlari badnom qilindi. Tarixiy voqealar jamiyat a’zolarining bir qismi - kambag'allar va yo'qsillarni himoya qilgan, ularnjng manfaatiga bo'ysundirilgan holda yoritildi. Din, diniy qadriyatlar qoralandi, insonlaming diniy e’tiqodlari oyoqosti qilindi, ruhoniylar quvg'in ostiga olindi. Buyuk olimlar, allomalar, raa’rifatparvar shoini- ulamolar, yozuvchilar ikki guruhga — materialistlar va idealistlarga bo'lindi. Ulardan u yoki bu dinga e’tiqod qilganlari idealist deb atajdi, ta’qib etildi, ulaming faoliyatini o'rganish taqiqlandi, o'zlari tahqirlandi, asarían xalqdan yashirildi, yo'qotib yuborildi. Bir so'z bilan aytganda, Vatan tarixini o'iganish va o‘igatishga panja oitidan qaraldi. Oqibatda ko'pgina tarixiy voqea-hodisalar soxtalashtirildi, o'tmish qoralandi, ma’naviy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz haqoratlandi. Yosh avlodga ulami jirkanch illat, xurofot, eskilik saïqhlari deb o'rgatildi. Xalqimiz tarixining bu qadar soxtalashtirilishiga faqat marksistik metodologiyaning yaroqsizligi aybdor deyish kifoya qilmaydi, albatta. Bu borada mamlakatda hukmron boMgan totalitär tuzumning salbiy roli katta bo'ldi. Tarix esa shu totalitär tuzumning xizmatkoriga, targ'ibotchi va himoyachisiga, kommunistik mafkura quroliga aylantirilgan edi. Vatanim iz tarixini yoritishda ilgari yo‘1 qo'yilgan xato va kamchiliklarga aniq misollar bilan to'xtab o'taylik. Awalo, shuni aytish kerakki, ilgari bizda "Vatan tarixi" ("O'zbekiston tarixi") degan tushunchaning o'zi deyarli yo'q edi. Faqat dorilfunun va muallimlar tayyorlash oliygohlarining tarix fakultetlarida 70—100 soatlik qisqa kurs o 'q itila r edi, xolos. Boshqa oliygohlarda, o 'rta maxsus ilmgohlarda Vatan tarixi mutlaqo o'qitilmas edi. O'rta maktablarda Vatan tarixidan bir necha
tarixi mavzulariga ilova sifatida o'qitilar edi. Darslar rus tilida olib boriladigan sinflarda esa O'zbekiston tarixi, turli bahonalar bilan, deyarli o'qitilmas edi. 8 V atan tarix ig a b a g 'ish la n g a n m avjud d a rslik , risola va qoilanmalarda tariximizni yoritish borasida bir qancha qo'pol xato va kamchiliklarga yo'l qo'yib kelinardi. Birinchi yirik xato shundan iborat ediki, "SSSR tarixi" deb atalgan bu fan aslida, deyarli Rossiyaning tarixidan iborat bo‘lgan fan edi. Uni adolat nuqtai nazardan olganda, haqiqiy fan deb ham boimasdi, chunki unda tarix fanining an’anaviy tamoyillariga amal qilinmas, ya’ni tarix qanday bo'Isa o'shandayligicha, o'zgartirmay, zamonga va siyosatga moslamay o'rgatilmas edi. Ikkinchi xato — Vatanimizda sodir bo‘lgan tarixiy hodisa va voqealar zo'rma-zo'raki, ma’lum sun’iy qoliplarga solib o‘iganilar edi. Bulardan biri — formatsion qolip. So‘nggi ilg'or ilmiy tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, Vatanimizda quldorlik munosabatlari formatsiya sifatida, ya’ni ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy tuzum sifatida bo'lgan emas. Bu haqda ilgari ham, iymanib bo‘lsa ham aytilaidi. Hozir baralla aytilmoqda. 1992-yil " 0 ‘qituvchi" nashriyoti o ‘rta maktablaming 8- 9 sinf o'quvchilari uchun materiallar sifatida nashr qilgan "O'zbekiston xalqlari tarixi" kitobida quyidagi jumlalarni o ‘qiymiz: "Quldorlik munosabatlari O 'rta Osiyo aholisi turli qatlamlari va guruhlarida rruhim o 'rin tutgan emas. Ishlab chiqarishda, ayniqsa qishloq xo'jaligida qullar emas, balki erkin jamoachUar bari bir yetakchi ahamiyat kasb etgan". Formatsiyada ikki asosiy sinf bo‘lib, biri boyliklami yetishtirishda yetakchi kuch bo‘lib hisoblanadi. Masalan, qadimgi Rimda, Misr va Eronda qullar yirik plantatsiyalarda ishlab, boylikni yaratishda, ya’ni ishlab c h iq arish d a yetakchi kuch b o 'lib xizm at q ilg an lar. Aytganimizday, bizda bunday bo'lmagan. Demak, quldorlik muhim o'rin tutmagan, qullar ishlab chiqarishda yetakchi ahamiyat kasb etmagan. Shuning uchun bu jamiyatni quldorlik formatsiyasi bo'lgan jamiyat, deb da’vo qilish tarixiy haqiqatga xilof. Bizda quldorlik munosabatlari rivojlanmagan, chunki qo'l mehnati o'zini oqlamagan. Shuning uchun qullardan xonadon yumushlarida foydalanganlar ("xonaki" qulchilik) va hokazo. Quldorlik bizda uklad bo'lgan (uklad asosiy, yetakchi rol o'ynamaydigan ijtimoiy va siyosiy-huquqiy munosabatlar tizimidir). Uklad turli formatsiyada bo‘lishi mumkin. Masalan, bizda Buxoro va Xorazmda quldorlOik munosabatlari uklad sifatida 1920-yilgacha mavjud bo‘lgan.
Ikkinchi qolip - sinfiylik qolipi. Ya’ni har bir hodisa va voqeaga sinfiylik nuqtai nazaridan baho berilgan. Masalan, "bosmachilar" deb atalgan kishüarga yoppasiga sinfiy dushmanlar deb, ulaiga aslida nohaq qarshi kurashganlarga faqatgina xalq manfaati uchun kurashavchi inqilobchilar, deb qaraganlar. Vaholangki, "bosmachilar" safida millatparvar kuchlar, sho'rolar siyosatidan norozi bo‘lib, noiloj Hbosmachilar"ga borib qo'shilganlar ham bo'lgan. Sho'rolar tomonida esa sharoitdan foydalanib, "g'ayridin"lami qirib, boyib olishni maqsad qilib qo'ygan va o'z niyatlarini niqoblash uchun qizil gvardiyachüar kiyimini kiygan arman millatchi buijua partiyasi a’zolari bo'lgan dashnoqlar kabi jinoyatchi unsurlar ham bor edi. ’’Bosmachi" o‘z yuitining erki va ozodligi uchun kurashgan. Shuning uchun iriaiga istlqlolchi sifatida qarash to'g'ri bo'ladi. (Albatta guruch kurmaksiz boimagan.) Uchinchi qolip — mafkuraviylik qolipi. Ya’ni har qanday voqéa va hodisalarga, dunyoqarashga uning markscha-lenincha mafkuraga mos kelish-kelmasligiga qarab baho berílardi. Masalan, Vatanimiz taríxida jadidchilik muhim ahamiyatga ega bo'lgan taríxiy hodisadir. U o'z davri uchun demokratik, miílatparvarlik, ilg'or ziyolilik harakati bo'lgan jadidlar, o'z kamchiliklariga qaramay, Vatan mustaiqilligi, istiqlol va taraqqiyot yo'li uchun kurashgan fldoyilar edilar. Ammo ularning qarashlari, faoliyatlarí mafkuraviylik qolipiga joylandi, natijada ular taríxiy asarlarda salbiy baho oldilar. Ularning ko'pchiligi qatag'on yillari qurboni bo'ldilar. Vatan taríxnavisligida yo‘l qo'yib kelingan xatolaming uchinchisi, Rossiya taríxnavisligiga ko'r-ko'rona moslashish, taqlidchilik va ko'chirmachilikdir. Bu borada ikkita tendentsiyani ko'ramiz: Birínchisi — O'zhekiston tarixini davrlarga bo'lish hamda taríxiy hodisa va voqealami baholashda rusiyzabon tarixchilaiga taqlid qilish va ulardan ko'chirísh tendentsiyasi. Masalan, hoziigi O'zbekiston hududiga 1917-yil inqilobidan keyin biror bir davlat qo'shin tortib kelm agani h o ld a, ilgari n ash r q ilin g an barcha darslik va qo'llanmalarda "O'zbekiston chet el interventsiyasi va fuqarolar urushi davrida" deb atalmish mavzular bor edi. Faqat Zakaspiy o'lkasida, u ham bo'lsa, yetti oycha interventsiya bo'lgan, xolos. O'zbekiston hududiga kelgan bir necha josus “ interventsiya” tushunchasiga sig'maydi. Yana, Rossiya taríxidan ko'chirib, bizda ham fuqarolar unishi 1918-yil may-iyun oylarida boshlanib, asosan, 1920-yilda tugallandi,
deyilardi tarixga oid asarlaming barchasida. Bu mutlaqo noto'g'ri. Q o’qondagi Turkiston Muxtoriyati ("Qo'qon Muxtoriyati") kuchlariga qarshi hujum 1918-yil 30-yanvardan 3I-yanvarga (yangi hisobda 11- fevraldan 12 fevralga) o 'tar kechasi sodir boigan. Ana shu sana O 'z b e k isto n d a fuqarolar urushi emas, milliy-ozodlik harakati boshlangan kun deb sanalishi kerak. Endi "fuqarolar urushining" tugallanishi masalasida arxiv materiallariga murojaat qilamiz: 1922-yil 8-iyulda Turkiston Markaziy Ijroiya Komiteti to*rtinchi plenumining beshinchi majlisida ma’ruza qilgan Turkiston Xalq Komissarlari Kengashining raisi Q. Otaboev keltirgan faktlar shundan dalolat beradiki, o'sha vaqtda Qo'qon uezdining uchdan ikki qismi, Marg'ilon uezdining teng yarmi, Andijon uezdining 6 volosti, demak, Farg‘ona vodiysi hududining yarmi qo'rboshilar qo'lida edi. 1922- yilning ikkinchi yarmida ahvol shunday bo'lgach, qanday qilib 1920- yilda "fuqarolar urushi" asosan tugadi deb, atash mumkin. Shu o ‘rinda "fuqarolar urushi" degan tushunchaning o'zi noto'g'ri qo'llanilganligini ta’kidlash zarur deb o'ylaymiz. Chunki, xalqning ilg'or fikrli, ziyoli, erk va ozodlikka intilganlari istiqlolchilar saflda o'z xalqiga emas, sho'rolar tuzumining noto'g'ri siyosatiga qarshi kurash olib borgan. Milliy-ozodlik urushi asosan 1923-yilning oxirlari — 1924-yil boshlariga kelib tugadi, deb aytish uchun to'la asos bor, desak to'g'ri bo'ladi. Aslida bu harakat 1935-yili to'la tugatilgan. Ikkinchi tendentsiya — O'zbekiston tarixini yoritganda, birinchi navbatda, Markazning — Moskvaning, rus shovinist olimlarining ko'nglini ovlash, ulaming diliga ozor bermaslikka intilish tendentsiyasi. Bu tendentsiyaning mohiyatini ochish uchun quyidagi misolni keltirish o'rinlidir. Bu misol Amir Temur va G'arb masalasiga aloqador. Bizga ma’lumki, Amir Temumi Yevropa yaxshi tanigan va ung Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling