I. A. Karimov o'zining "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q" nomli
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
31 • o ‘qUuvchi guruhlar tomonidan iayyorlangan maieriallarga izoh berib, ulami baholaydi va mashg ‘ulotni yakunlaydi. “Sivilizatsiya” atamasiga turli zamonlarda turlicha ta’riflar berilgan va bu bugungi kungacha davom etmoqda. O'zbekiston Milliy ensiklopediyasida sivilizatsiya atamasi quyidagicha ta ’riflanadi: sivilizatsiya (lot. cuvilis) - fuqarolikka, davlatga taalluqli, tamaddun - 1) keng ma’noda - ongli mavjudotlar mavjudligining har qanday shakli; 2) madaniyat so'zining sinonimi. Bu termin ko'pincha moddiy madaniyat ma’nosida ham qo'llaniladi; 3) madaniyatning zamon va makonda chegaralangan tarixiy tipi (Misrsivilizatsiyasi, Mesopotamiya sivilizatsiyasi va b.); 4) yowoyilik va vahshiylikdan keyingi ijtimoiy taraqqiyot bosqichi. "Sivilizatsiya” tushunchasi 18-asrda "madaniyat” tushunchasi bilan uzviy bog'liq ravishda paydo bo'lgan. Fransuz faylasufî ma’rifatparvarlari aql va adolatga asoslangan jamiyatni sivilizatsiyalashgan jamiyat deb bilganlar. Demak, sivilizatsiya — insoniyatning ijtimoiy, moddiy va ma’naviy taraqqiyotning yuksak darajasini anglatadi. Prezident I. A. Karimov "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q” nomli risolasida "... bizning Vatanimiz nafaqat sharq balki, umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan bin bo‘lganini butun jahon tan olmoqda"1, deb ta’kidlagan edi. O'zlikni anglash, eng awalo o'tmishni o'rganishdan, tarixga ehtiyoj sezishdan boshlanadi. Darhaqiqat, o zligini anglayotgan inson qanday oilada dunyoga kelgani, o‘z ajdodlari kimlar bo'lgani, ota-bobolari bosib o'tgan yo'lni bilishga intiladi. U laming meroslari bilan faxrlanadi va ayni paytda o'z oldiga yuksak maqsadlar qo'yadi. Olamni tadqiq etish - tafakkurimizni boyitish, dunyoqarashimizni kengaytirishning yagona yo'li tarixiy tafakkur, tarixiy xotiradir. Arxeologik tadqiqotlar natijasida shu narsa aniq boimoqda-ki, Vatanimiz hududida qadimgi sivilizatsiyaning paydo boMishi va shakllanishi uzoq asrlami o‘z ichiga oladi. Vatanimizning eng qadimgi davrlariga — tosh asriga oid bo'lgan S elu n g 'u r, K o'lbuloq, Q o'tirbuloq, Teshiktosh, Obirahmat g'ori, X o'jakent, Bo'zsuv makoni, Omonqo'ton g'ori, Qal’acha va So'x makonlari, Uchtut, Ijond, Siyobcha, O qtosh kabi m akonlar ochildiki, ulardagi 1 Islo m K arim o v . B iz k e la ja g im iz n i o z qo lim iz b ila n q u ra m iz A s a rla r. 7 -jild - T.: " O z b c k is to n * . 1999-yil. 132-bct 26 to p ilm a la rg a qarab, haqli ravishda Markaziy Osiyo odamzodning ilk a jd o d la ri paydo bo'lgan mintaqaga kiradi, degan g'oyani ilgari su rish imkoniyati tug'iladi. Undan tashqari ibtidoiy jamoa tuzumining so'nggi davrlarida Markaziy Osiyo hududida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jaryonlari ancha kuchaydi. Bu mintaqada yashagan qadimgi qabilalar tabiiy baliqchilik, hunarm andchilik, dehqonchilik va chorvachilik madaniyatlarini egallaganlar. Ibtidoiy jamoa tuzimi odamzod tarixining 99% qismini o‘z ichiga oladi. Ibtidoiy jamoa tuzumi bundan bir necha million yillar oldin boshlangan degan ilmiy-nazariy fikr isbot etildi. Biroq shuni nazarda tutmoq lozimki, ibtidoiy jamoa tuzumining boshlanishi dunyoning turli hududlarida turli davrlaiga to‘g‘ri keladi. Masalan, Afrikada bu davr 2,5 -3 million yil ilgari boshlangan boisa, Amerikada 20—30 ming yil ilgari deb taxmin qilinadi. Agar biz uzoq o‘tmishga nazar tashlaydigan boisak, yer yuzasida qanday o‘zgarishlar boiganligini, odamlar qiyofasi o'zgarib boiganligini, bir ijtimoiy tuzum o ‘miga boshqasi kelganligini tasawur qilishimiz mumkin. Markaziy Osiyoda ibtidoiy jamoa tuzumi davriga oid tadqiqotlar hususida to'xtalar ekanmiz, A. Okladnikov, V. Masson, V. Ranov, Y. G ’ulomov, 0 ‘. Islomov, A. Asqarov, M. Qosimov va boshqa olimlaming Markaziy Osiyo hududida ilk odamning tarqalish jarayoni, qadimgi makonlaming geografik joylashuvi, toshdan qurollar yasash uslublari, xo'jalikning rivojlanishi va oilalarning paydo bo‘lishi, xo‘jalik turlari, metalining hunarmandchilikka kirib kelishi masalalariga bag'ishlangan tadqiqotlami ko'rsatib o‘tish mumkin. Ibtidoiy jamoa tuzumini o'rganishning o‘ziga xos hususiyati, uni yozma manbalar asosida o ‘rganib boimaydi. Shuning uchun ham bu davr tarixini o ‘iganishda arxeologiya, antropologiya, etnografiya, geneologiya kabi fanlaming ahamiyati kattadir. Bu fanlar to'plagan materiallami solishtirish usuli bilan uzoq o ‘tmishdagi moddiy va ma’naviy madaniyatning ko‘pgina tomonlarini tiklash mumkin. Markaziy Osiyoning ibtidoiy tuzumi davrini o'rganishdagi eng katta muammolaidan bin — uzoq tarixiy davmi tashkil etuvchi bu bosqichni davriarga boiish muammosidir. Biroq so'nggi yillaidagi olimlaming olib boigan ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra, hoziigi paytda Markaziy Osiyo hududi ibtidoiy jamiyat rivojlanishining quyidagi davriariga bo‘linadi: 1) Paleolit (yunoncha "paleos"—"qadimgi" va "litos"—"tosh")—
1959-yilda ingliz olimi Luiz Liki Tanzaniyadagi Olduvay darasidan odamsimon maymunning bosh suyagi qoldiqlarini topdi. Olim bu topilmalarga asoslanib u bundan 1,5—2 mln. yil ilgari shakllangan deb ta ’kidlaydi. Likining o 'g 'li Richard Keniya va Efiopiyada qazishma ishlarini olib bo rib ko'plab odamsimon maymunlaming qoldiqlarini topdi. Ulami bundan 2,5—3 million yil ilgari yashagan degan xulosaga keldi. Afrikadagi bu topilmalar yer yuzasidagi eng qadimgi odamlaming dastlabki vakillari hisoblanib, olimlar bu topilmalarga shartli ravishda zijantrop deb nom berdilar. 1891 — 1 8 9 2 -y illard a g o lla n d iy a lik v rach Egen D yubua Indoneziyaning Yava orolidan pitekantrop (pithekos - maymun va anthropos — odam)ning bosh miya qopqog'i, son suyagi va uchta tishini topishga muvaflaq bo'ldi. Bu topilmalaming yoshi 1 mln. — 800 000 yil deb taxmin qilindi. Eng qadimgi odam qoldiqlari X itoydan, G erm aniyaning Geydelpberg, Vengriyaning Budapesht shaharlari yaqinidan ham topilgan. Uzluksiz mehnat jarayonida sinantrop (lotincha Sina — Xitoy va yunoncha anthropos — odam )lar jismoniy jihatdan rivojlanib, qadimgi odam lam ing paydo bo'lishi uchun zamin hozirladilar degan fikr ham bor. Markaziy Osiyoning tog‘ oldi va tog'lik hududlarida (Qizilqum, Qoraqum, Ohangaron, Chirchiq daryolari vodiylari, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo, Farg'ona vodiysi va uning tog'lik hududlari) ibtidoiy jamoa tuzumining yodgorliklari topilgan. Vatanimiz hududida yashagan ilk ajdodlarimizning manzilgohlari: Farg'ona viloyatining So'x tumanidagi Selung'ur g'ori, Toshkent iviloyatidagi Ko'lbuloq kabi makonlar ilk paleolit davriga oiddir. Bu borada arxeolog olimlar A. Okladnikov, O'. Islomovlaming xizmatlari kattadir. O'. Islomov 1980-yildan boshlab yangi kashfiyotlar qildi. Selung'ur g'orida yashagan ajdodlarimiz ashel davrining birinchi bosqichida yashaganliklarini isbotladi. O '. Islomov o'zi ochgan kashfiyotiga suyanib, Selung'ur g'orida yashagan ajdodlarimizning yoshi 1,5 million yil atrofida degan xulosaga keladi. Bu g'ordan topilgan odamning qoldiqlari Farg'ona vodiysi hududidan topilganligj sababli shartli ravishda "Farg'ona odami" nomi bilan fanga kiritildi. Bunga qadar O 'lta Osiyo, jumladan O'zbekiston tarixi o'rta paleolit davridan ( mil.aw. 100 ming yildan) boshlanardi. 30 O'rta tosh davriga keiib ibtidoiy odamlar butun Markaziy Osiyoga keng
tarqaldi. Ibtidoiy to'dadan urug'chilik (matriarxat) jamoasiga o'tildi. Bu davr ishlab chiqarish quroliari takomillashayotgan, nutq madaniyati osib borib, fíkrlash ancha oshgan, olov sun'iy taizda yaratila boshlangan, ovchilik ancha rivojlanib, keng hududlaiga tarqalgan davr edi. Sovuq iqlim tufayli paleolit odamlari olovni kashf etdilar. Sun’iy olov chiqarish va uni saqlashni o'zlashtirdilar. O'choq — ibtidoiy odamlaming bir yeiga to planishlarida katta ahamiyatga ega boiib, bu davming ibtidoiy kishilari g'orlar va unguriarda o'zlariga makonlar tanlay boshladilar. So'nggi paleolitdan boshlab ibtidoiy odamlar g'orlardan chiqib, yengil turar joylar qura boshlaganlar. Natijada ular faqat togii hududlarda yashab qolmay, vohalar bo'ylab tarqalib, tekisliklardan daryo va ko'llar sohillariga kelib joylasha boshladilar. So'nggi paleolitning eng katta yutug'i antropogonez jarayonining tugallanishi va hozirgi zamon odamlaming paydo bo'lishidir. Shunday qilib, paleolit davrida odamning paydo boiishi jarayoni asosan tugadi. Ibtidoiy odamlar xo'jalik yuritishning eng oddiy shakllaridan, murakkabroq (termachilikdan, ovchilik, baliqchilikka) o'tdilar. Ibtidoiy odamlar orasida dastlabki diniy qarashlar paydo boidi. Markaziy Osiyoda O'rta tosh — mezolit davri nisbiy tarzda mil.aw: 12-7 ming yilliklami o‘z ichiga oladi. Bu davrga kelib, iqlim barqarorlashadi, hayvonot va o'simlik dunyosi o'zgaradi, o ‘q-yoy kashf qilinib ov hayot manbaiga aylandi. Hayvonlardgn dastlab it qo'lga o'rgatildi. Mikrolit (mayda tosh qurol)lar paydo bo'ldi. Odamlar savat to'qishni o'rgandi. Neolit uzoq davom etgan tosh asming so'nggi va yakunlovchi bosqichi b o iib , bu davr qabilalari Markaziy Osiyo hududida xo'jalikning dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik shakllarini rivojlantirib yubordi. Neolit davri kishilarining eng katta yutuqlaridan yana bin kulolchilik boiib, bu o'sha davr uchun nihoyat katta kashfiyot edi. Shuningdek, to'qimachilik, tikuvchilik, qayiqsozlikka asos solindi. Bu davr odamlari o'zlashtiruvchi xo'jalik (termachilik, ovchilik) shaklidan ishlab chiqaruvchi xo'jalik (dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilik) shakllariga o'tishdi. O'troq hayot kechirish kuzatilib jamiyatda kichik oilalar yuzaga keldi.
Eneolit davrida ibtidoiy odamlar ilk metall bilan tanishdilar. Ungacha ibtidoiy odamlar 2,5—3 min. yillar davomida (paleolit, mezolit, neolit davrlarida) faqat toshdan, yog'ochdan va suyakdan yasalgan qurollardan keng foydalanganlar. Mis davriga o'tilishi ishlab chiqaruvchi kuchlam ing yanada yuksalganligini ko'rsatadi. Markaziy Osiyodagi yangi madaniy tarixiy jarayonlar (eneolit davri) quyidagilar bilan bogiiq: • Xo'jalikning boshqa hamma turlariga qaraganda yemi haydab dehqonchilik qilishning ustunlik qilishi; • Toshdan ishlangan qurollar ko'p bo'lgan holda mis qurollaming paydo bo'lishi; • Ibtidoiy jamoalarining xom g'ishtdan tiklangan ko'p xonali katta-katta uylari; • Kulolchilikda muhim texnika yutug'i — xumdonlaming ishlatilishi; • O'troqlik va qurilishda xom g'ishtning paydo boiishi; • Turli hayvonlaraing loydan yasalgan va ona urug'i tuzumi (matriarxat)ga xos haykalchalaming paydo bo'lishi. • Rangdor sopol buyumlar, ya’ni turli qush, hayvon, o'simlik shaklidagi naqshlar bilan bezatilgan sopol buyumlaming mavjudligi. Shu bilan biiga, eneolit davrida Markaziy Osiyo aholisining madaniyati birbosqich yuqoriga ko'tariladi. Lekin, bu yerdagi qabilalaming madaniy va ijtimoiy taraqqiyoti bir xi) darajada emas edi. Turkmanistonning janubida mis-tosh davrining boshlanishi mil.aw. IV ming yillikka oid bo'lsa, o'sha davrda Markaziy Osiyoning shimoliy va sharqiy tog'li hududlaridagi qabilalar, asosan, ovchilik, baliqchilik va chorvachilikning ilk shakllari bilan shug'ullanganlar. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, bu ikki davr xronologik jihatdan emas, madaniy xo'jalik rivojlanish darajalari jihatidan bir-biridan farq qiladiJ Markaziy Osiyoning janubiy qismida (Turkmanistonda) miloddac awalgi VI ming yillikda dehqonchilik xo'jaligi paydo bo'ladi. Qadimgi qabilalar mis - tosh davriga o'tgach madaniy xo'jalik vi ishlab chiqarish taraqqiyotining yangi bosqichi boshlanadi. Yang xo'jalik turlari dehqonchilik va uy chorvachiligi aw alg id el Turkm anistonning janubiy-g'arbida qulay geografik sharoitdl 32 r iv o jla n d i. Bu paytda quyi Zarafshon va Amudaryo havzalarida y a s h o v c h i qabilalar hali madaniy o'simliklar o'stirishga o'tmagan edilar. Markaziy Osiyoniiig sharqiy qismidagi togii hududlar aholisi ibtidoiy xo‘jaligida esa ovchilik ustunlik qilar edi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, ilk rivojlangan mis-tosh davrida Markaziy Osiyo qabiialarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishida katta farqlar va notekisliklar saqlanadi. Janubiy Turkmanistonda oiib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida turar joylar, qadimgi s u g 'o rish tarmoqlari va sug'oriladigan yerlaming chegaralari aniqlandi, mis-tosh davri madaniyati va tarixi har tomonlama o'rganildi. Tog“ daryolari bo‘ylarida yashovchi qabilalar qadimgi sug'orma dehqonchilikda arpa, bug‘doy, beda, poliz va boshqa ekinlar ekib, asosan, soylar suvidan foydalanganlar. Ibtidoiy odam lar hayotida bronza ni ng kashf etilishi muhim ahamiyatga ega boidi. Bronzaning misga qaraganda tez eruvchanligi, bir muncha qattiqligi, uni ibtidoiy odamlar hayotida tutgan rolini yanada mustahkamladi. Bronza davrining xo'jalik sohasida erishgan eng katta yutuqlaridan biri qadimgi dehqonchilikning keng yoyilishi va miloddan awalgi II-ming yillikning ikkinchi yarmida birinchi yirik mehnat taqsimoti — chorvachilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishidir. Bu daviga mansub m adaniyat izlari 0 ‘zbekistonning Xorazm , Buxoro, Surxondaryo, Toshkent, Q a s h q a d a r y o va Farg'ona vodiylaridan topilgan. Bu hududlardagi manzilgohlami o ‘rganib shunday xulosa chiqarish mumkinki, bu davrda ikki xil madaniyat hukm surgan. Birinchisi. dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi qabilalar madaniyati, ikkinchisi, xuddi birinchi madaniyat sohiblari darajasida ishlab chiqaruvchi kuchlarga ega boigan holda qurg‘oqchilik yerlarda, tog‘ oldi yaylovlarida chorvachilik bilan shug'ullanganlar madaniyati. 0 ‘zbekiston hududida bronza davrida, asosan, chorvachilik va dehqonchilik bilan shug'ullangan qabilalaming moddiy-madaniy yodgorliklari Xorazmda Tozabog yob madaniyati (shu nomli kanal atrofida topilgan) nomi bilan mashhur. 1938-yilda arxeolog S. P. Tolstov Tozabog‘yob madaniyatiga doir ilk manzilgohlami topgan. Keyinchalik bu madaniyat Ya. G ‘ulomov, M. A. Itina, A. Asqarovlar tomonidan o'rganilgan. Tozabog'yob madaniyatiga — mansub Ko kcha makoni (1954— 1959-yillarda S.P.Tolstov tomonidan topilgan)
atrofidagi qadimiy mozorlar ochilganda, odam jasadlarining boshlari g'arfo tomonga qaratib qo'yilgan va ulaming bosh tomonidan idishlar va bronza z eb -ziy n atlar top ilg an . U m u m an , T o zabog'yob madaniyatiga mansub yodgorliklar Xorazmda 50 dan ziyod topilgan. Xorazmdagi bronza davri aholisining asosiy tirikchilik manbai dehqonchilik va chorvachilik boigan. Tabiiy sharoit kanal qazib, suv chiqarishga asoslangan hududlarda sug'orma dehqonchilikning turli ko'rinishlari vujudga kelgan. Chorvachilik ham katta ahamiyatga ega boigan. Ilmiy adabiyotlarda quyi Zarafshonning bronza davri yodgorliklari Zamonbobo nomi bilan ataladi. U O'zbekiston hududidagi dastlabki qishloq xarobasi sanaladi. Zamonbobo manzilgohi Buxoro viloyatining Qorakoi tumanida joylashgan boiib, bu yerda 1950—1954-yillarda Ya. G'ulomov, 1961—1964-yillarda A. Asqarov arxeologik qazish ishlarini olib boigan. Qazuv ishlari natijasida yarim yertoia chayla-uy qoldiqlari, uy hayvonlari va yowoyi hayvon suyaklari, bug'doy, arpa donlari, toshdan yasalgan yorg uchoqlar, turli sopol idishlar topilgan. Ilk bor bu yerdan mis ko‘zgular va taqinchoqlar topilgan. Bu topilmalar odamlaming dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangani, qoramol, qo'y, ot, tuya, echkilami qoiga o'rgatganligidan dalolat beradi. Zamonbobo makoni atrofidan qabriston topilib, 45 dan ortiq qabriar ochib o'rganilgan. 0 ‘zbekistonning janubi Surxondaryo vohasi ibtidoiy aholining o'troq makonlaridan bin hisoblanib, arxeolog L. Albaum Sherobod tumanida 1968-yili Sopollitepa manzilgohini topib tekshirgan. Sopollitepaning maydoni taxminan 3 gektar. Uning 1 gektarga yaqin markaziy qismi 3 qator mudofaa devorlari bilan o ‘rab olingan. Devoming qalinligi 2 metrgacha boradi. Manzilgoh to'rtburchak shaklda boigan. Tadqiq etish natijasida shu narsa m aium boidiki, Sopollitepa aholisi "u dunyo" ga ishongan. Marhumning jasadi uning shaxsiy buyumlari bilan birga dafn etilgan. Agar inson bedarak yo'qolsa, uning ruhi dafn qilingan. Qabrga sopol ishdishlar va bronza buyumlar qo'yilgan. Bunday qabrlami olimlar "kenotaf' deb ataganlar. O'zbekiston hududida so'nggi yillarda olib borilgan arxeologik tekshirishlar shuni ko'rsatdiki, ibtidoiy jamiyat madaniy taraqqiyotida 34 katta-katta o'zgarishlar sodir boidi. Aholi xo'jalik yuritishning ma’lum ko'rinishlariga, ya’ni vohalarda k o 'lla r va soylar bo'y la rida dehqonchilikka, dasht va tog‘ oldi hududlarida chorvachilikka (qisman ovchilik) o‘tib oldi. Bu davrda Markaziy Osiyoning ijtimoiy tuzumida ham o'zgarish jarayonlari bo‘lib o'tdi. Paleolit zamonida vujudga kelgan urug‘chilik tuzumi bronza davrida ham davom etgan. Ammo, bu davrda ona urug'i (matriarxat)ning mavqei yo'qolib bordi. Metall eritish xo'jaligining rivojlanishi natijasida jamiyatda erkaklar mehnati va mavqei birinchi darajali ahamiyatga ega bo'ladi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin: bronza davri jamiyat taraqqiyotida, dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik va hunarmandchilik rivojlanishida erkaklar yetakchilik qilganlar. Xotinlar erkaklar ishlab chiqargan narsalami iste’mol qilishda ishtirok etsalar ham, unga egalik qilishdan mahrum bo'ladilar. Ishlab chiqarishda hukmronlik qilish shu tariqa erkaklar qoMiga o'tadi va ona urug‘i tuzumi o ‘rnini ota urugM (patriarxat) tuzumi egallaydi. Ota urug'i tuzumining rivojlanib borishi ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘sishi ayrim oilalaming boylik orttirishlari uchun shart- sharoitlar yaratib berdi. Jamoadagi ba’zi shaxslar qo'lida boylik (dehqonchilik qurollari, dehqonchilik, chorvachilik mahsulotlari va boshqalar) to'planib borgan boMsa, ba’zi shaxslar qashshoqlashib ularga qaram bo'lib bordi. Shunday qilib, so'nggi bronza va ilk ternir davriga kelib Markaziy Osiyoda dastlab mulkiy tabaqalanish, keyin esa ijtimoiy tabaqalanish jarayonlari ro‘y berdi. Vatanimiz hududidagi eng qadimgi shaharlar va davlatlar tarixini o'rganishimizda bizga arxeologik qazishmalar, ko‘hna bitiklar, yunonistonlik, rimlik, misrlik, xitoylik mualliflar yozib qoldirgan manbalar yordam beradi. Ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni tahlil qilish shuni ko'rsatdiki, mil.aw. I ming yillikning boshlarida Markaziy Osiyoning nisbatan rivojlangan viloyatlarida iqtisodiy hayotdagi siljishlar tufayli qishloqlar kengayib shaharlar, viloyatlar va davlat uyushmalarining ma’muriy markazi bo'lib bordi. Arxeologik tadqiqotlar natijasida miloddan awalgi VI—IV asrlaiga oid Qiziltepa, Dalvarzin, Ko'zaliqir, Uzunqir, Sangirtepa, Lolazor, Afrosiyob kabi 50 dan ziyod ko'hna shahar — manzilgohlar ochib o'rganilgan. 35 So'g'diyonaning poytaxti bo'lgan Afrosiyob (Samarqand) ko'hna shahri XX asming 40-yillaridayoq ochilgan edi. Afrosiyobdan topilgan ashyolar Samarqand m il.aw . V III—V asrlarda Sug'diyonaning markaziy shahri sifatida vujudga kelganligini ko'rsatadi. Mil.avv. 329- yilda shahar makedoniyalik Aleksandr qoshinlari tomonidan vayron etilgan, uning izlari hozirgacha shahar mudofaa inshootlarida yaxshi saqlangan. K o'hna shahardan Buyuk ipak yo'li o'tgan. Aholi hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug'ullangan. 1997-yil "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalining ochilish marosimida nutq so'zlagan Prezident 1. A. Karimov "Samarqand haqli ravishda dunyo sivilizatsiyasining beshiklaridan bin hisoblanadi"1, degan edi. S o 'g 'd iy o n an in g "ikkinchi poytaxti" b o 'lg an Y erqo‘rg 'o n (Qashqadaiyo) bo'lgan. U mil.avv IX—VIII asrlar — mil.avv. VI asiga oid Yerqo'ig'on xarobasi va shaxristondan iborat bo'lib, umumiy maydoni 150 ga, burjlar bilan mustahkamlangan 2 qator mudofaa devori bilan o'ralgan. Ko'pchilik tadqiqotchilar, xususan, yunon-rim tarixchilari bu markazni Ksenippa viloyatining markaziy shahri deb hisoblaydilar. Baqtriyaning poytaxti qadimgi Baqtra (hozirgi Vazirobod) shahri miloddan awalgi I-ming yillikning o'rtalariga oid ekanligi aniqlangan. Juda ko'p o'troq manzilgohlar va ulardagi topilmalar viloyatda aholi kulolchilik, temirchilik, bronza quyish, to'qimachilik, shuningdek, sugorm a dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullanganidan dalolat beradi. Markaziy Osiyoda eng qadimgi davlat uyushmalaming paydo bo'lishi juda muhim masaladir. Markaziy Osiyodagi ilk davlat uyushmalari haqidagi yozma maiumotlar juda kam saqlanib qolgan. Ba’zi bir ilmiy adabiyotlarda Markaziy Osiyoda Eron ahmoniylarigacha qadimgi davlat uyushmalari bo'lganmi? degan muammo hozirgacha to'la yechimini topgan emas. Maiumki, Markaziy Osiyoda ilk davlat tuzumi vujudga kelishini yoritib beradigan asosiy yozma manba "Avesto" va qadimgi dunyo mualliilari qoldirgan ma’lumotlaidir. Mavjud yozma manbalar, arxeologik tadqiqotlar bilan solishtirilganda bu makonda qadimgi davlat uyushmalari bo'lganligini isbotlovchi ishonchli dalil, ashyolar mavjud ekanligi ilmiy asosda tahlil qilib beriladi. ‘Islom Karimov. XavfeizJik va barqarorlik y o lid a . Asarlar, 6-jild - T : " 0 ‘zbekiston", 1998-yil, 3 2 1 - 3 2 2 -b c tla r Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling