I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Yog’ kislotalari tarkibidagi uglerod sonining kamayishi
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
2.3.2. Yog’ kislotalari tarkibidagi uglerod sonining kamayishi
yoki ko’payishi bilan boradigan sintez usullari. Preparativ kimyoda muayyan tarkibli va tuzilishdagi to'yingan yog 'kislotalari boshlang'ich individual kislota tarkibidagi uglerod atomlarining soni tobora ortib boradigan yoki kamayib boradigan usul bilan olinadi. Sintezlanadigan kislota molekulasida uglerod atomlarining sonini ma'lum bir miqdorga o’zgartirish (oshirish) mumkin. Buning uchun boshlang’ich kislota belgilangan texnologik rejimga (tartibga) muvofiq ketma-ket qayta ishlanadi. Misol uchun, etan (sirka) kislotasining metilli efiriga metanoldagi metall natriy bilan ishlov berish orqali etanol olinadi. So’ngra, vodorod yodid kislotasi ta'sirida etanol etil yodidiga aylantiriladi va unga kaliy tsianidni ta'sir ettirib propan kislotasining nitrilini hosil qilish mumkin: Bu nitril gidrolizi natijasida propan kislotasi hosil bo’ladi: Shunday qilib individual to’yingan yog’ kislotalari sintez qilinadi. Dastlabki kislotada uglerod atomlarining kamayishi bilan yuzaga keladigan yog ' kislotalarini sintez qilish uchun bir qator usullar mavjud. Masalan, A. Xoffman usuli bo'yicha sintezda ular reaktsiya natijasida olingan kislotalar amidlaridan hosil bo'ladi: Olingan amidga bromli natriy gidroksidining suvli eritmasi ta’sir ettiriladi: R - СН 2 - CONH 2 + Br 2 + OH - → R - СН 2 - CONHBr + Br - + H 2 O 108 n- Galoidamidga ishqor bilan ishlov berib quyidagi nostabil tuz olinadi: R - СН 2 - CONHBr + K + OH - → [R - СН 2 - CONBr] - K + + H 2 O Bu tuz parchalanishi natijasida R - СН 2 – radikali uglerod atomidan azot atomiga tomon siljiydi va izotsian kislotasining efiri hamda bromvodorod kislotasining tuzi hosil bo’ladi: [R - СН 2 - CONBr] - K + → R - СН 2 –N=C=O + Br – K + Ishqorning ortiqcha miqdori va suv ishtirokida izotsian kislotasining efiri gidroliz natijasida aminga aylanadi: +2KOH R - СН 2 - N=C=O 2R - CH 2 NH 2 + K 2 CO 3 - H 2 O Bu reaktsiya natijasida uglerod atomlari soni 8 dan kichik bo’lgan yog’ kislotalaridan aminlarning katta chiqishi kuzatiladi. Yuqori molekulyar kislotalardan aminlarning katta chiqishiga erishish uchun amidlarga ishqorning metil spirtidagi eritmasi bilan ta’sir ko’rsatish kerak bo’ladi. Bunda uretanlar hosil bo’ladi va ular juda oson aminlargacha gidrolizlanadi. Ushbu aminga nitrit kislotasi bilan ishlov berish natijasida birlamchi spirt hosil bo’ladi: R - CH 2 NH 2 + HNO 2 → R - CH 2 OH + N 2 + H 2 O Nihoyat, birlamchi spirt oksidlanishi natijasida dastlabki kislotadagi uglerod atomlari sonidan birtaga kam bo’lgan uglerod atomlari soniga ega yog’ kislotasi hosil bo’ladi: R - CH 2 OH → R – COOH Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling